Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohatlar




Download 92.18 Kb.
bet1/3
Sana21.05.2023
Hajmi92.18 Kb.
#62729
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan
Islombek Mamurjonov, In\'omov Javlonbek mustaqil ishi, 712-20 guruh talabasi In\'omov Javlonbek, 5 ma’ruza barqaror tok generatori (btg) sxemasi reja, A GULIMOH 33, Пул ва банклар, @uqituvchiga hujjat Sinfdah tashqari ish ma\'lumoti, Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Razzaqov A, Tashmatov SH, 765193-1 laborotoriya ishi O\'zgarmas tok elektr zanjirlarini t, alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi , A.Qahhor satirik hikoyalar ustasi., 4-amaliy (1), 67275 (2)

Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohatlar

Tayyorladi Chorshanbiyeva O’raltosh

Reja: Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar. Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlarida. Davlat dasturida alohida bandda ko‘rsatib o‘tilgan.

Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish jarayonida ikkita asosiy vazifa uddalanganini qayd etishadi. Avvalo, iqtisodiyotda ma'muriy-buyruqbozlik va taqsimot tizimidan bozor munosabatlariga o‘tilgan bo‘lsa, ikkinchidan, davlat organlarining yangi sharoitlarda samarali faoliyat yuritishiga erishildi. Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlari tuzilmasini unifikatsiyalashtirdi. Davlat xizmati ushbu tizimning asosiy unsuriga aylandi. Tahlillar shuni ko‘rsatayaptiki, davlat xizmati faoliyatini tartibga soladigan hujjatlar bugungi kunning talab va vazifalariga javob bermayapti, sohadagi barcha masalani qamrab olmasdan, yagona huquqiy standartlar hamda ma'muriy-boshqaruv amaliyotini o‘r­natishga xalaqit qilmoqda. Xususan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi, yagona kadrlar siyosatining yo‘qligi, davlat xizmatchilarining ijtimoiy va huquqiy himoya­si ular tomonidan bajarilayotgan vazifalarga mos emasligi davlat xizmatchilarining ish faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatayapti. Bularning barchasi, o‘z nav­batida, tashkilotlar, fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi munosabatlarning byurokratlashuviga, davlat tuzilmalari faoliyati yopiqligiga shart-sharoit ­yaratmoqda.

Bundan tashqari, huquqiy asoslar “Elektron hukumat” tizimining jadal ravnaqidan, davlat xizmatlari va ma'muriy tartib-taomillarining taraqqiyotidan ortda qolmoqda. ­Amaldagi qonun hujjatlarida davlat hokimiyati organlari ­xodimlarini belgilashda bir qator tushunchalar qo‘llaniladi. Biroq ko‘lamiga ko‘ra, biri-­biridan tubdan farq qiladi. Hukumatning 1997 yil 3 iyuldagi qarorida ko‘rsatilgan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatiga vazirlik va idoralar, hokimliklar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda prokuratura idoralari xodimlarining qator lavozimlari kiritilgan. Vaholonki, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarida davlat xizmatchisi deganda, faqatgina hokimliklar, vazirlik va idoralar xodimlari tushuniladi.


Download 92.18 Kb.
  1   2   3




Download 92.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohatlar

Download 92.18 Kb.