|
N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogikaBog'liq Inklyuziv ta`limGLOSSARIY
Adaptatsiya
–
organizmning o‘zgaruvchan sharoitlarga mosla-
shuvi, sezgi organlariga ta’sir manbalariga adaptatsiya natijasida
analizatorlar sezgirligining o‘zgarishi.
Anomal bolalar
– jismoniy va aqliy rivojlanishdan orqada
qolgan va maxsus ta’limga muhtoj bolalar.
Asteniya
– toliqish, kayfiyatning tez-tez o‘zgarib turishi,
uyqudagi vegetativ.
Affektiv buzilishlar
– ruhiyatdagi buzilishlar.
Analizatorlarning o‘zaro aloqalari
– sensor sohasi birligi
namoyon bo‘lishining bir turi.
Brayl sistemasi
– ko‘zi ojiz bolalar o‘qishi va yozishi uchun
mo‘ljallangan relef-nuqtali shriftdagi alifbo.
Bilishga qiziqish
– faoliyat jarayonida voqelik predmetlari va
hodisalariga faol munosabatdan kelib chiqadigan bilimga intilish.
Bola (bolalar)
– o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs (shaxslar).
Gipodinamiya
– harakatlanish faolligining susayishi.
Diqqat
– bir vaqtning o‘zida ob’ektlardan diqqatni ko‘chirishda
ongda aks etuvchi boshqa ob’ektlarning ajralib chiqishini ta’min-
lovchi ruhiy faoliyatning tashkiliy shakli.
Daktil alifbosi
– eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun
o‘qishda va yozishida qo‘llaniladigan yordamchi nutq turi.
Defektologiya
sohasi tiflopedagogika, surdopedagogika, oligo-
frenopedagogika va logopediyaga bo‘linadi.
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlar mavjud
bola
– imkoniyati cheklangan bolalikka chiqarishga yetmaydigan
jismoniy, aqliy, sezish (his-tuyg‘u) va (yoki) ruhiy nuqsonlari mavjud
bola.
Zaif ko‘ruvchilar uchun kitoblar
– ko‘rish imkoniyatini
beruvchi misol va ramzlar yirik harflar bilan yozilgan kitoblar.
|
| |