• Inklyuziv ta’lim muammolari
  • Insonparvarlik nuqtai-nazaridan




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/85
    Sana28.09.2024
    Hajmi3,4 Mb.
    #272809
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85
    Bog'liq
    Inklyuziv ta`lim

    Insonparvarlik nuqtai-nazaridan 
    imkoniyati cheklangan bolalarni 
    nomlash
    Tushunchaning izoxi
    Imkoniyati cheklangan bola 
    Umumiy tushuncha bo‘lib, barcha turdagi 
    imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan 
    ishlatiladi. 
    Maxsus yordamga muhtoj bola 
    Umumiy tushuncha bo‘lib, barcha turdagi 
    imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan 
    ishlatiladi. 


    68
    Imkoniyati cheklangan bola ham barcha bolalardek bola hisob-
    lanadi va u tan olinishi, hurmatga sazovor bo‘lishga haqli, shuning 
    uchun ularni nuqsoni bilan atalishi pomaqbul holat hisoblanadi. 
    Inklyuziv ta’lim muammolari 
    Ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta’limni joriy etish davlat nor-
    mativ hujjatlarmda qayd qilinmaganligi; 

    Nogiron bolalarga nisbatan salbiy munosabat; 

    Imkoniyati cheklangan bolalarning jamoalarda ko‘rinmaslik 
    muammosi; 

    Imkoniyati cheklangan bolalarning maktabda ko‘rinmaslik 
    muammosi; 

    Moddiy mablag‘ yetishmasligi muammolari; 

    Ta’lim muassasalarini inklyuziv ta’limga moslashtirish 
    muammolari; 

    Sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi; 

    Kambag‘allik; 

    Jinsiy tafovutlarga qarab kamsitish; 

    Imkoniyati cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi; 

    Favqulodda vaziyatlar, mojarolar, qochoqlar muammolari; 

    Kadrlar masalasidagi muammolar. 
    Maxsus ehtiyojli bola 
    Umumiy tushuncha bo‘lib, barcha turdagi im-
    koniyati cheklangan bolalarga nisbatan ishla-
    tiladi 
    Aqliy rivojlanishida muammosi 
    bo‘lgan bola 
    Bosh miyaning organik jaroxatlanishi natija-
    sida aqliy rivojlanishi turgun buzilgan bolalar 
    Ko‘rishda muammosi bo‘lgan bola
     
    Ko‘rish tsobiliyati, ko‘rish utkirligi qisman 
    buzilgan yoki keskin pasaygan ko‘zi ojiz yoki 
    zaif ko‘ruvchi bolalar 
    Harakatlanishida muammosi bo‘l-
    gan bola 
    Tayanch-harakat a’zolari faoliyatida buzilish-
    lar bor bo‘lgan bolalar 
    Eshitishida muammosi bo‘lgan bola Eshitish qobiliyati qisman yoki keskin 
    pasaygan, zaif eshituvchi hamda kar bolalar 


    69

    Darhaqiqat, bu ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish 
    oson kechmaydi. Ammo bu ta’lim tizimining foydali jihati 
    juda ko‘p. Ular sirasiga quyidagilar kiradi: 

    Inklyuziv ta’lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon 
    beradi; 

    Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi; 

    Kamsitishlarning oldini oladi; 

    Inklyuziv ta’lim yanada inklyuzivlikka olib keladi.
    Inklyuziv ta’limning qoidalari: 

    Insonning qadr-qimmati uning qobiliyati va yutug‘iga bog‘-
    liq emas. 

    Har bir inson o‘ylash va his qilish qobiliyatiga ega. 

    Har bir kishi eshitish va muloqot qilish qobiliyatiga ega. 

    Har bir kishi bir-biriga muhtoj. 

    Shaxsning to‘liq va xaqiqiy ta’lim olishi faqat real ham-
    korlikda amalga oshadi. 

    Hamma kishilar o‘z tengdoshlarining qo‘llab-quvvatlashiga 
    muhtoj. 

    Hamma ta’lim oluvchilarning yutuqqa erishishiga ularning 
    nimadir qila olmasligi emas, balki nimanidir qila olishi 
    sabab bo‘ladi. 

    Hamkorlik qilish kishi hayotini har tomonlama kuchayti-
    radi. 

    Inklyuziv ta’lim tizimi quyidagi ta’lim muassasalarini o‘z 
    ichiga oladi: maktabgacha ta’lim, o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus 
    kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim. Bu ta’lim muassasalari-
    ning maqsadi bolalarning ta’lim olishi va kasb-hunarga 
    tayyorlashda ularning o‘rtasidagi to‘siqni bartaraf etib ochiq 
    ta’lim muhitini yaratishdan iborat. 


    70
    Umumta’lim maktablarida alohida dastur va darsliklardan foyda-
    lanish imkoniyati bo‘lmaydi. Inklyuziv ta’lim tizimi integratsiya-
    lashgan ta’lim tizimidan o‘zining mazmun-mohiyati, maqsadi, vazi-
    falari va harakat dasturi bilan farqlanadi. 

    Download 3,4 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish