N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/85
Sana28.09.2024
Hajmi3,4 Mb.
#272809
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85
Bog'liq
Inklyuziv ta`lim

AUTIZM SINDROMLI BOLALAR 
Autizm (grek tilida autos – o‘zi) – bu atama 40 yil oldin kirib 
kelgan, munozarali, lekin bazilaming bahslashib kelishicha, shaxsga 
(odatda bolaga) «autistlik» deb tashxis qo‘yish mumkin. Bu xasta-
likning asosiy belgisi – bolaning muloqot qilishdagi qiyinchiligi
boshqa odamlar bilan aloqa qilishdan o‘zini tortib, go‘yo o‘zining 
olamida yashayotgandek tuyuladi. Ba’zi autistik cheklanishlari 
bo‘lgan odamlar bitta ma’lum sohaga (masalan, rassomchilik) 
qaratilgan ajoyib qobiliyatlarini namoyon etadilar va boshqalari esa 
me’yoriy «normal» holatga tushib qoladilar. Shunga qaramay, butun 
olamda bu xastalikka haligacha davo topilgani yo‘q. Autizm asab 
sistemasining kasalliklaridan biridir. Ushbu nuqson bolalarda turlicha 
namoyon bo‘ladi. Ayrim olimlar fikricha, autizm ruhiy kasalliklar-
ning belgilaridan biri bo‘lib, bunda bola tevarak-atrofga nisbatan 
befarq, beparvo bo‘ladi. Natijada atrofdagilar bilan aloqada bo‘l-
maydi, muloqot qilmaydi. Bola o‘z-o‘zi bilan bo‘lib, o‘zicha haya-
jonlanib, kuyinib, nimalardandir tashvishlanib o‘z ichki dunyosida 
yashaydi. Ba’zi bolalarda emotsional qiyinchiliklar mavjud bo‘ladi. 
Ular tushkunlikka tushishlari yoki bezovta bo‘lishlari mumkin; yoki 
ularning xulq-atvori g‘ayritabiiy bo‘ladi, buni noo‘rin yig‘lashlar 
yoki kulishlaridan bilish mumkin. Ular haddan tashqari harakatchan 
bo‘lib, ish vaqtining o‘zida biror narsaga e’tiborini bir zumgina 
qaratib, yana boshqa narsa bilan chalg‘ib ketishlari mumkin, yoki ular 
befarq, yoki parishonxotir bo‘lishlari mumkin. Emotsional tushkun-
liklar yaqin orada bo‘lib o‘tgan jarohatlar, xafagarchilik yoki uzoq 
vaqt ongli ish bilan shug‘ullanish natijasida yuzaga kelishi mumkin. 


63
Autizm atamasi birinchi bor shveysar psixiatri Eygen Bleyler 
tomonidan 1910-yilda shizofreniya kasalligining belgilaridan biri 
sifatida ishlatildi. Autizm holati shizofreniya kabi ruhiy kasallikda 
ko‘proq namoyon bo‘ladi. Bola vaqtni sezmaydi, hozirda ro‘y 
berayotgan voqea-hodisalarni o‘tgan yoki kelasi zamon bilan almas-
htiradi, real voqea-hodisalarni fantastik mavhum voqea-hodisalar 
bilan aralashtirib yuboradi. Autizm holatida bola faoliyati sustlashadi 
yoki keraksiz, noaniq faoliyat bilan shug‘ullanadi. Bolaning xulq-
atvori buziladi, o‘yin faoliyati, qiziqishi sustlasha-di, ma’yus holatda 
yuradi, kattalar va tengdoshlari bilan aloqada bo‘lmaydi, hech kim 
bilan gaplashishni istamaydi, ba’zilarda indamaslik (mutizm holati) 
kuzatiladi. 
1943-yilda ingliz psixiatri Leo Kenner davolash amaliyotida 11 
bolaning xulq-atvori, yurish-turishida o‘xshash belgilarni kuzatib, 
«ilk yoshdagi bolalar autizmi» atamasini kiritdi. U kuzatgan barcha 
bolalardagi belgilar hozirgi kunda ham autizmning asosiy belgilari 
sifatida o‘rganilmoqda. Shunga qaramay, ko‘p yillar mobaynida 
bolalar autizmi aqli zaiflik, shizofreniya kabi va boshqa ruhiy 
kasalliklarning belgilari sifatida o‘rganilgan edi. Faqatgina 1981-
yildan boshlab bolalar autizmi mustaqil nuqson sifatida qabul etildi. 
Hozirgi kunda bolalar autizmi bosh miyaning rivojlanishidagi kam-
chiliklardan kelib chiqadigan mustaqil nuqson sifatida o‘rganilmoq-
da. Biroq bosh miyaning rivojlanishidagi nuqsonlarning kelib chiqish 
sabablari hali ham noaniq. Ayrim olimlarning fikriga ko‘ra, bolalar 
autizmi irsiy kasallik bo‘lib hisoblansa, boshqalari esa autizm holati 
aqli zaiflikdan kelib chiqqanligini ta’kidlaydilar. 
Amerikada 1996 – 2007-yillarda bolalar autizmi mustaqil nuq-
son sifatida ancha ko‘p miqdorda hisobga olindi. Bolalarga – «sababi 
noaniq bo‘lgan rivojlanishning og‘ir buzilishi» diagnozi qo‘yilgan. 
Diagnozni o‘rganishda ko‘proq bolaning xulq-atvoriga e’tibor berila-


64
di. Autizmning birinchi belgilari bir yoshda paydo bo‘ladi. Odatda 
sog‘lom bola ilk yoshidan boshlab tevarak-atrofga qiziqish bilan qa-
raydi. To‘rt oylik bolaga shiqildoq qo‘liga tutilsa u xursand bo‘ladi, 
onasini ko‘rsa talpinadi va h.k. Bola autizmida esa go‘dak atrofdagi-
larga e’tibor bermaydi, hech narsaga qiziqmaydi, yangi buyumlarni 
o‘rganishni istamaydi, kattalarga ham talpinmaydi. Bunday bolalar-
ning ijtimoiy moslashuvi va muloqotida turli muammolar paydo 
bo‘ladi. 
Autizmning asosiy belgilari bir yoshdan to uch yoshgacha davr-
da to‘liq namoyon bo‘ladi. Ota-onalar quyidagi belgilarga e’tiborli 
bo‘lishlari kerak: 

bolaning ota-onasi bilan bo‘lishini yoqtirmaslik (qo‘liga olishi, 
quchoqlashishi, o‘pishi, silashi va h.k.); 

uch yashar bola nutqining rivojlanmaganligi; 

biron-bir kishi bilan bo‘lishdan ko‘ra bir o‘zi bo‘lishini yoqti-
rishi; ular buyumlarni doim bir xil tartibda qo‘yib chiqadilar; 

tevarak-atrof bilan aloqada bo‘lishni istamasligi, qiziqmaslik. 
Odatda, bola nutqi hali rivojlanmagan bo‘lsa ham, u o‘z istak-
xohishlarini imo-ishora, harakat bilan bildiradi. Bola autizmida 
esa bu kuzatilmaydi; 

bola ko‘zingizga qaramaydi; 

bolaning harakatlari, imo-ishoralari hech narsani bildirmaydi
asabiylashganini ko‘rsatadi; 

bola bir tonda, ifodasiz, xuddi bir yod olgan matnni ifodala-
yotganidek gapiradi. Bola o‘zi yaxshi gapira olmasa ham, uning 
aks-sado nutqi, ya’ni exolaliya-kimnidir ketidan qaytarish 
qobiliyati yaxshi bo‘ladi; 

odatdan tashqari idrok etish reaksiyalari (ovozga, hid, ta’m, 
ushlab ko‘rishlarga), masalan, ovozdan qattiq qo‘rqib tushishi, 
ma’lum hiddan tushkunlikka tushishi va h.k. 


65
Autizm bolada har xil darajada namoyon bo‘lishi mumkin. 
Maktabga yangi kelgan bolalarda autizmga o‘xshash belgilar paydo 
bo‘lishi mumkin, chunki bola yangi muhit, yangi sharoitga, yangi 
odamlarga hali o‘rganmagan bo‘ladi. Og‘ir darajadagi autizmda aqli 
zaiflik belgilari kuzatiladi. 
Autizmning yengil holatida tarbiyachi bolaning kun tartibini 
to‘g‘ri tashkil etishi muhim. Bolaning faoliyatini uyg‘unlashtirish, 
guruhdagi bolalar bilan yaqinlashtirish, psixoterapevtik tushuntirish 
ishlarini izchillik bilan olib borishi maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi 
ota-onalar bilan tushuntirish ishlarini o‘tkazishi zarur. Bolaga haddan 
tashqari ko‘p e’tibor bermaslik. Bola oilada o‘zini hamma qatori his 
etishini ta’minlash. Bolaga qo‘lidan keladigan ishlarni buyurish va 
bajargan ishini maqtab qo‘yish, bolani qo‘llab-quvvatlash. Maktab-
gacha ta’lim muassasasi xodimlari bola uchun qulay sharoit yaratib 
berib, unga yaxshi muomalada bo‘lgan holda uning ijtimoiy 
moslashuvini amalga oshirishga yordam berishlari lozim. 
Autizmning og‘ir holatlarida bola shifokor nazoratida dori-
darmonlar bilan davolanishi maqsadga muvofiqdir. 

Download 3,4 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish