• 4-bob. Yog‘-moy mahsulotlaridan namuna olish, identifikatsiya qilish va muvofiqligini baholash va sinovdan o‘tkazish Identifikatsiya qilish
  • Yog‘-moy mahsulotlarini qadoqlashga qo‘yiladigan talablar




    Download 230.5 Kb.
    bet3/7
    Sana09.02.2023
    Hajmi230.5 Kb.
    #41648
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    NASIBA
    Документ Microsoft Office Word (2), 2-amaliy ishga topshiriq pomol partiya, S3-20 MSM, Kimyoviy texnologiyalar, bekzod atj, 1-маъруза презент, maqola talablari, Barcha fakultet dekanlariga, Madaminov L, 6. Moddiy hisob, Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar 60710200 – Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo’jaligi), BSKMA o\'quv qo\'llanma copy, Alixonto\'ra Sog\'uniy. Tarixi Muhammadiy, Tezis Microsoft Word
    Yog‘-moy mahsulotlarini qadoqlashga qo‘yiladigan talablar
    17. Yog‘-moy mahsulotlarining qadog‘i, ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarining yaroqlilik muddati va ozuqaviy bo‘lmagan yog‘-moy mahsulotlarining saqlanish muddati mobaynida muomalada bo‘lganda mahsulot xavfsizligini va identifikatsiya qilish belgilari o‘zgarmasligi ta’minlanishi lozim.
    18. Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotining iste’mol qadog‘i shikastlanganda yog‘-moy mahsulotlarining egasi tomonidan mustaqil ravishda yoki vakolatli idoralarning ogohlantirishiga ko‘ra muomaladan chiqarib tashlanishi kerak.
    19. Yog‘-moy mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlar (qadoqlash uchun ishlatiladigan materiallar) Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi Umumiy texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
    20. Ishlatilgan qadoq materialini inson hayoti, sog‘lig‘i muhofazasi va atrof muhit xavfsizligini ta’minlash maqsadida qayta ishlash, utilizatsiya qilish va yo‘q qilish imkoni bo‘lishi lozim.
    4-bob. Yog‘-moy mahsulotlaridan namuna olish, identifikatsiya qilish va muvofiqligini baholash va sinovdan o‘tkazish
    Identifikatsiya qilish
    Identifikatsiya qilish deganda muvofiqlikni baholash maqsadida taqdim etilgan yog‘-moy mahsulotlarining qo‘shib jo‘natiladigan hujjatlari va tamg‘alashda ko‘rsatilgan aniq belgilariga o‘xshashligi aniqlanishi tushuniladi.
    Yog‘-moy mahsulotlarini idenfikatsiya qilish mahsulot nomlanishi va (yoki) mahsulotning mazkur Texnik reglamentda ushbu mahsulot ta’rifida keltirilgan, vizual va (yoki) orgonaleptik va (yoki) analitik usulda aniqlangan belgilari bo‘yicha amalga oshiriladi.
    Yog‘-moy mahsulotlarini identifikatsiyalash quyidagi bir va (yoki) bir necha usulda amalga oshiriladi:
    nomlanishi bo‘yicha — iste’mol qadog‘idagi tamg‘alashda va/yoki mahsulotning yuk hujjatlarida ko‘rsatilgan yog‘-moy mahsuloti nomlanishi va qo‘llanishini yog‘-moy mahsulotlarining turini aniqlashda belgilangan nomlanishi bilan solishtirgan holda;
    ko‘z bilan ko‘rish (vizual) usuli — yog‘-moy mahsulotini tashqi ko‘rinishini ushbu Texnik reglamentning 4-bandi va unga 1, 2 va 3-ilovadagi ta’rifda keltirilgan belgilar bilan solishtirish;
    organoleptik usul — yog‘-moy mahsulotlarining organoleptik ko‘rsatkichlarini mazkur Texnik reglamentda ushbu yog‘-moy mahsulotlari uchun keltirilgan ta’rifdagi belgilarga solishtirish yo‘li bilan identifikatsiya qilinadi. Organoleptik usul yog‘-moy mahsulotini nomlanishi va vizual usul bilan idenfikatsiyalashning imkoni bo‘lmagan holda qo‘llaniladi. Mahsulotda mikrobli buzilish alomatlari bo‘lgan holda mahsulotning organoleptik ko‘rsatkichlarini baxolash istisno qilinadi;
    tahlil qilish usuli — yog‘-moy mahsulotlarining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini ushbu Texnik reglamentning 4-bandi va unga 3 va 11-ilovalarda keltirilgan belgilarga muvofiqligini tekshirish yo‘li bilan identifikatsiya qilinadi. Tahlil qilish usulidan yog‘-moy mahsulotini nomlanishi, vizual yoki organoleptik usullar bilan identifikatsiyalashning imkoni bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
    71. Mazkur Texnik reglamentdagi texnik jihatdan tartibga solish obyektlariga tegishliligini aniqlash maqsadida ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish jarayonlarini identifikatsiyalashda bu jarayonlar aynan yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish maqsadida amalga oshirilishi va ushbu mahsulotga bo‘lgan xavfsizlik talablari ta’minlanishiga ishonch hosil qilinishi kerak. Ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish jarayonlarini identifikatsiyalash ushbu jarayonlarni ko‘z bilan ko‘rib baholash orqali amalga oshiriladi.
    72. Identifikatsiyalash keng qamrovli baholash tusiga ega bo‘lib, unda yog‘-moy mahsulotlarini organoleptik va fizik-kimyoviy tahlil qilish usullari hamda mahsulotlarning qalbakilashtirilishini aniqlashga imkon beradigan, shu jumladan, fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarning (o‘simlik moylarida eruk kislotasi, yog‘ kislotalari tarkibi va yog‘ kislotasi trans izomerlari) sinov usullari qo‘llaniladi.
    O‘simlik moylarining tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari (qalbakilashtirishni aniqlash uchun) 11-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
    Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarini qalbakilashtirish turlari:
    o‘simlik moylari, margarin va mayonez mahsulotlarini assortiment qalbakilashtirish — foydali va qimmat moylarni (zaytun, makkajo‘xori) narxi jihatidan arzon moylar (soya, raps) bilan almashtirish, amaldagi retsepturaning e’lon qilingan tarkibiga amal qilinmasligi yoki yuqori sifatli va ma’lum maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni oddiy yog‘-moy mahsulotlariga almashtirish;
    sifati bo‘yicha qalbakilashtirish — kam tozalangan moylar, misol uchun texnik maqsadlar uchun mo‘ljallangan palma moyini ishlatish, shuningdek, sut yog‘ini o‘simlik moylari va yog‘lariga almashtirish.
    Yog‘-moy mahsulotlari, agar ularga qo‘shib jo‘natilgan hujjatlardagi va yorliqlardagi ma’lumotlar ushbu Texnik reglamentda belgilangan nomlanish va (yoki) identifikatsiya qilish qo‘rsatkichlariga to‘g‘ri kelmasa yoki noto‘g‘ri bo‘lsa, qalbakilashtirilgan hisoblanadi va majburiy ravishda chaqirib olinishi kerak.
    (73-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son



    Download 230.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 230.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yog‘-moy mahsulotlarini qadoqlashga qo‘yiladigan talablar

    Download 230.5 Kb.