ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR
Nutq – murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning
tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo‘lib o‘sishiga katta
ta’sir ko‘rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga
asoslangan bo‘lib, atrofdagilarga taqlid etish yo‘li bilan rivojlanib
boradi. Og‘zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni
harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga
keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog‘langan
holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko‘p
jihatdan talaffuzga bog‘liq. Bola nutqining o‘sib borishi tovushlar
talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish
darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muhimi – o‘z nutqi
va atrofdagilar nutqidagi so‘zlarning tuzilishini, tovush tarkibini
farqlay olish qobiliyati bilan ham xarakterlanadi. So‘z tarkibini
anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponent-
larning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega.
Ikkala signal sistemasi, shuningdek, idrok bilan so‘zning o‘zaro
aloqada bo‘lishi aqliy rivojlanishning asosini tashkil etadi.
Defektologlarning (T.A.Vlasova, R.M.Boskis, D.V.Neyman va
boshqalarning) bergan ma’lumotlariga ko‘ra, eshitishida nuqsonlari
bor bolalarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining
qaysi davrida paydo bo‘lganligiga va og‘ir-yengilligiga bog‘liq.
Surdopedagogikada eshitishida nuqsonlari bor bolalar kar, zaif eshi-
33
tuvchi, keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolgan bolalar guruhiga
bo‘lib o‘rganiladi. Tug‘ma hali tili chiqmagan go‘daklik davrida
ikkala quloqning mutlaqo eshitmasligi kar-soqovlikka olib keladi.
Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga
uchragan bolalar zaif eshituvchi bolalar guruhiga kiritiladi. Nutqi
rivojlanib, shakllanib olgandan so‘ng yaxshi eshitmaydigan bo‘lib
qolgan bolalar keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolganlar guruhiga
kiradi. Bu nuqson nutq tarkib topganidan so‘ng vujudga kelsa ham,
quloqdagi nuqson tufayli eshitishda xos kamchiliklar bo‘laveradi.
Turg‘un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko‘ra
tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Kar bolalarning 25 – 30 foizida eshitish nuqsonlari tug‘ma
bo‘ladi. Bunga sabab: onaning homiladorlik davrida turli kasalliklar,
masalan, gripp bilan kasallanishi, ota-onalarning ichkilik ichib
turishi, onaning homiladorlik davrida bilar-bilmas dori-darmonlarni
iste’mol qilishi (ayniqsa, streptomitsin, xinin singari dorilarni), homi-
laning shikastlanishi; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishidagi
patologik o‘zgarishlar bo‘lishi, masalan, eshitish yo‘li atrofiyasi).
Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizato-
rining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga
oliy asab markazi, o‘tkazuvchi yo‘llar yoki quloqning o‘zidagi
o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki),
meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan
kasallanishi ba’zi hollarda kar-soqovlik yoki turli darajalardagi zaif
eshitishga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda ekologiya masalalar-
ning keng o‘rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham
katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga turli zaharli kimyoviy
dorilar juda kuchli ta’sir etib, ayniqsa analizatorning o‘tkazuvchi asab
tolalarini ishdan chiqaradi, natijada bola yaxshi eshita olmaydigan
bo‘lib qoladi.
34
Eshitish nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar alohida yordamga
muhtoj bolalar kategoriyasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning
umuman rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini
o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Eshitish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usul-
lar bilan o‘qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining
yengil darajalari ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatadi, bog‘cha va maktab dasturlarini o‘zlashtirishda bir qator
o‘ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Kichik yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqi rivojlan-
gandan so‘ng, masalan, ikki yoshida yo‘qolganida ham karlik natija-
sida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki, bilganlarini ham
asta-sekin unutadi, boladagi karlik bilan soqovlik qo‘shilib u kar-
soqov bo‘lib qoladi. Bolaga o‘z vaqtida maxsus yordam ko‘rsatil-
masa, unda aqli zaiflik belgilari ham paydo bo‘ladi. Biroq nuqson-
ning o‘rnini to‘ldirib, boshqaruvchi jarayonlarni faollashtiruvchi
maxsus, korreksion rostlaydigan sharoit boladagi nuqsonlarni barta-
raf etib, ularning ham nutqiy rivojlanishini, ham umumiy, aqliy
rivojlanishini ta’minlaydi.
Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktab-
gacha tarbiya muassasasi hamda maktab-internatda barcha zarur
shart-sharoitlar mavjud. Maxsus muassasalardagi tarbiyachi va
o‘qituvchilar bunday bolalarning tegishli ta’lim-tarbiya olishlariga
yordam berishlari kerak.
Yuqorida qayd etilganidek, surdopedagogikada eshitish qobi-
liyati zaif bolalarga kar-soqov, tug‘ma hamda keyinchalik zaif
eshituvchi bo‘lib qolgan bolalar kiradi. Zaif eshituvchi bolalar o‘z
navbatida eshitish qobiliyatining nechog‘liq buzilganiga qarab
yengil, o‘rta va og‘ir darajali kamchiligi bor bolalarga bo‘linadi.
35
Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar ovoz bilan gapirilgan
nutqni 6 – 8 m masofadan ovoz chiqarmay, shivirlab gapirilgan gapni
quloq suprasidan 3 – 6 m masofada eshitadi.
O‘rta darajadagi zaif eshituvchi bolalar ovoz chiqarib gapirilgan
gapni 4 – 6 m, ovozsiz pichirlab gapirilganini 1 – 3 m masofadan
eshitadi.
Og‘ir darajali zaif eshitishda bola o‘rta me’yorda ovoz bilan
gapirilgan gapni quloq suprasidan 2 m, shivirlashni 0,5 m masofadan
eshitadi, xolos.
Zaif eshitishi natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar
kuzatiladi: lug‘atining kambag‘al bo‘lishi, grammatik komponent
rivojlanmagan – gap ichida so‘zlarni tashlab ketish, so‘zlarni
noto‘g‘ri ishlatish, ularni o‘zaro bog‘lay olmaslik, kelishik, so‘z
yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni ishlata olmaslik;
tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish-o‘xshash, jarangli-jarangsiz
undoshlarni bir-biri bilan adashtirish, tushirib ketish va boshqalar
shular jumlasidandir.
Bola nutqidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini bil-
maslik orqasida ayrim tarbiyachi va o‘qituvchilar bolani dangasa,
mas’uliyatsiz, bezori deb, unga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishadi,
natijada bola injiq, yig‘loqi, serjahl, gap o‘tmas bo‘lib qoladi, ya’ni
unda ikkilamchi ruhiy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog‘lom tengdoshlari
qatorida ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda
ta’lim-tarbiya olishi mumkin. Biroq ularga alohida munosabatda
bo‘lish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish talab etiladi.
Demak, eshitish nuqsonlarini bartaraf etish, to‘la kompen-
satsiyalash mumkin. Tarbiyachi va o‘qituvchilarning asosiy vazifasi-
me’yorida rivojlangan bolalarni zaif eshituvchi bolalardan ajratib,
ularga alohida yondashish, zarur bo‘lsa, ularning «maxsus muassa-
36
salar»da ta’lim-tarbiya olishini yoki integratsiyalashgan ta’limga jalb
etilishini ta’minlashdan iborat.
Inklyuziv va maxsus muassasalarda o‘z fikrini og‘zaki ifodalay
olmasligini his etgan o‘quvchi yozma shaklda bayon etishni bilishi
kerak. Buning uchun o‘quvchilarni o‘z fikrini og‘zaki, yozma bayon
etishga o‘rgatish amaliy nutqiy ko‘nikma va malakalarni shakllan-
tirish asosida amalga oshiriladi.
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki, yoz-
ma) nutqni shakllantirish yuzasidan dars va mashg‘ulotlarda muay-
yan tizimdagi mashqlar asosida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati
tashkil etiladi, didaktik vositalarning barcha turlarini nutqiy jarayon-
ga moslay olish talab etiladi. Nutqiy materiallarning amaliy egalla-
nishini ta’minlash uchun maxsus sodir etilgan muammoli nutqqa
(gapirish, yozib tushuntirishga) ehtiyojni tug‘diruvchi vaziyatlar
oldindan rejalashtiriladi. Bunda nutqiy materiallar fanlar bo‘yicha
o‘quv dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgilangan bo‘ladi,
ya’ni korreksion-pedagogik jarayon muayyan tizim asosida amalga
oshiriladi.
Har bir dars uchun nutqiy materiallar korreksion-kommunikativ
tizim tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda (o‘quvchilarning eshi-
tish, talaffuz qilish imkoniyatlariga mos, talaffuzi yaqqol va eshitilish
diapazoni yengil, oddiydan murakkabga, noo‘xshashlikdan o‘xshash-
likka boruvchi tartibda) tanlanadi va tayyorlanadi.
So‘zlashuv nutqiga ehtiyojni tarbiyalash oiladan boshlanishi,
ya’ni ta’lim muassasasi egallangan nutqiy ko‘nikma va malakalar
oilada tabiiy vaziyatlarda mustahkamlanishi va o‘quvchilar amalda
(erkin, qo‘rqmasdan, uyalmasdan) qo‘llashlariga erishish uchun keng
sharoit yaratilmoqda. Ushbu sharoit oila a’zolari ishtirokida yara-
tiladi. Ularning kar bola bilan keng muloqoti va iliq munosabati
37
bolaning keyingi bosqich ta’lim-tarbiyasiga va umuman taqdiriga
bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi.
Kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqiy axborotni qabul qilish
va uzatish imkoniyati eshitish (har qanday daraja karlikda u ma’lum
miqdorda bo‘ladi) qoldig‘idan optimal ravishda foydalanishga bog‘-
liq bo‘lganligi tufayli maxsus muassasalarda ta’limni ovoz kuchayti-
ruvchi apparatlar asosida olib borish talab etiladi. Sinflar maxsus
jihozlanadi. Ya’ni ta’lim muassasasi moddiy texnika negizining
yo‘nalishga mos shakllanishi ta’lim mazmunining samaradorligini
oshiradi.
Kar va zaif eshituvchi bola o‘z ona tilini shu til qonuniyatlari,
xususiyatlaridan kelib chiqqan, mazkur bolaning ruhiy, nutqiy
imkoniyatlariga moslashtirilgan, korreksion-kommunikativ tamoyil-
larga asoslangan va mahalliy sharoitlarni inobatga olgan maxsus
yondashuv asosida egallaydi.
Ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini, xususan ona
tili ta’limini amalga oshirishda o‘quvchilarning fikr mahsulini nutq
sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon
ifodalashga o‘rgatishda daktil belgilardan tegishli bosqichlarda
o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki,
yozma) nutqni shakllantirishga ijtimoiy ehtiyoj sifatida yondashish
dolzarb masaladir. Buni amalga oshirish bolalarning jamiyatga
moslashuvi, ularning borliqni anglashlari hamda ularni atrofdagilar
qanchalik tushunib qabul qilishlari bilan belgilanadi.
Kar va zaif eshituvchi bola jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida
siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning
barchasida me’yorda rivojlangan, sog‘lom tengqurlari qatorida o‘z
ona tilida bemalol, erkin, samarali va barcha uchun (nafaqat o‘zi kabi
38
taqdirdoshlari) tushunarli tarzda muloqot qila olishini ta’minlash
mumkinligi amalda o‘z isbotini topmoqda.
O‘quvchilarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish
imkoniyatini rivojlantirish, o‘z ona tilida sog‘lom tengqurlari kabi
so‘zlashish, fikr almashishini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-
korreksion jarayonni yagona tizim asosida amalga oshirish orqali
takomillashtirilmoqda.
Kar va zaif eshituvchi bolalar ta’limiga «Labdan o‘qish»
ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash mashg‘ulotlari
kiritilgan.
Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar maxsus maktab-
internatlarining barchasi ovoz kuchaytiruvchi apparatlar bilan
ta’minlangan, xonalari maxsus tovush qaytarmaydigan qoplamalar
bilan jihozlanadi, sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni maqsadli
amalga oshirish uchun sharoitlar yaratilgan.
Hozirgi kunda surdopedagogikada kar va zaif eshituvchi
bolalarning maxsus ta’lim bilan erta qamrab olinishi, rivojlanishi,
korreksiya-kompensatsiya qilinishi masalalari dolzarbdir.
|