PSIXIK RIVOJLANISHI ORQADAQOLGAN BOLALAR
Ulgurmovchi o‘quvchilar orasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan
bolalar ham uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati – intellekti,
mantiqiy tafakkuri, idroki, xotirasi, ixtiyoriy diqqati, ish qobiliyati va
boshqa xislatlariga birinchi o‘rinda markaziy asab sistemasining
kasalliklari natijasida ruhiy rivojlanishi sustlashadi. Bunday bolalar-
da hissiyot, iroda sferasidagi kamchiliklar birlamchi, aqliy zaiflik esa
ikkilamchi hodisa bo‘lib hisoblanadi.
T.A.Vlasova, M.S.Pevzner, V.I.Lubovskiy, T.V.Yegorova,
K.S.Lebedinskaya, N.A.Nikashina, K.K.Mamedov, T.B.Shoumarov,
N.A.Sipina, R.D.Triger va boshqa olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 5 – 8 foizini ana shunday bolalar
tashkil etadi.
44
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy darajasi jihatidan
asosan ikki guruhga bo‘linadi:
yengil nuqsoni bor bolalar – bular maxsus sharoitda 1 – 3 yil
ta’lim-tarbiya olganlaridan keyin o‘qishni ommaviy maktabning
tegishli sinfida davom ettirishi mumkin;
ruhiy rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar-
bular maktabni bitirguniga qadar maxsus sharoitda o‘qitilishi kerak.
Bunday bolalar maktab dasturini sog‘lom tengdoshlari qatori o‘zlash-
tira olmaydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni ommaviy mak-
tabda hamma qatori o‘qitish ta’lim jarayoniga ham salbiy ta’sir ko‘r-
satadi, ya’ni o‘rtacha o‘quvchining saviyasini orqaga tortadi, yaxshi
va a’lo o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni yetarli darajada o‘stirishga
to‘sqinlik qiladi.
Dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtira olmaganligi tufayli
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar doim muvaffaqiyatsizliklarga
uchrayveradi, bu narsa ularning xulq-atvorida aksariyat turli salbiy
xislatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Olimlardan K.S.Lebedinskaya, G.P.Berton, E.M.Dunayeva va
boshqalar ruhan sust rivojlanganlikni klinik-psixologik jihatdan
quyidagi xillarga bo‘lishni tavsiya etadilar:
1) konstitutsional;
2) somatogen;
3) psixogen;
4) serebral shakli.
Ruhan sust rivojlanganlikning konstitutsional shaklini xarakter-
lovchi belgilarga quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi sog‘lom
tengdoshlarinikiga nisbatan 1 – 2 yosh kichik ko‘rinadi. U o‘zini
bog‘cha yoshidagilarga o‘xshab tutadi va ta’lim olish uchun hali
«yetilmagan» bo‘ladi. Bunday bola o‘quv faoliyatiga yaxshi kirishib
ketmaydi, chunki unda o‘qishga qiziqish yo‘q, ish qobiliyati past.
45
Mas’uliyatsizlik, motivlarning sustligi, ruhiy jarayonlardan analiz,
sintez qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi tufayli o‘qish va
yozishni, matematikani katta qiyinchiliklar bilan o‘zlashtiradi. Dars
vaqtida tez charchab qolish hollari, bosh og‘rib turishi konstitutsion
shakldagi bunday bolada ish qobiliyati, faollik yanada pasayib
ketishiga sabab bo‘ladi.
Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining homiladorligi
davrida qalqonsimon bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak qon-
tomir kasalliklari sabab bo‘lishi mumkin.
Ilk yoshda har xil surunkali kasalliklar bilan tez-tez kasallanib
turishi natijasida bola yaxshi o‘sib-unmay qolishi mumkin, bu esa o‘z
navbatida ruhiy jihatdan rivojlanishida orqada qolishga, kechikishga
olib keladi, sust rivojlanganlikning somatik shakli deb shunga ayti-
ladi. Bolada surunkali infeksiyalar, allergik holat tug‘ma porok va
shu kabi kasalliklar, ayniqsa tez uchrab turadi. Ruhiy rivojlanishning
somatogen sabablarga aloqador sustligi bolada asteniya holatini
vujudga keltiradi. Ayrim bolalarda somatogen infantilizm kuzatiladi,
ya’ni bola o‘sib-unmagan, go‘dak taxlit bo‘lib qolaveradi. Bunda
bola psixikasida nevrozga o‘xshash holatlardan o‘z kuchiga ishon-
maslik, qo‘rqoqlik, injiqlik, erkalik, qiziqishning pastligi va bosh-
qalar kuzatiladi.
Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida bola erta
yoshligidan noqulay, noto‘g‘ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tar-
biyaning salbiy tomonlari ruhan rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan
bo‘ladi. Shu xildagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini 3
guruhga bo‘lish mumkin:
Bola tarbiyasi bilan mutlaqo shug‘ullanmaslik, uni butunlay o‘z
holiga tashlab qo‘yish, bunda bolalarda burch va mas’uliyat hissi
shakllanmaydi. Aql-idrokning rivojlanishi, qiziqishlari, bilish fao-
46
liyati, his-tuyg‘u va iroda ustiga o‘quv fanlarini o‘zlashtirish uchun
zarur bilim va taassurotlarning yetishmasligi ham qo‘shiladi.
Bolani har tomonlama erkalatish, yetarli mustaqil faoliyatga
o‘rgatmaslik, tashabbuskorlik, mas’uliyat hissini shakllantirmaslik
bolani «oila erkasi» qilib o‘stirish, haddan tashqari uning ko‘ngliga
qarab ish tutish natijasida ham bola ruhiy rivojlanishida bir qadar
orqada qolishi mumkin.
Bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish, jismoniy jazolash,
qattiqqo‘llik qilish, ota-onalarning alkogolizmga aloqador tajovuz-
korona munosabatlari bolani mudom asabiylashtirib, ruhan rivojla-
nishdan orqada qolishiga sabab bo‘ladi. Bunday bolalarda qo‘pollik,
jur’atsizlik, tashabbussizlik, mustaqilsizlik, qo‘rqoqlik va boshqa
xislatlar shakllanadi. Bularning hammasi aql-idrokiga, bilish faoliya-
tiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida aql-idrok,
bilish faoliyatiga aloqador kamchiliklarga aksari noto‘g‘ri tarbiya
natijasida paydo bo‘lgan xislatlar ham qo‘shilib pirovard natijasida
shaxsning rivojlanishi izdan chiqadi, unda patologik xislatlar yuzaga
keladi. Ana shunday bolalarni pedagogik qarovsiz bolalardan ajrata
olish lozim. Pedagogik qarovsiz bolalarning psixikasi normal bo‘lib,
ular noto‘g‘ri tarbiyalanganligi natijasida ulgurmovchi o‘quvchilar
qatoriga o‘tib qoladilar. Holbuki, ruhan sust rivojlangan bolalarda
shaxsiyatning har tomonlama noto‘g‘ri rivojlanishi markaziy asab
sistemasidagi yengil darajadagi organik jarohatlanish bilan bog‘liq.
Ruhan sust rivojlanganlikning eng murakkab va keng tarqalgan
psixogen shaklida bosh miyaning kasalligiga, yaxshi yetilmaganiga
aloqador o‘zgarishlar kuzatiladi. Olimlarimizning bergan ma’lumot-
lariga ko‘ra bunday bolalarning 50 foizida asab sistemasida organik
nuqsonlar bo‘ladi. Bu narsa ularning his-tuyg‘u, irodaviy holatlari
taraqqiy etmaganligiga, asosan organik infantilizm tarzida namoyon
47
bo‘ladi. Miyaga aloqador organik infantilizmni ikkiga bo‘lish
mumkin:
Kayf-u ruhiyati o‘zgarib, aksari, ko‘tarinki ruhda bolalar, ularda
o‘zlaridan yosh bolalarga xos xislatlar saqlangan bo‘ladi.
Ko‘proq kayfiyati past bo‘lib ma’yus tortib yuradigan bolalar,
ularda vazifani mustaqil hal qila olmaslik, tashabbus ko‘rsata
olmaslik, qo‘rqish holatlari ko‘riladi.
Miyaga aloqador organik xarakterdagi yana shu ikki xil
infantilizm ko‘p holatlarda qator qo‘shimcha hodisalar bilan birga
davom etadi. Bularga quyidagilar kiradi:
serebral-endokrin infantilizm. Bunda asosan ichki sekretsiya
bezlari faoliyati buzilgan bo‘ladi. Natijada bolalarda his-tuyg‘ular
yaxshi rivojlanmay nevropatiya holatlari yuzaga keladi. Bolaning
uyqusi, ishtahasi yaxshi bo‘lmaydi, dispepsiya holatlariga moyillik
paydo bo‘ladi;
serebrastenik holatlar, bular ham tez-tez uchrab turadi. Marka-
ziy asab sistemasi tez charchaydi, neyrodinamik o‘zgarishlar
kuzatiladi. Natijada aqliy qobiliyati susayib, xotira pasayadi, diqqati
tarqoq bo‘lib qoladi, tez ta’sirlanish, qiz bolalarda yig‘loqilik, o‘g‘il
bolalarda haddan tashqari qo‘zg‘aluvchanlik kuzatiladi, bola ish
qobiliyati past, arzimagan narsaga tez charchaydigan bo‘lib qoladi;
tabiatan nevrozga yaqin holatlar, bular qorong‘udan, yakkalik-
dan qo‘rqish, o‘zi va atrofdagilar sog‘lig‘i uchun xavfsirash, giper-
kinezlar, duduqlanish, enurez kabi hodisalar bilan birga ifodalanadi;
psixomotor qo‘zg‘aluvchanlik asosan o‘g‘il bolalarda ko‘proq
uchraydi. Serharakatlilik, diqqatning tarqoqligi, tez chalg‘ish bunga
xarakterlidir;
affektiv o‘zgarishlar – kayf-u ruhiyatning aytarli sababsiz aynib
turishi, tajovuzkorlik qilishga moyil bo‘lish bilan xarakterlanadi;
48
psixopatik o‘zgarishlar-aqliy faoliyatga rag‘bat pastligi, o‘qish-
ga salbiy munosabatda bo‘lish, o‘g‘rilik qilish (kleptomaniya),
ko‘proq yolg‘on gapirish kabi salbiy xislatlarni o‘z ichiga oladi;
epileptik buzilishlar-har xil ko‘rinishlarda tutqanoq tutib turishi
bilan namoyon bo‘ladi;
apatik-adinamik buzilishlar-tashabbuskorlik pasayishi, aqliy
faoliyat sustligi, haddan tashqari emotsional bo‘shanglik bilan
xarakterlanadi.
Ruhiy sust rivojlanishning serebral shakli miya shikastlari,
meningit, meningoensefalit, gidrotsefaliya va boshqa kasalliklar
natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning o‘qishi pasayib
ketadi, biroq bu holat o‘z vaqtida va to‘g‘ri aniqlansa, bolalarga
tegishli yordam tashkil etilsa, ular ommaviy maktab dasturini
o‘zlashtira oladilar.
Ruhan rivojlanish kamchiliklarining ba’zi bir shakllarida bola-
larni vaqt-vaqti bilan maxsus psixonevrologik sanatoriyalarda davo-
lash foydalidir. Sanatoriyada bola kollektiv ishiga asta-sekinlik bilan
jalb etiladi. Unda charchash alomatlari paydo bo‘lganda, u o‘quv
mashg‘ulotlaridan vaqtincha ozod etiladi yoki unga soddaroq boshqa
vazifalar beriladi. Sanatoriyada davolanib kelgandan so‘ng bola
o‘qishni o‘z maktabida davom ettiraveradi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun mamlakatimizda
maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari-internatlari kuni uzayti-
rilgan maktablarda tenglashtirish sinflari tashkil etilgan. Ushbu
masalalarda ta’lim umumta’lim oddiy bog‘cha yoki maktab dasturi
va darsliklari asosida olib boriladi, himoyalaydigan muloyim
davolovchi maxsus tartib tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaviy ishlar
bolalarning fikrlash qobiliyati, diqqati, ish qobiliyati, xotirasi, nutqi
va tafakkuridagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib,
49
bunday bolaga bilim berishda o‘qituvchi uning o‘ziga xos individual
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda maxsus sharoitda, maxsus
usullar bilan ishlaydi, tegishli yordam tashkil etadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi bolalar va o‘smirlar
gigiyenasi instituti xodimlari, jumladan N.P.Vayzman va boshqa
olimlarning o‘tkazgan ilmiy tekshirishlari shuni ko‘rsatadiki, ruhiy
rivojlanishi sustlashgan bolalar o‘zlashtirish jihatidan olganda
sog‘lom va yengil darajadagi aqli zaif bolalar o‘rtasida oraliq o‘rinda
turadi. Bu olimlar tekshirish vaqtida yengil darajadagi aqli zaif va
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarga bir xildagi topshiriqlarni
berib ko‘radilar, shunda normal sog‘lom bolalar berilgan vazifani
to‘g‘ri tushunib, uni kerakli tartibda bajargan bo‘lsalar, yengil
darajadagi aqli zaif bolalar vazifani tushunmay, bajara olmaydilar,
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar esa xuddi shunday vazifani
qisman tushunib, qisman bajarishadi. Demak, ruhiy rivojlanishi
sustlashgan bolalar aqli zaif, yengil darajadagi aqli zaif bolalarga
nisbatan ancha yaxshi tushunadi va bularni bajarish uchun ularda
kerakli imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan
bolalarning o‘zlashtirish qobiliyati sog‘lom tengqurlariga nisbatan
past bo‘lsa-da, yengil darajadagi aqli zaif bolalarnikidan ancha durust
bo‘lganligi uchun bunday bolalarni yordamchi maktabga yuborish
noto‘g‘ri, chunki ushbu maktab dasturi ular uchun soddalik qiladi.
Ommaviy maktab esa bola uchun zarur bo‘lgan sharoitni yaratib
(maxsus sinf-tenglashtiruvchi sinf ochib) o‘z dasturini o‘zlashtiri-
shini ta’minlash uchun maxsus yordam ko‘rsatishi lozim.
Bog‘cha tarbiyachilari va boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning maxsus sharoitda ta’lim-
tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak, ularni o‘z vaqtida
aniqlab, boshqa bolalardan ajratib olib, ota-onalarga mutaxassis
psixonevrologlarga murojaat qilishga maslahat berishlari lozim.
50
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan inkluziv sharoit me’yor-
da rivojlangan, sog‘lom tengdoshlari orasida yoki maxsus muassasa-
larda davolab, himoya etish va ruhiy faoliyatni rostlashni ko‘zlab
alohida ta’lim-tarbiya ishlari olib boriladi.
O‘z vaqtida va to‘g‘ri tashkil etilgan yordam tufayli ushbu
toifadagi alohida yordamga muhtoj bolalar keyinchalik yaxshi
rivojlanib ketib, maktabni bitirgach, oliy o‘quv yurtlarida ham
muvaffaqiyatli ta’lim oladilar.
|