• I. NAZARIY QISM. 1.1 Sulfat kislotaning qo’llanilishi
  • Mundarija




    Download 482.92 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/16
    Sana20.12.2022
    Hajmi482.92 Kb.
    #36218
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    kurs ishi NMKT (5)
    Introduction-of-Hardware.9359812.powerpoint (1)
     

     
     
     
     
     
     
     


     
    5320400 KI 2022-yil 19A
    – 19 KT
    Bet 
    O`zg.
    Varaq
    Hujjat
    Imzo
    Sana
    I. NAZARIY QISM. 
    1.1
    Sulfat kislotaning qo’llanilishi 
    Sulfat kislota xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida keng qo’llaniladi va asosan 
    kimyo sanoatining eng muhim mahsuloti hisoblanadi. Shuning uchun ham sulfat 
    kislota ishlab chiqarish miqdori uzliksiz ortib bormoqda. Sulfat kislota mineral 
    o’g’itlar, superfosfat va ammoniy fosfat ishlab chiqarishda ayniqsa kop ishlatiladi. 
    Masalan 1 tonna superfosfat (ftorapatitdan) olish uchun 600 kg 65% li sulfat kislota 
    sarflanadi. Umuman ishlab chiqarilgan sulfat kislotaning hammasi sarflanadi. 
    Umuman ishlab chiqarilgan hamma sulfat kislotaning yarmi mineral o’g’itlar ishlab 
    chiqarish uchun sarflanadi. Suyuq yoqilg’ilarni qayta ishlash, ya’ni kerosin, paraffin, 
    surkov moylarin hamda to’yinmagan uglevodorodlarni oltingurgutli birikmalardan 
    tozalashda ko’p miqdorda sulfat kislota ishlatiladi. Sulfat kislotaning yarim mineral 
    o’g’itlar ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Suyuq yoqilg’ilarni qayta ishlashda kerosin, 
    paraffin, surkov moylarin hamda to’yinmagan uglevodorodlarni oltingurgutli 
    birikmalardan tozalashda ko’p miqdorda ishlatilib, sulfat birikmalarni sulfatlab 
    sulfokislotalar, turli bo’yoqlar olinadi. Bundan tashqari sulfat kislota nitrolash 
    reaksiyasi bilan nitrobenzol, nitrosellyuloza va nitroglitserin olishjda suvni tortib 
    oluvchi birikma sifatida ishlatiladi. U yana akkumulyatorlar tayyorlashda gazlami 
    quritishda, kislotalarni konsentrlashda, nitrollash reaksiyalarida, portlovchi moddalar 
    ishlab chiqarishda, ionitlarni regeneratsiyalashda va boshqa ko'pgina 
    sohalarda 
    ishlatiladi [5]. 
    Sulfat kislota Rossiyada 1913- yilda 0,15 million tonna, ishlab chiqarilgan bo'lsa, 
    1990- yilga кейЬ 25 million tonnaga yetkazildi. O'zbekistonda sulfat kislota ishlab 
    chiqarish Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlandi va 1950- yilda 73 ining tonna ishlab 
    chiqarildi. 1990-yilga kelib esa bu ko'rsatkich 2,5 million tonnaga yetkazildi [6]. 
    Hozirgi kunda O'zbekistonda 4 ta sulfat kislota ishlab chiqarish korxonalari: 
    Chirchiq elektrokimyosanoat ishlab chiqarish birlashmasi, Samarqand (1954- yil), 
    Oltintopgan (1965 yil) va Olmaliq (1980- yil) kimyo zavodlari ishlab turibdi [7]. 

    Download 482.92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 482.92 Kb.
    Pdf ko'rish