80
ularning sogʻliklari haqida oʻrganilib, 1-sinfga inklyuziv sinf tarzda
oʻtkazilishi mumkin boʻlgan bolalarni inklyuziv sinfga tayyorlash,
qolganlarini esa maxsus maktab internatlarga
joylashtirish ishlari
amalga oshirilgan. Ana endi har bir shaxsda savol paydo boʻladi,
“Nima sababdan shuncha bola e’tibordan chetda qolib ketgan?”.
Vaholanki, SSSR davrida ham, mustaqillik davrida ham “Majburiy
ta’lim” degan qonun mavjud boʻlgan. Ta’lim toʻgʻrisidagi qonunda
“7 yoshdan boshlab barcha bolalar ta’limga qamrab olish kerak”
degan qonun mavjud boʻlgan. Lekin uni amalga oshirish boʻyicha ish
juda izchillik bilan olib borilmagan. Natijada bu bolalar maktab bilan
qamrab olinmaganligini birinchi sababi: ota-ona bolasini nogiron-
ligidan
andisha qilib, nomus qilib bolalarini berkitgan. Ikkinchidan
nogiron boʻlsa, albatta, internatda ta’lim olishi kerak degan qonun bor
edi. «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli ilmiy,
masofaviy, onlayn konferensiya Sogʻlom bolalar orasida ular ta’lim
ololmaydi degan tushuncha mavjud boʻlgan. Ota-onalar boʻlsa
bagʻridan bolasini chiqargisi kelmagan, ya’ni internatdan chiqargisi
kelmagan. Natijada bolalarning yoshi 9 – 10 yoshda boʻlsalar ham
ularning savodi boʻlmagan. Fayziyeva Ubayda Yunusovna va ular-
ning hamkasblari inklyuziv ta’limga muhtoj bolalarni hammasini
aniqlab, hamma viloyatlarda ularni inklyuziv ta’limga
jalb qilish
borasida ish olib borganlar. Ota-onasi rozi boʻlgan bolalar internat-
larga jaylangan. Jami 800 ta bolalar internatga jalb qilingan boʻlsa,
shundan 300 dan ortigʻi inklyuziv ta’limga jalb etildi. Ularning
maktablarga joylashtirish borasida mutaxasislar maktab sharoitlari,
imkoniyatlarni hammasini oʻrganib chiqib, talabga javob beradigan
maktablarga bolalar joylashtirildi. Bu
borada bolalar ham tibbiy
tekshiruvlar, psixologlar bilan birgalikda ularning psixologik nuqtai
nazardan ularni oʻrganib chiqib, agar maktablarga joylashtirilsa oʻz
tengqurlari bilan bir qatorda oʻzlashtirib olish va ma’lumotlarni qabul
81
qilish doirasiga qarab maktablarga joylashtirilgan. Bolalarnng ota-
onalari ham 1 oylik maxsus kurslarda oʻqitilgan, bunga sabab
bolalarning ota-onalari ham tushinishsin, ijtimoiy yordamga muhtoj
bolalar ham sogʻlom bolalarga oʻxshab
teng huquqli ekanliklari
haqida. “Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya”ni har bir maktabda,
butun maktab oʻquvchilarini bir joyga toʻplagan holda, munozaralar
uyushtirilgan maktab oʻquvchilari ham hamma teng huquqli
ekanligini tushuntirishda keng koʻlamli ishlar olib borilgan, bundan
tashqari maktab oʻqituvchilarga ham seminarlar tashkil etilgan. Mana
shu ikki yil mobaynida juda ham kerakli boʻlgan ishlar olib borilgan.
Har bir viloyatdan oʻzining trenerlar mavjud boʻlgan, ular bilan
maktab bilan ishlaydigan ma’sul shaxs boʻlgan. 1-sentabrgacha mana
shunday keng koʻlamli
ishlarni qilib, 1-sentabrda oʻquvchilarni
maktabga olib chiqilgan. Ilmiy rahbarlar ham buday boʻlishlarini
kutishmagan edilar. Maktab oʻquvchilari ularni mehrli koʻzlar bilan
kutib olib, ulardan oʻz yordamlarini ayamadilar. Fayziyeva Ubayda
Yunusovna ham mutaxasis sifatida “Nogiron bolalar internatda tahsil
olishi maqulroq” degan tushunchada boʻlgan ekanlar va koʻpgina
bolalarni internatga joylashtirishga uringan ekanlar. Lekin inklyuziv
ta’limga olib chiqib bu qanday natija berishini kutish ham bu ularning
oldiga qoʻyilgan katta vazifalardan biri deb hisoblagan ekanlar, natija
a’lo darajada ekanligidan ma’mnun boʻlib ana oʻshada olingan
sur’atlarni ham hozirgacha salab qolgan ekanliklarini ta’kidlab
oʻtdilar. 2006-yili inklyuziv sinflarda natijalar qanday boʻlayotgani
bilish maqsadida oʻrganishlar olib borildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki,
eshitmaydigan bola ham sogʻlom bolalar qatorida ular bilan birga
oʻqib, gapiradigan darajaga kelganligi koʻringan. UNICEF tomonida
har bir zaif eshituvchi bolaga implant oʻrnatilgan.
Bu yutuqlarni
bolalardagi oʻzgarishlarni koʻrgan ota-onalar ham bolalarini «Zamo-
naviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli ilmiy, masofaviy,
82
onlayn konferensiya internatga bermasdan, ommaviy maktablarga
chiqarib oʻqitgan. Maktabni bitirgan
bolalar yuqori lavozimlarda
ishlaydigan darajada boʻlib bitirgan.
Inklyuziv ta’limga jalb etishda quydagi bosqichlar amalga
oshirildi