245
Maxsus ta’lim ehtiyojlari
– maxsus tashkil qilingan sharoit-
larda bolaning ruhiy-jismoniy holati bilan bog‘liq maxsus dasturlar.
Maxsus metodika
– rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
bilan olib boriladigan korreksion pedagogik ish mazmunining meto-
dikasi.
Meystriling
– imkoniyati cheklangan bola bolalarni o‘z teng-
doshlari bilan turli xil, darsdan tashqari tadbirlarda o‘zaro muloqoti.
Murakkab nuqsonlar
– bir kishida mavjud ikki yoki bir necha
jismoniy yoki ruhiy kamchiliklar.
Moslashuv reaksiya
– organizmning ta’sir qiluvchi manbani
yanada yaxshiroq qabul qilishga va tahlil
qilishga va unga javob
qaytarish uchun analizatorlarni sozlashga yordam beruvchi atrof-
muhitning o‘zgarishiga reflektor reaksiyasi.
Imkoniyati cheklangan bolalik
– organizmning kasallik yoki
jarohat natijasida ma’lum bir kasbda to‘liq
yoki qisman barqaror
funksional buzilishlarga, saviyaning pasayishiga olib keluvchi holati.
Imkoniyati cheklangan bola bola
– jismoniy, aqliy, sezgi (his-
tuyg‘u) va (yoki) ruhiy nuqsonlari tufayli hayot faoliyati cheklangan,
ijtimoiy yordam, muhofazaga muhtoj va qonun tomonidan belgi-
langan tartibda Imkoniyati cheklangan bola deb e’tirof etilgan bola.
Imkoniyati cheklangan bola va imkoniyatlari cheklangan
bolalarning ijtimoiy reabilitatsiyasi
– bolalar tomonidan yo‘qo-
tilgan ijtimoiy aloqalar va funksiyalarni tiklash, hayotini ta’minlash
muhitini yaratish, ularga g‘amxo‘rlikni kuchaytirishga yo‘naltirilgan
tadbirlar majmuasi.
(Psixologiyada) assotsiatsiyalar
– biror jarayonning u bilan
bog‘liq boshqa alohida ruhiy jarayonlar va hodisalar (tasavvurlar,
fikrlar, his-tuyg‘ular) o‘rtasidagi aloqalar, buzilishlarga olib keluvchi
asabiy-ruhiy kamchilik.
Patogenez
– kasallik, patologik jarayon yoki holat rivojlanishi
mexanizmi.