|
N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogikaBog'liq Inklyuziv ta`limKompensator jarayonlar
– organizm, o‘zining buzilgan
funksiyalarini ishdan chiqqan tizimlarini, alohida organlar va
ularning tarkibiy qismlari yordamida sog‘lom organlar bilan qoplash.
Korreksiya
– bolalarda ruhiy va jismoniy rivojlanish
kamchiliklarini pedagogik usullar va tadbirlarning maxsus tizimi
yordamida to‘liq yoki qisman tuzatish.
Korreksion mashg‘ulotlar
– ruhiy-jismoniy rivojlanishdagi
kamchiliklarni tuzatish va bartaraf etishga oid mashg‘ulotlar.
Ko‘nikmalar
– o‘zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajriba
asosida hatti-xarakatlarning tez, aniq, ongli bajarilishiga tayyorgarlik.
Qo‘zg‘aluvchanlik
– organizmning ayrim (ruhiy, muskul, bez)
to‘qimalarning ta’sir qiluvchilar harakatlariga o‘ziga xos reaksiya
bilan javob qaytarish xossasi.
Qo‘zg‘alish chegarasi
– his-hayajonni paydo qiluvchi qo‘zg‘a-
tuvchining minimal kuchi.
Qo‘zg‘atish
– atrof va imkoniyati cheklanganki muhit omil-
larining (qo‘zg‘atuvchilar) organlar va to‘qimalarga ularning dast-
labki holati o‘zgarishiga olib keluvchi ta’siri.
Labdan o‘qish
– gapirayotgan shaxsning nutqini ko‘z orqali
qabul qilish. Bolalarni eshitish qobiliyati funksiyasini ko‘rish qobi-
liyati bilan qoplashni amalga oshirishga o‘rgatuvchi o‘quv-kor-
reksion fan.
Maxsus metodika
– rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar-
ning rivojlanish xususiyatlarini nazarda tutuvchi ta’lim metodikasi.
Maxsus pedagogika
– nuqsonli bolalarni tarbiyalash va ta’lim
berish to‘g‘risidagi fan.
Maxsus ta’lim
– ta’lim jarayonida nuqsonli bolalarning ruhiy
va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish va to‘ldirish.
Max-sus maktab o‘quvchilarida ommaviy maktablarda ta’lim oluv-
chilardagi kabi bilim, malaka va ko‘nikmalarni hamda maxsus
bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni shakllantirish.
|
| |