bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan




Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/31
Sana03.04.2022
Hajmi0.69 Mb.
#19258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Mustaqil talimni bajarish boyicha metodik qollanma
Doc1, esteticheskaya-funktsiya-hudozhestvennogo-stilya, pedagogicheskie rebusy (1) (1), 1-amaliy ish mavzu Tarmoqlararo ekran yordamida kiberhujumlarga, 1-Amaliy ish mavzu tarmoqlararo ekran yordamida kiberhujumlarga-hozir.org, E`lon 18.08.2023, Ijara ariza-ANKETA (1), 11111111111111111, 12, marjona 1, ameliy 2, !-ma\'ruza sirtqi (2), Agentlik 9 Abrorjon Farmonov 1, Task 1 (1)
bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
 
 
 
 
 
 



KIRISh 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi 
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-5847-sonli Farmonida: mustaqil 
ta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va 
ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish
o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va 
texnologiyalarni 
joriy 
etish, 
o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni 
shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim 
standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va 
o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish; fanlarni o‘zlashtirishda talabalar 
orasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish; gumanitar 
va pedagogik yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash sifatiga e’tiborni kuchaytirish, 
pedagogik ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja va 
dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish, 
mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarda ta’lim jarayonida zamonaviy 
pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, pedagogik 
ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, hududlardagi barcha umumta’lim maktablariga 
xorijiy tillarni o‘zlashtirgan, yuqori malakali professional pedagog kadrlarni 
yetkazib berish; barcha oliy ta’lim muassasalarida dars mashg‘ulotlari bo‘yicha 
talabalar fikrini o‘rganish (feedback) hamda o‘zaro tashrif (peer review) tizimini 
rivojlantirish asosida talabalarga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilab 
borish; fan sohalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning kasbiy muloqot 
maydonchalarini yaratish, ta’lim sifatini ta’minlash jarayoniga talabalarni keng 
jalb etish hamda «tyutorlik» tashkiliy-metodik yordam tizimini joriy etish orqali 
talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirish kabi qator vazifalar 
belgilab berilgan.
Darhaqiqat, talaba agar mustaqil ishlashni o‘rganmasa, o‘z sohasini chuqur 
egallay olmaydi. Kitoblar, darsliklar bir vosita, xolos. Unda «mix bor va uni 
bolg‘a bilan urish kerak» deyiladi, xolos. Kitob fanning asosini o‘rgatadi. Lekin 



bu jarayonni qanday amalga oshirishni to‘liq tushuntirmaydi. Ayniqsa, ta’lim 
jarayonini samarali tashkil etish borasidagi muammolar yechimining turlicha 
yo‘llari bor. Buni faqat kitob yoki o‘qituvchidan o‘rganib bo‘lmaydi. Yechimlarni 
qidirish ustida mustaqil izlanish talab etiladi. 
Dars mashg‘ulotlari davomida talabalarga fan bo‘yicha adabiyotlarni 
tavsiya etish bilan birga mustaqil ishlashi uchun metodik qo‘llanmaning tavsiya 
etilishi, ularning boshlang‘ich ta’lim jarayonini innovatsion va integratsion tashkil 
etish orqali samaradorlikka erishishga yordam beradi, talabaning ushbu fanda 
olgan bilimlarini, hayotiy tajribasini fikran mustaqil mushoxada qilish va kerakli 
xulosalar chiqarishga imkon yaratadi. Talabalarning mustaqil ishi uchun aynan 
ushbu mavzu tanlanishining sababi shundan iboratki, uni bajarish uchun 
talabadan pedagogika yo‘nalishida o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha ma’lum bilim, 
mustaqil izlanish talab etiladi, ko‘chirmachilik imkoniyati kamayadi, chunki har 
bir insonning boshqaga o‘xshamaydigan o‘ziga xos hayot yo‘li bor 
Mustaqil ishni bajarishda talaba pedagogika, innovatsion pedagogika
integratsiya, pedagogik kompetentlik, pedagogik diagnostika, didaktika, 
pedagogik mahoart fanlarida olingan bilimlarini amalda namoyan etishi zarur 
bo‘ladi. Mustaqil ishda tavsiya qilinayotgan mavzuga metodik taklif va tavsiyalar, 
adabiyotlar, saytlar ro‘yxati berilgan. 
Mustaqil ishni tayyorlashda talabalarning mavzuga ijodiy yondashuvi 
qo‘llab quvvatlaniladi. 
MUSTAQIL TA’LIMNING MOHIYaTI 
Talabalar o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz yoki bilvosita boshqaruvida, u 
bergan vazifa, darslik asosida individual bajaradigan ishi mustaqil ish hisoblanadi. 
Talabalarning mustatsil ishi utsuv jarayonining ajralmas qismidir. O‘quv 
materiallarining 
talabalar 
tomonidan 
mustaqil 
o‘zlashtirilishini 



takomillashtirmasdan zamonaviy ta’lim oldiga qo‘yilgan vazifalarni talab 
darajasida bajarish mumkin emas. 
O‘quv jarayoni sifatini oshirishda mustaqil ta’limning roli so‘zsiz katta. 
Pedagogdan tayyor ma’lumot olgandan ko‘ra mustaqil faoliyat jarayonida olgan 
bilimni o‘zlashtirish nisbatan ancha yaxshi natija beradi. 
Hozirgi davrda ta’lim tizimi oldiga kuyilgan vazifalarni bajarish, 
talabalarning mustaqil ravishda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi, ularning kasbiy 
o‘sishini rag‘batlantirish, ularda ijodiy faollikni tarbiyalashda pedagoglarning 
mas’uliyatini oshirish zarur. 
Talaba va pedagog mustakil ta’lim ularning manfaati uchun olib borilishini 
tushunishi kerak. Talaba bajarayotgan mustakil ish pedagogi uchun emas, balki uzi 
uchun, uning kelajakdagi muvaffaqiyatini ta’minlashining asosiy omili ekanligini 
tushunishi kerak. Talaba olayotgan bilim natijasiga o‘zi mas’ulligini anglashi 
zarur. 
Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarining kirib kelishi 
hamda o‘qituvchining bu yo‘nalishdagi tajriba-sinov ishlari, ularni tizim holiga 
keltirish, umumlashtirish va amaliyotga tatbiq etish o‘qituvchining tadqiqotchilik 
faoliyati asosidagina o‘z samarasini berishi mumkin. 
Axborot hamda kommunikatsiya asri bo‘lgan hozirgi davrda talabani informatsion 
texnologiyalar bilan qurollantirmasdan, dars materiallarini axborotlashtirmasdan 
turib, mustaqil fikrlovchi faol shaxsni tarbiyalash mumkin emas.
Mamlakat taraqqiyoti jamiyat a’zolarining mustaqil fikrlashi, ijtimoiy 
faolligi va ilmiy salohiyati bilan belgilanadi. Talabalar mustaqil ishlariga e’tiborni 
kuchaytirishdan asosiy maqsad jamiyat va tabiatdagi o‘zgarishlarni insoniyat ongli 
ravishda anglab yetishi, uning qonuniyatlari asosida inson manfaatlarini 
yuksaltirish milliy va madaniy boyliklarga ongli munosabatni shakllantirishdan 
iborat. 
Talabalarning mustaqil ishlarini bajarishi jarayonida hissiy idrok etish, 
abstrakt tafakkur, amalda sinab ko‘rish o‘z ifodasini topadi. Talabalar mustaqil 
ishlarining bajarilishi jarayoni yaxlit tizimga ega bo‘lib, asosan uzluksiz ta’lim 
jarayonida shakllantiriladi va amalga oshiriladi. Uning dastlabki bosqichi maktab 
davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘quvchilarda mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha 
boshlang‘ich tushunchalar shakllanadi. Keyingi bosqichlarda bilim, ko‘nikma va 
malakalar hosil qilinadi. Tizimning yuqori bosqichlari mustaqil ishlarni olib 
borishning amaliy tatbiqini ifodalaydi. 



Ilmiy tadqiqot faoliyatiga oid ko‘nikmalarning quyidagi asosiy tarkibiy 
qismlari shartli ravishda belgilandi: motivatsion, gnostik, ilmiy-ijodiy faoliyat 
ko‘nikmalari. 

Download 0.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan

Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish