• Ilmiy-ijodiy faoliyat ko‘nikmasi
  • Psixologik yo‘nalish.
  • Mustaqil ta’lim “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” fanidan metodik ko‘rsatma




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/31
    Sana03.04.2022
    Hajmi0.69 Mb.
    #19258
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    Mustaqil talimni bajarish boyicha metodik qollanma
    Doc1, esteticheskaya-funktsiya-hudozhestvennogo-stilya, pedagogicheskie rebusy (1) (1), 1-amaliy ish mavzu Tarmoqlararo ekran yordamida kiberhujumlarga, 1-Amaliy ish mavzu tarmoqlararo ekran yordamida kiberhujumlarga-hozir.org, E`lon 18.08.2023, Ijara ariza-ANKETA (1), 11111111111111111, 12, marjona 1, ameliy 2, !-ma\'ruza sirtqi (2), Agentlik 9 Abrorjon Farmonov 1, Task 1 (1)
    Motivatsion ko‘nikma - shaxs motivlarining yig‘indisi va shaxsning ijodiy, 
    ilmiy mehnatga layoqatliligining belgisi sifatida qaraladi. Anglangan motivatsiya 
    asosida shakllanayotgan bilishga qiziqish ilmiy ish uchun muhim ahamiyat kasb 
    etadi.
    Gnostik ko‘nikma - bo‘lajak mutaxassis shaxsi va kasbiy faoliyatini ijodiy 
    jihatdan amalga oshirishga yo‘naltirilganligining shakllanishini, uning 
    tadqiqotchilik xarakterini nazarda tutadi; ilmiy tadqiqot faoliyatidagi metodologik 
    bilimlar majmui hamda tadqiqotchi shaxsiy fazilatlari va ko‘nikmalarini, bevosita 
    talabalar ilmiy tadqiqot faoliyati tajribasini o‘z ichiga oladi. 
    Ilmiy-ijodiy faoliyat ko‘nikmasi - shaxsning mustaqil ishiga, mustaqil 
    rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi tadqiqotchilik ko‘nikma va 
    malakalarida ifodalanadi: muammoni ko‘ra bilish, uni qisqa va aniq ifodalay olish,
    ilmiy farazni aniqlash, rejalashtirish, olingan ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish
    umumlashtirish va xulosalar chiqarish; ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish 
    va taqdimotini o‘tkazish. 
    Talabalar tadqiqotchilik faoliyatiining samaradarligi o‘zaro bog‘langan 
    quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: psixologik, nazariy-metodologik 
    va texnologik.
    Psixologik yo‘nalish. Ilmiy ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘plab 
    omillarga, jumladan, tadqiqotchi shaxsining individual-psixologik xususiyatlariga 
    ham bog‘liq
    Qobiliyat – umumiy psixologik tushuncha bo‘lib, shaxsning individual-
    psixologik xususiyatlari jamini anglatadi va u yoki bu faoliyatni muvaffaqiyatli 
    amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Ongli ravishda faoliyat yuritish, 
    ilmiy muammo mohiyatini anglagan holda izlanish olib borish, tanqidiylik, 
    mustaqillik, irodaviylik, qat’iyatlilik va shaxsning boshqa sifatlari shular 
    jumlasidandir. Tadqiqotchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan talabalar qatorida 
    bunday sifatlar har qanday mutaxassis uchun juda muhim hisoblanadi. Tadqiqot 
    muammosini aniqlab olish uchun talaba o‘ziga o‘zi: «Men nimani istayman?», 
    «Nima uchun aynan shuni istayman?» degan savollarni berishi kerak. Shundagina 
    u farazlarni tekshirish va haqiqatni isbotlash yo‘llarini qidirib topishga, jiddiy 
    tadqiqot ishlarini bajarishga o‘zini psixologik jihatdan tayyorlab boradi.
    Ilmiy faoliyatning mahsuldorligi xotiraning imkoniyatlari bilan 
    chambarchas bog‘liqdir. Xotira o‘tmish tajribani tashkil etish va saqlab qolish 
    jarayonini bildirib, bu jarayonlar undan faoliyat davomida qaytadan foydalanish 
    yoki ong doirasiga qaytib kirishiga imkon beradi. 
    Xotira quyidagi sifatlar bilan xarakterlanadi: eslab qolishning tezligi,
    eslab qolishning hajmi, eslab qolish uzoqligi (davomiyligi) va aniqligi. Faqat juda 
    kerakli narsalarni eslab qolish, kam talab qilinadigan va kam kerakli bo‘lganlarni 
    esa vaqti kelguncha esdan chiqara olish ko‘nikmasi, ayniqsa, muhim ahamiyat 
    kasb etadi. Kutubxonalardagi bibliografik ko‘rsatkich, referativ jurnallar, tizimli 



    va ma’lumotnomali kataloglarning tegishli bo‘limlarini ko‘rib chiqish xotiraning 
    yo‘naltirilganligi, kashfiyotchilik qobiliyatini rivojlantirishda ko‘maklashadi.
    Bundan tashqari, xotirani turli xil mashqlar asosida rivojlantirish mumkin. 
    Tadqiqot jarayonida kuzatuvchanlik asosiy empirik tadqiqot uslublaridan 
    biri bo‘lib, insonning shunday qobiliyatini bildiradiki, u predmetlar, hodisalar va 
    jarayonlarning muhim, xarakterli, shu jumladan, ko‘zga deyarli tashlanmaydigan 
    xossalarini ko‘ra bilishda namoyon bo‘ladi.

    Download 0.69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ta’lim “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” fanidan metodik ko‘rsatma

    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish