• Mariya Sibulskaya KIRISH
  • N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/85
    Sana28.09.2024
    Hajmi3,4 Mb.
    #272809
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
    Bog'liq
    Inklyuziv ta`lim

    Taqrizchilar:
    S.U.Sulaymonova 
    – NamDPI Pedagogika fakulteti
    Pedagogika va psixologiya kafedrasi PhD 
    F.U.Qodirova 
    – ChDPU Maxsus pedagogika kafedrasi, 
    professori 
     
     
     
    Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va 
    innovatsiyalar vazirligining 7.05.2024 yildagi, 149-sonli buyrug‘iga 
    asosan № 149126-sonli nashr ruxsatnomasiga ega. 
    © N.B.Goipova, 2024 


    3
    «Odamda qanday tashxis ekanligi muhim emas. 
    Unga hurmat bilan munosabatda boʻlish va 
    munosib hayot kechirish imkonini berish muhim». 
    Mariya Sibulskaya 
     
     
    KIRISH 
     
    Jahon ta’limi amaliyotida ta’lim oluvchilar ehtiyojlariga mosla-
    shuvchan o‘quv muhitini yaratish, variativ o‘quv dasturlaridan 
    foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortmoqda. BMTning ta’lim 
    sohasidagi siyosati yo‘nalishlaridan biri bolalarning alohida ta’lim 
    ehtiyojlari xilma-xilligini hisobga olgan holda ta’lim berishni nazarda 
    tutadigan inklyuziv ta’lim g‘oyalarini ishtirokchi davlatlar tomonidan 
    keng amalga oshirilishini ta’minlash hisoblanadi. YUNESKOning 
    inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan dastur-
    larialohida ta’lim extiyoji bo‘lgan bolalar va kattalar uchun xavfsiz 
    va qulay ta’limni ta’minlashga qaratilgan me’yorlar, standartlar 
    hamda intellektual hamkorlikni modernizatsiyalashga yo‘naltiril-
    moqda. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida belgilangan 
    ijtimoiy tenglik qoidalarini amalga oshirishda ta’limning barcha 
    uchun ochiqligini, gender jihatdan tenglikka asoslanganligini ta’min-
    lovchi mexanizmlarini amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb 
    etmoqda. 
    Mamlakatimizda inklyuziv ta’limni ta’lim oluvchilarning ijti-
    moiy ehtiyojlari va shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda fan, 
    ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash 
    asosida tashkil etishning huquqiy – me’yorlari ishlab chiqilgan. 
    “Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni tashkil 
    etish maqsadida ta’lim muassasalari moddiy texnika bazasini mus-


    4
    tahkamlash, o‘quv dasturlarini adaptivlashtirish, sog‘lomlashtiruvchi 
    sifatlita’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish hamda bu jarayonga 
    mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash” kabi muhim vazifalar 
    belgilandi
    1
    . Boshlang‘ich ta’limda o‘qitish sifatini yaxshilash, o‘quv-
    chilarning imkoniyatlariga mos, davlat ta’lim standartlari me’yorlari 
    inobatga olingan o‘quv muhitini samarali tashkil etish, bu jarayonda 
    tashkilotlar va jamoat institutlari hamkorligini kuchaytirishyanada 
    muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur ijtimoiy-pedagogik masala-
    larni hal etishda ta’lim, sog‘liqni saqlash va mahalla tashkilotlarining 
    imkoniyati cheklangan bolalarni sifatli ta’lim xizmatlari bilan ta’min-
    lash borasidagi o‘zaro manfaatli hamkorligi talab etiladi. Bu esa, 
    boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida metodik mahorat, kasbiy kompe-
    tentlikni rivojlantirishning klasterli yondashuvlari, tashkiliy omillari, 
    pedagogik-psixologik shart-sharoitlari, inklyuziv sinflarda darslarni 
    tashkil etishga qo‘yiladigan didaktik talablarni aniqlashtirishni 
    taqozo etadi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi 
    PF-5270-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan 
    qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida”, 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “Xalq ta’limi tizimini 
    2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”, 2020 yil
    6 noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri-
    da ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida”gi, 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022 – 2026-
    yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbe-kistonning taraqqiyot strategiya-
    si to‘g‘risida”, farmonlari, 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4860-son 
    “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish 
    tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
    1
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Респуб-
    ликасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-
    сонли Фармони. 


    5
    qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 
    12 oktyabrdagi 638-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga 
    ta’lim berishga oid normativ huquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘ri-
    sida”gi qarori va boshqa xujjatlarda kadrlar masalasi, ta’lim maz-
    munini modernizatsiyalash, jarayonni metodik va didaktik ta’minlash 
    vazifalari belgilab berilgan. 
    Sanab o‘tilgan vazifalarni bajarishda ushbu darslik tayanch 
    manbaa sifatida xizmat qiladi. 


    6

    Download 3,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish