• Inklyuziv ta’limning vazifalari
  • Inklyuziv ta’limning maqsadi




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/85
    Sana28.09.2024
    Hajmi3,4 Mb.
    #272809
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
    Bog'liq
    Inklyuziv ta`lim

    Inklyuziv ta’limning maqsadi
    – alohida ta’lim 
    ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar uchun maktabda maxsus 
    vosita va metodlarni qoʻllash orqali maxsus pedagoglarni 
    jalb etgan holda toʻsiqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, 
    ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda toʻlaqonli uygʻun-
    lashuviga xizmat qiladigan sifatli ta’lim berishni ta’minlashdan 
    iborat
    4

    Inklyuziv ta’limning vazifalari 
    quyidagilardan iborat: 

    rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega boʻlgan oʻquvchilar 
    uchun har qanday kamsitilishni istisno qiladigan, barcha bolalarga 
    teng munosabatda boʻlishni ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan 
    ijtimoiy muhitni yaratish; 

    jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchi-
    larida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar muammolariga 
    nisbatan bagʻri kenglik munosabatini shakllantirish; 

    ta’lim jarayonida sogʻlom bolalar bilan bir qatorda alohida 
    ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini 
    rivojlantirish; 

    barcha oʻquvchilar uchun davlat ta’lim standartlariga 
    muvofiq maktabgacha, umumiy oʻrta, kasb-hunar va oliy ta’lim 
    dasturlarini oʻzlashtirish uchun imkoniyat yaratish; 
    4
    Умумий ўрта таълим ташкилотларида инклюзив таълимни ташкил этиш тартиби тўғри-
    сидаги Низом. – Т.: “Вазирлар Маҳкамасининг 638-сон қарори иловаси”, 2021. 


    12

    oʻquvchilarning har tomonlama rivojlanishi, emotsional-
    irodaviy sohasi, bilish faoliyatini faollashtirish, ijtimoiy koʻnikma va 
    salohiyatini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

    alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan 
    oilalarga maslahat yordami berish hamda ota-onalarni farzandlariga 
    ta’lim-tarbiya berish, pedagogik texnologiyalar, ta’lim-tarbiya metod 
    va vositalarini qoʻllash sohasida xabardorlik darajasini oshirish, 
    ularni psixologik-pedagogik jihatdan qoʻllab-quvvatlash. 
    Inklyuziv ta’lim jarayonida alohida ta’lim ehtiyojiga ega 
    boʻlgan oʻquvchilar sogʻlom bolalar bilan birga bir maktabda, sinfda 
    oʻqitiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar maktabga qadam qoʻygan 
    kunlaridan boshlab alohida qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻladilar. 
    Bunday qoʻllab-quvvatlash ularning butun hayotlari davomida zarur 
    hisoblanadi. Shuning uchun ham maktab ta’limining dastlabki boʻ-
    gʻinlaridan boshlab, bunday oʻquvchilarning ijtimoiy rivojlanishlari 
    uchun qulay shart-sharoit yaratish talab etiladi. 
    Imkoniyati cheklangan oʻquvchilar bilan tashkil etiladigan 
    ta’lim jarayoni inklyuziv ta’lim shakllarini aniqlash va uni umumiy 
    ta’lim jarayoni bilan integratsiyalashni talab etmoqda. Bunday 
    integratsiya ularning oʻzlariga xos boʻlgan ta’limiy ehtiyojlariga mos 
    kelishi lozim.
    Imkoniyati cheklangan oʻquvchilarning ta’lim muassasasida 
    oʻqishni davom ettirishlari va faqatgina oʻzlari kabi imkoniyati 
    cheklanganlar muhitida boʻlishlari ularning rivojlanishlari, ijtimoiy-
    lashishlariga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Oʻquvchilar bir turda 
    boʻlishi ularning muhitga moslashishlari uchun qulay sharoit yara-
    tadi. Bunday oʻquvchilarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 
    oʻqitish metodlarini ularga moslashtirish, biroq aloqa oʻrnatish 
    sohasida muammolarga ega boʻlgan oʻquvchilarni ular bilan uygʻun-
    lashtirish ularning ijtimoiy rivojlanishlariga sharoit yaratmaydi. 


    13
    Imkoniyati cheklangan bolalar boshqa oʻquvchilar bilan birxildagi 
    xatti-harakatlarni amalga oshirish tajribasiga ega boʻlishlari kerak. 
    Imkoniyati cheklangan oʻquvchilarga ta’lim berishning istiq-
    bolli shakllaridan biri ularni guruhlar yoki sinflarga izchil tarzda asta-
    sekin uygʻunlashtirishdan iborat. Bunda oʻquvchilarning sinfdoshlari 
    yoki guruhdoshlari bilan aloqa oʻrnata olishlari va oʻqish layoqat-
    larini hisobga olishlari talab etiladi. 
    Imkoniyati cheklangan oʻquvchilar taraqqiyotining koʻlami 
    shuqadar kattaki, ular uchun birxildagi ta’lim jarayonini tashkil etish 
    imkonsizdir. Bunday sharoitda koʻplab oʻquvchilar ta’lim jarayoniga 
    qamrab olinmaydi. Imkoniyati cheklangan oʻquvchilar tarkibining 
    turli-tumanligi shuni koʻrsatadiki, ularga ta’lim berish jarayoni bir 
    qator holatlarni mujassamlashtirishi kerak. 
    Imkoniyati cheklangan oʻquvchilar ta’limining keng koʻlam-
    liligi va serqirraliligini hisobga olgan holda umumiy oʻrta ta’lim 
    jarayonini tashkil etish talab qilinadi. Ularda me’yorda rivojlanuvchi 
    tengdoshlari bilan qiyoslagan holda umumiy oʻrta ta’lim jarayonida 
    hayot uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma, malakalarni shakllanti-
    rish maqsadga muvofiqdir. Oʻquv jarayonida imkoniyati cheklangan 
    oʻquvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan 
    holda bilimlarni taqdim etish asosida oʻz tengdoshlari va yaqinlari 
    bilan birgalikda hayotiy koʻnikmalarni egallashlari uchun sharoit 
    yaratiladi.
    Imkoniyati cheklangan oʻquvchilarga turli variantlarda ta’lim 
    berish uchun qulay sharoit yaratish kerak. Masalan: 
    Oʻquvchining bilimlarni egallash imkoniyatini hisobga olgan 
    holda cheklangan ta’lim beriladi. Bunday ta’limning mazmuni 
    umumiy oʻrta ta’limning mazmuniga muvofiq kelishi kerak. Bunda 
    tengdoshlari orasida hamda ular bilan umumiy tarzda muayyan vaqt 


    14
    davomida oʻqitish amalga oshiriladi. Bu jarayonda oʻquvchilarni 
    tizimli tarzda pedagogik-psixologik qoʻllab-quvatlash talab etiladi. 
    Mazkur yoʻnalishda oʻquvchilar oʻz tengdoshlari orasida boʻlib, 
    ular uchun cheklangan ta’lim olish imkoniyati yaratiladi. Bunda 
    ularning rivojlanishi bilan bogʻliq holda kelib chiqqan muammolarni 
    bartaraf etish nazarda tutiladi. Oʻquv jarayoni va sinf xonasidagi 
    shart-sharoitlar imkoniyati cheklangan oʻquvchilarning ehtiyojlariga 
    muvofiq kelishi lozim. Bunday sharoitda ta’lim jarayoni individual-
    lashtirilgan, uning muddatlari esa choʻzilgan boʻladi. Jumladan, koʻzi 
    ojiz oʻquvchilar uchun toʻqqiz yillik umumiy oʻrta ta’lim jarayoni oʻn 
    yil davom etishi mumkin. Masalan, tayanch harakat a’zolarida 
    nuqsoni boʻlgan oʻquvchilar uchun boshlangʻich ta’limning maqbul 
    varianti sifatida umumiy oʻrta ta’lim dasturlari yoki ruhiy jihatdan 
    cheklangan oʻquvchilar uchun tuzilgan maxsus dasturlar yordamida 
    amalga oshiriladi. Integratsiyaning bunday shakli samarali boʻlib, 
    imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berishda qiyoslash imko-
    niyati vujudga keladi. Bunda oʻquvchilarning nutqi, muloqot imko-
    niyatlari, xatti-harakatlaridagi muammolar tengdoshlariniki bilan 
    solishtiriladi. Ruhiy jihatdan orqada qolayotgan imkoniyati chek-
    langan oʻquvchilardagi murakkab holatlar bilan oddiy holatlar orasi-
    dagi darajalanish sogʻlom sinfdoshlarinikiga koʻra boshqacha koʻri-
    nishga ega boʻladi. Shuning uchun ham oʻquv jarayonida bunday 
    oʻquvchilar sinfdoshlaridan orqada qolishi yoki ulardan oʻzib ketishi 
    mumkin. Bu oʻznavbatida oʻquv dasturlariga o‘zgatrishlar kiritish, 
    oʻquvchilarga korreksion yordam koʻrsatish, intellektual yuklama-
    larni koʻpaytirish, ularning imkoniyatlarini cheklamagan holda dastur 
    doirasidan tashqariga chiqishni taqozo qiladi.
    Imkoniyati cheklanmagan bolalar uchun inklyuziv ta’lim berish 
    rivojlanishida muammolar mavjud boʻlgan oʻquvchilarni oʻz teng-
    doshlari bilan birgalikda oʻqitishni nazarda tutar ekan, mazkur 


    15
    yoʻnalish aksariyat bolalar uchun umumiy oʻrta ta’lim maktablarida 
    jismoniy va aqliy rivojlanishda orqada qolgan oʻquvchilar uchun 
    maxsus sinflar ochish imkonini beradi. Bunday oʻquvchilarga 
    muvaffaqiyatli ta’lim berish uchun mohirlik bilan tashkil etilgan 
    maxsus pedagogik-psixologik qoʻllab-quvvatlash hamda ularni 
    integrallashtirilgan sinflardagi oʻquvchilar sonini keskin kamaytirish 
    talab etiladi. Inklyuziv ta’limning ushbu varianti individual tarzdagi 
    yakuniy natijalarni qoʻlga kiritishni taqozo qiladi. Shuning uchun 
    inklyuziv ta’limning sifatini aniqlash maqsadida muayyan parametr-
    lar va koʻrsatkichlarni (indikatorlar) belgilab olish lozim. 
    Jahon ta’limi amaliyotida ta’lim oluvchilar ehtiyojlariga mosla-
    shuvchan oʻquv muhitiniyaratish, variativ oʻquv dasturlaridan foyda-
    lanishga boʻlgan ehtiyoj kunsayin ortmoqda. Birlashgan Millatlar 
    Tashkilotining ta’lim sohasidagi siyosati yoʻnalishlaridan biri bola-
    larning alohida ta’lim ehtiyojlari xilma-xilligini hisobga olgan holda 
    ta’lim berishni nazarda tutadigan inklyuziv ta’lim gʻoyalarini 
    ishtirokchi davlatlar tomonidan keng amalga oshirilishin ita’minlash 
    hisoblanadi. YUNESKOning ijtimoiy fanlar sohasidagi dasturlari 
    inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan bilimlar, 
    standartlar hamda intellektual hamkorlikni rivojlantirishga yoʻnalti-
    rilmoqda. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalarini 
    amalga oshirishda gender tenglik, ta’lim olish huquqi kafolatlarini 
    kuchaytirish mexanizmlarini amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat 
    kasb etmoqda. Dunyoda kadrlar tayyorlash tizimining asosiy va hal 
    qiluvchi bosqichi sifatida boshlangʻich ta’limni innovatsion texnolo-
    giyalar asosida tashkil etish, ta’lim jarayonining tashkiliy, metodik 
    komponentlarini, didaktik tizimini takomillashtirish boʻyicha qatori 
    ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shu jihatdan oʻqituvchilarni ta’lim-
    da alohida ehtiyojlari bor bolalar bilan ishlashga kasbiy tayyorlash-
    ning nazariy-pedagogik jihatlarini aniqlashtirish orqali inklyuziv 


    16
    ta’lim samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bosh-
    langʻich ta’limda sogʻlom tengqurlari bilan birgalikda imkoniyati 
    cheklangan bolalarning ta’lim olish ehtiyojini jahon standartlari 
    asosida ta’minlashda tashkilotlararo maqsadli va amaliy natijalarga 
    yoʻnalgan hamkorlik hamda integrativ chora-tadbirlar taqozo etiladi. 
    Ta’lim klasteri sharoitida barcha bolaga birdek sifatli ta’limni tashkil 
    etishda oʻqituvchining roli va mavqei, ota-onalar va keng jamoatchi-
    likning pedagogik savodxonligini oshirish taqozo etiladi.

    Download 3,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish