• Texnologik yo‘nalishga
  • Mustaqil ta’lim “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” fanidan metodik ko‘rsatma




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/31
    Sana03.04.2022
    Hajmi0.69 Mb.
    #19258
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    Mustaqil talimni bajarish boyicha metodik qollanma
    Doc1, esteticheskaya-funktsiya-hudozhestvennogo-stilya, pedagogicheskie rebusy (1) (1), 1-amaliy ish mavzu Tarmoqlararo ekran yordamida kiberhujumlarga, 1-Amaliy ish mavzu tarmoqlararo ekran yordamida kiberhujumlarga-hozir.org, E`lon 18.08.2023, Ijara ariza-ANKETA (1), 11111111111111111, 12, marjona 1, ameliy 2, !-ma\'ruza sirtqi (2), Agentlik 9 Abrorjon Farmonov 1, Task 1 (1)
    Nazariy-metodologik yo‘nalish o‘z ichiga quyidagilarni oladi: tadqiqotchi 
    tomonidan ma’lum metodologik me’yorlar yoki qoidalarni bilishni, ilmiy bilishni; 
    ulardan izlanish vazifalarini hal qilish jarayonida foydalana olish ko‘nikmasini; 
    bilish, boshqarish va loyihalashning ma’lum konsepsiyalari, shakl va uslub 
    (metod)larini ilmiy asoslay olish, tanqidiy fikrlash va ijodiy foydalanishga 
    qobiliyatini; asosiy tadqiqotchilik yondashuvlariga ega bo‘lishni. 
    Texnologik yo‘nalishga quyidagi ko‘nikmalar kiradi: izlanish olib borganda 
    maqsadga yo‘naltirilgan fikriy operatsiyalardan foydalana olish; turli tadqiqotchilik 
    vazifalarini ijodiy hal qila olish; muhim bo‘lgan muammolarga to‘xtalish;
    tadqiqotchilik vazifalarini hal qilishda axborotlashtirish vositalarini qo‘llash; 
    ekspertizani amalga oshirish.
    Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlarni amalga oshirish tadqiqot ishini 
    olib boruvchi talabada tadqiqotchilik qobiliyatining shakllanishiga yordam beradi.
    Keltirilgan natijalar mavjud holatni yaxshilash, talaba - yoshlarni ilmiy 
    tadqiqot ishlariga maqsadli yo‘naltirish hamda kafedralarning ilmiy salohiyati 
    ko‘rsatkichlarini kuchaytirishga katta talab borligini ko‘rsatib turibdi 
    Oliy ta’limda talabalar tadqiqotchilik faoliyatlarining aniq yo‘nalishlariga 
    ega bo‘ladilar.
    Oliy o‘quv yurti talabasi – mustaqil ravishda ta’lim oluvchi shaxsdir. 
    Talaba - (lotincha - qunt bilan ishlovchi, shug‘ullanuvchi, mustaqil ravishda 
    bilim oluvchi) – oliy o‘quv yurti bilim oluvchisidir. 
    “Talaba” so‘zi arab tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan bo‘lib, ma’nosi “istovchi, 
    talab etuvchi, qidiruvchi, o‘quvchi, tinglovchi” kabi ma’nolarni anglatadi. ﺔﺒﻠﻄ 
    [talabatun] «Talabatun» so‘zi “tolib” so‘zining “siniq” ko‘plik shakli bo‘lib, 
    o‘zbek tilida birlik ma’nosida qo‘llanadi.1 
    Arastu “Metafizika” asarida bir necha juft toifalar, ya’ni zaruriyat va tasodif, 
    butun va bo‘lak, yakkalik va umumiylik toifalarining mohiyati va ularning o‘zaro 
    aloqadorligi haqidagi fikrlarni ilgari surgan. Uning yozishicha, dialektika - barcha 
    fanlarga ham daxldordir2. Har bir fanni o‘qitishda mantiq ilmining to‘rtta asosiy 
    qonun-qoidasiga rioya qilinmas ekan, ilmiy tafakkurni rivojlantirish haqida gap 
    ham bo‘lishi mumkin emas. Ya’ni ayniyat qonuni - biror narsa haqidagi fikr 
    tugamasdan boshqasiga o‘tib ketmaslik; ziddiyatsizlik qonuniga binoan bir 
    1
    Арабско-русский словарь. Т-I,Т.: Камалак, 1994. составитель И.И.Баранов. 247 с.
    2
    Арасту. Асарлар. –Т.2. -М.,1973.-355 б. 

    Қаршибоев Ҳ.Қ., Сувонов О.С. Илм орқали билим эгаллашнинг шарт-шароитлари. ГулДУ 
    ахборотномаси.,2006 йил. 32-б. 



    vaqtning o‘zida ikkita zid fikrning bo‘lmasligi; istisno qonuni bir vaqtning o‘zida 
    ikkita zid fikrdan biri hamisha rost bo‘lib, ikkinchisi yolg‘on bo‘lishi; yetarli asos 
    qonuni dalillar asosida o‘z fikrini isbotlash bo‘lib, to‘g‘ri fikrlash asoslanganlikni, 
    isbotlashni talab qiladi. 
    Mustaqil fikrlash – insonning o‘z oldida turgan muammoni aniq maqsad va 
    vazifalarni belgilagan holda o‘z bilimi hamda hayotiy tajribalariga tayanib, o‘z 
    intellektual imkoniyati darajasida turli yo‘l, usul, vositalar yordamida, mustaqil 
    ravishda hal qilishdan iborat bo‘lgan aqliy faoliyatidir. 
    Talaba ongli ravishda hech kimning yordamsiz o‘z oldiga u yoki bu masalalarni, 
    maqsadlarni qo‘yib, faoliyatini rejalashtirish va amalga oshirish singari bir muncha 
    ahamiyatli imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi3 
    Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda, shuni aytishimiz joizki, talaba - yoshlar 
    dalillash, asoslash, ziddiyatsizlik, istisno, ayniyat qonunlarini puxta bilmog‘i, 
    shundan so‘nggina ilmiy asoslangan to‘g‘ri fikr yurita olmog‘i mumkin. 
    Demak, talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish samaradorligi talaba 
    tafakkuri darajasiga bog‘liq bo‘lib, tafakkur - ilmiy asoslangan, mustaqil, mantiqiy 
    bo‘lmog‘i lozim.

    Download 0.69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ta’lim “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” fanidan metodik ko‘rsatma

    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish