N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/85
Sana28.09.2024
Hajmi3,4 Mb.
#272809
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85
Bog'liq
Inklyuziv ta`lim

NUTQ NUQSONLARIGA EGA BO‘LGAN BOLALAR 
Korreksion pedagogika fani rivojlanib borib, ayrim sohalari 
mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Shu fanlar jumlasiga logopediya 
ham kiradi. Logopediya (logos – so‘z, padeo – tarbiyalash, o‘rgatish 
degan ma’noni anglatadi) – pedagogik fanlardan biri bo‘lib, nutq 
kamchiliklari va ularning sabablarini o‘rganish, shuningdek, bular-
ning oldini olish, borlarini bartaraf etish uchun maxsus ta’lim-tarbiya 
vositalari va metodlarini ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish masa-
lalari bilan shug‘ullanadi. 
Logopediya fani mavzu bahsi, nutq kamchiligi bor kishilar bilan 
olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni. Nutq kamchiligi bor kishi esa 
logopediya fanining o‘rganish mavzusi hisoblanadi. 
Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat: 

Turli xil nutq kamchiliklari bor kishilarning nutq faoliyati 
ontogenezini o‘rganish. 

Nutq kamchiliklarining sabablari va simptomatikasi, ularning 
turlari, kelib chiqish mexanizmlarini o‘rganish, darajasini 
aniqlash. 

Nutq kamchiliklarining kishi faoliyati, shaxsiyati, xulq- atvori, 
ruhiy rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish. 


51

Eshitish, ko‘rish, intellektual va boshqa kamchiliklarga ega 
bo‘lgan bolalar nutqiy faoliyatining holati, yetishmovchilik-
larini o‘rganish, aniqlash. 

Nutq kamchiliklarini aniqlash yo‘llari, usullarini ishlab chiqish 
va amaliyotga tatbiq etish. 

Nutq kamchiliklarining oldini olish, bartaraf etish usullarini, 
tashkiliy shakllarini belgilash, ishlab chiqish, takomillashtirish. 

Logopedik ishni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish. 
Logopediya fani anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya, oto-
loringologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, pediatriya, ling-
vistika, psixolingvistika, psixologiya va pedagogika fanlari bilan 
bog‘liq, shular asosida rivojlanadi. 
Logopediya korreksion pedagogika fani kabi, asab sistemasi-
ning tuzilishi, rivojlanishi faoliyati haqidagi nazariyaga asoslangan. 
Tabiiy fanlarni bilmay turib, nutq kamchiliklarining kelib chiqish 
sabablari, mexanizmi, bola psixikasiga ta’sirini aniqlab bo‘lmaydi. 
Logoped nutq kamchiliklarining nevrologik asoslarini yaxshi bilishi 
kerak. Bu bilimlar nutq kamchiliklarini bartaraf etish, ularni oldini 
olish, bolani to‘g‘ri tarbiyalash, unga bilim berish yo‘llari va 
usullarini to‘g‘ri tanlashda logopedga yordam beradi. Tibbiy fanlar 
haqidagi bilimlar to‘g‘ri logopedik xulosa chiqarish, nutq kamchi-
liklarini ularga o‘xshash boshqa anomaliyalardan ajratish, bolalarni 
tegishli muassasalarga to‘g‘ri saralash imkonini beradi. 
Logoped o‘z oldiga qo‘ygan maqsad – vazifani hal etishda 
tilshunoslik, lingvistik fanlarga, psixologiya va pedagogikaga 
suyanib ish ko‘radi. 
Tilshunoslik fani kishilarning eng muhim aloqa quroli bo‘lgan 
nutqni ijtimoiy hodisa deb biladi. Nutqning asosiy tarkibiy qismlari: 
tovush, so‘z, so‘z birikmasi va gap bir butun tizimni tashkil etib, 
fikrni og‘zaki yoki yozma ravishda ifodalash uchun xizmat qiladi. 


52
Har bir logoped tilshunoslikning ilmiy-nazariy asoslarini, fonetika va 
grammatikani, lug‘at va stilistikani, orfografiya va punktuatsiyani 
mukammal bilish bilan birga, ifodali o‘qiy olish va to‘g‘ri so‘zlay 
olish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak. Tabiiyki, logopedning o‘zi 
imloni yaxshi bilmay turib, o‘quvchilarga hech qachon savod 
malakasini singdira olmaydi, logoped uchun og‘zaki va yozma nutq 
qobiliyati amaliy jihatdan juda muhimdir: logoped so‘z vositasida fan 
xulosalarini izohlabgina qolmasdan, ayni vaqtda nutqida kamchiligi 
bo‘lgan bolani tarbiyalaydi; tarbiyalanuvchilar yo‘lini yoritadi ham. 
Logopediya-korreksion pedagogika fanining bir sohasidir. 
Logoped ham boshqa fan o‘qituvchilari kabi ta’lim va tarbiya 
shakllarining mohiyatini, maqsad va mazmunini, usul hamda 
vositalarini yaxshi egallab, ularni amalda qo‘llay olishi kerak. 
Logoped bolalarning psixologik qobiliyatlarini hisobga olishi 
kerak. Bolalarni o‘z kuchiga ishontirishi, mashg‘ulotlarga havasini 
uyg‘ota bilishi, material bayoni vaqtida ularning diqqatini to‘la jalb 
qila olish, materialni esda saqlab qolish yo‘llarining (mashq, ko‘r-
gazmali qurollardan foydalanish, mustaqil ish, suhbat, grammatik 
o‘yin kabi vositalarni) qo‘llanishi o‘qitish samaradorligini yanada 
oshiradi. Inson idrokining mazmuni, fikri, nutqi orqali shakllanadi. 
Bolalar logoped tushuntirgan materiallarni eshitib, yozganlarini 
ko‘rib, kuzatib, mushohada yo‘li bilan o‘zlari fikr yuritadilar va 
berilayotgan bilim-malakalarni mustahkamlab o‘zlashtirib boradilar. 
Moddiy dunyodagi narsa va hodisalar ongimizda aks etib, 
bularning in’ikosi so‘z shaklida ifodalanadi, til hodisalari vositasida 
namoyon bo‘ladi. Inson o‘zi ko‘rgan va ta’sirlangan buyum yoki 
voqealarni so‘z yordamida nomlab, ularning mazmuni haqidagi 
taassurotlarni obrazlar, fikrlar, tushunchalar, tasavvurlar ko‘rinishida 
anglash, ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Har qanday hodisaning 
miyada aks etishi va ongda mustahkam o‘rnashib qolishida nutq 


53
yetakchi vosita hisoblanadi. Modomiki shunday ekan, nutq aloqa 
bog‘lash jarayonida tafakkur kuragi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan 
birga aloqa jarayonida nutq-ifodalash, biror narsani bildirish, 
anglatish va ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Fikrlash 
qobiliyati nutq negizida paydo bo‘ladi. Nutq kishi tafakkurining 
rivojlanish darajasini ham belgilab beradi. Nutqdagi kamchilik 
bolaning tafakkuri, xotirasi, diqqati va boshqa ruhiy jarayonlarning 
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Og‘ir nutqiy kamchiligi 
bo‘lgan bolalarda intellektual kamchiliklar bo‘lishi, yuzaga kelishi 
mumkin va aksincha, masalan, oligofren bolalar nutqida bir qator 
nutqiy kamchiliklar kuzatiladi. Logopedik amaliyotda nuqsonlarning 
birlamchi va ikkilamchi ekanligini aniqlash nihoyatda muhim. 
Logoped har bir bolaning ruhiy rivojlanishini chuqur o‘rganib nutq 
kamchiligi tufayli ruhiyatida paydo bo‘lgan ikkilamchi asoratlarni 
ajrata bilishi kerak. Agar aql-idrok rivoji nutqiy kamchilik tufayli 
orqada qolgan bo‘lsa, bunday bola nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar 
uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi bolalar 
bog‘chasiga yuborilishi kerak. Bilish faoliyatining turg‘un buzilishi 
natijasida bola nutqi rivojlanmagan bo‘lsa, bu bolani oligofren 
bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi maxsus bolalar 
bog‘chasiga yuborish talab etiladi. 
Ma’lumki, nutq murakkab funksional sistemani o‘z ichiga 
oluvchi jarayondir. Bu sistemaning har bir tarkibiy qismi boshqa 
qismlari bilan mahkam bog‘langan. R.Y.Levina va shogirdlari 
L.S.Vigotskiyning nutq va tafakkur haqidagi ma’lumotiga asoslanib 
turib, nutqni uch tarkibiy qismga bo‘lib: fonetiko-fonematik, leksik 
va grammatik nutqqa ajratib o‘rganishni tavsiya etadi. Ana shu uchala 
qism kishining yaxlit nutq sistemasini tashkil etadi. Nutqida 
kamchiligi bo‘lmagan va kamchiligi bo‘lgan bolalarda nutq sistemasi 
har xil darajada rivojlanadi. Nutq sistemasining fonetiko-fonematik 


54
qismi tovushlar talaffuzi, ovoz, nutq maromi, sur’ati, ravonligidan, 
shuningdek idrok-qobiliyatidan tashkil topadi. Leksik va grammatik 
qismlari tilning lug‘at boyligi va grammatik qurilishini o‘z ichiga 
oladi. Nutq sistemasida leksik qism yetakchi o‘rinni egallaydi. Bola 
nutqida so‘zlar soni kam, ya’ni nutqning leksik qismi rivojlanmagan 
bo‘lsa, fonetiko-fonematik, grammatik qismlarida ham ma’lum kam-
chiliklar yuzaga keladi, butun nutq sistemasida yetishmovchiliklar 
kuzatiladi. Fonetiko-fonematik qismdagi kamchiliklar, masalan, 
tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etish tufayli so‘zlar leksikaning 
o‘zgarishi, nutqning grammatik tuzilishiga ta’sir etadi. Sistemalilik 
prinsipi nutq kamchiliklarini aniqlash, bartaraf etish, oldini olish 
yo‘llari, usullarini to‘g‘ri belgilashga yordam beradi. 
Logopediya fani barcha ishlarni kompleks yondashish asosida 
tashkil etishni tavsiya qiladi. Kompleks yondashish – bolaga har 
tomonlama ta’sir ko‘rsatishini ko‘zlab ta’lim-tarbiya jarayonida ham 
pedagogik, ham psixologik, ham tibbiyot metodlarini ishlatishdir.
Rivojlanish prinsipi nutq kamchiligining kelib chiqish yo‘lini, 
uning rivojlanishini tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Bunda kamchi-
likning kelib chiqish sabablarini rivojlanish jarayonida qanday 
o‘zgarishlar natijasi ekanligini ko‘rsatish – asosiy vazifadir. 
Nutqdagi asosiy funksiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga 
albatta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og‘ir ruhiy 
kechinmalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, ayrim so‘zlar-
ning noto‘g‘ri talaffuz etilishi kishini noqulay vaziyatga solib 
qo‘yishi bilan birga, uni atrofdagilar bilan muomala qilishida qiynab 
qo‘yadi, u gapirganda o‘z fikrini to‘la anglata olmaydi. Nutq 
kamchiliklarining og‘ir turlari (alaliya, rinolaliya, tutilib gapirish va 
boshqalar) maktab dasturini o‘zlashtirishga, keyinchalik, kasb tan-
lashga, ba’zan umuman o‘qishga to‘sqinlik qiladi, bilish faoliyati 
rivojlanishini susaytiradi, ba’zilarida intellektual yetishmovchiliklar 


55
yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan, nutqdagi 
kamchiliklarni boshqa ruhiy jarayonlar bilan bog‘langan holda 
o‘rganish prinsipiga amal qilish nihoyatda zarur. 
Nutq kamchiliklari ko‘p hollarda biologik va ijtimoiy omillar-
ning birgalashib ta’sir o‘tkazishi natijasida paydo bo‘ladi. Logopedik 
ishning samaradorligi nutq kamchiliklari kelib chiqish sabablari, 
mexanizmlari, turlarini to‘g‘ri aniqlashga bog‘liqdir. Bu o‘rinda 
ontogenetik, etiopatogenetik prinsiplarning ahamiyati katta. 
Nutq kamchiliklarini o‘rganish, aniqlash, ularni bartaraf etishda 
logoped barcha didaktik prinsiplarga tayangan holda ish tutadi. 
Logopedik ishni tashkil etishda, har qaysi bolaga xos xususiyatlarni 
hisobga olish, bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta o‘zlashtirish, 
ta’limning o‘quvchilarga xos bo‘lishi, ta’lim va tarbiyaning birligi 
prinsipiga amal qilish, onglilik, faollik va mustaqillik kabi prinsip-
larning ahamiyati ayniqsa katta. 
Nutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning me’yorlaridan 
chetga chiqish deb ta’riflanadi. O.V.Pravdina o‘zining «Logopediya» 
kitobida logopedik nutq nuqsonlarini quyidagicha xarakterlagan: 

Nutq nuqsoni o‘z-o‘zidan barham topmaydi, balki vaqt o‘tgan 
sari yanada mustahkamlanib, zo‘rayib boradi. 

Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga mos kelmaydi. 

Nutqiy nuqsonlari bo‘lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj 
bo‘ladi. 

Og‘ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga, balki umumiy 
rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Yuqoridagi ko‘rsatilgan nutq nuqsonlari o‘z xususiyatlari 
jihatidan bolalarda va katta yoshdagi kishilarda ba’zan vaqtincha 
uchrab turadigan nutqiy kamchiliklardan farq qiladi. Yosh bolalarda 
keyinchalik o‘zidan-o‘zi to‘g‘rilanib, barham topib ketadi. Kattalarda 
esa bunday hodisalar asosan charchash, hayajonlanish, asabiylashish 


56
natijasida uchrab turadi. Ular ko‘pincha o‘z xatolarini sezib, bularni 
tuzatishga harakat qiladilar. Goho esa sezmasliklari ham mumkin. 
Lekin vaqti bilan bunday xatolar ham o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanib ketadi. 
Nutqiy nuqsonlar ajnabiylarda, boshqa millatli kishilarda ham 
kuzatilishi mumkin. 
Ular tilni o‘rganib borganlari sari, nutqdagi kamchiliklar bar-
ham topib boraveradi. 
Nutq kamchiliklari kelib chiqish sabablariga ko‘ra logopediya 
fanida organik va funksional xillarga bo‘linadi. Organik nutq nuq-
sonlari nutqiy analizatorning tuzilishidagi kamchiliklarga aloqador 
bo‘lib, bu analizatorning qaysi bo‘limida shikastlanganiga qarab 
markaziy yoki periferik turlarga bo‘linadi. Funksional nutq nuqson-
larida analizator tuzilishida o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Noto‘g‘ri 
tarbiya ota-ona, tarbiyachi yoki o‘qituvchi nutqidagi kamchiliklarga 
taqlid etish natijasida yoki noo‘rin reflekslarning mustahkamlanib 
qolishi funksional nutq nuqsonlariga sabab bo‘lishi mumkin. Funk-
sional nuqsonlar asab jarayonlari o‘rtasidagi muvozanatning buzi-
lishi, analizator faoliyatidagi boshqa kamchiliklardan kelib chiqishi 
ham mumkin. 
Nutq analizatori qaysi bo‘limining o‘zgarib qolganiga qarab 
funksional nutq nuqsonlari ham markaziy yoki periferik xarakterda 
bo‘ladi. 
Logopediya fani surdopedagogika va tiflopedagogikalar ichidan 
ajralib, XIX asrning ikkinchi yarmida tibbiy fanlarning alohida bir 
oqimi bo‘lib vujudga keldi. Nutq nuqsonlarini asosan shifokorlar 
tuzatishar edi, biroq «davolash» ishlari yaxshi natija bermas edi. 
Nutqiy kamchiliklarning ayrim belgilari nuqson sifatida o‘rga-
nilar edi. Nutq komponentlari, nutqning sistemali tuzilishi haqidagi 
ma’lumotlar o‘sha davrlarda hali bo‘lmaganligi tufayli, nutq kam-


57
chiliklarini o‘rganish, aniqlash, bartaraf etish usullari ham noto‘g‘ri 
belgilangan. Asosan mexanik mashqlardan foydalanilar edi. 
Hozirgi kunda logopediya fani pedagogik va psixologik, tibbiy, 
lingvistik fanlar asosida, shularga tayangan holda rivojlanib bor-
moqda. Bir qator tibbiy fanlarni chuqur o‘rgangan maxsus mutaxassis 
pedagog (logoped) to‘g‘ri nutqni tarbiyalaydi. 
Shifokor esa logopad bolaga anamnez tuzadi, uning diagnozini 
aniqlaydi, kerak bo‘lsa dorilar bilan davolashni tavsiya etadi. 
Logopedik amaliyotda, eshitish organlaridagi kamchiliklar 
psixikasiga ta’sir etgan bolalar ko‘p uchrab turadi. Bunday bolalarni 
eng avvalo otoloringolog tekshirib, ularga tibbiy xulosa chiqarmog‘i 
lozim. Shundagina logoped bunday logopadlar bilan ishni to‘g‘ri olib 
borishi mumkin. 

Download 3,4 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish