• II BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI O‘QITISH BO‘YICHA PEDAGOGIK JARAYONI 2.1. IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI
  • N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/85
    Sana28.09.2024
    Hajmi3,4 Mb.
    #272809
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85
    Bog'liq
    Inklyuziv ta`lim

    4) Intergatsiya bosqichi.
    Bu bosqich inklyuziv tarzida o‘qitil-
    gan, reabilitatsiya jarayoni malga oshirilgan nogirn bolalarni ijtimoiy 
    jamiyatga to‘la kiritish bosqichidir. Integratsiya bosqichida nogiron 
    bolalar to‘laligicha ijtimoiy jamiyatga kiritiladi. Ya’ni bu bosqichda 
    nogiron bolalarning ham o‘zlarining teng imkoniyatlari va huquq-
    laridan foydalangan holda kasb va ishlash joyini mustaqil tanlash 
    imkoniyati beriladi.
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
    1.
    Oʻzbekiston Raspublikasida ilk bor eksperiment loyi-
    halar qachon ishlab chiqilgan? 
     
    2.
    Inklyuziv ta’limga jalb etishda qanday bosqichlardan 
    foydalaniladi?
    3.
    Izlab topish va jalb qilish bosqichida qanday ishlar 
    amalga oshiriladi? 
    4.
    Maxsus ehtiyojli bolalar bilan shug’illanish bosqichi-
    da qanday ishlar amalga oshiradi? 


    84
    II BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA IMKONIYATI 
    CHEKLANGAN BOLALARNI O‘QITISH BO‘YICHA 
    PEDAGOGIK JARAYONI 
     
    2.1. IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI 
    INKLYUZIV TA’LIMGA JORIY ETISHDA 
    MAKTABGACHA TA’LIM RAHBARYATI VA 
    PEDAGOGLARNING VAZIFASI 
     
    Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’ti-
    bor qaratilmoqda. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib 
    borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetka-
    zish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari 
    hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning 
    samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga 
    oshirildi. 
    Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yana-
    da takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomon-
    lama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun 
    shart-sharoitlar yaratish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan 
    qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’min-
    lash ko‘zda tutildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 
    29-apreldagi "O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-
    yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmo-
    niga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida 
    ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini 
    takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifa-
    tini yaxshilash maqsadida 2020 – 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida 
    inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. 


    85
    Bu konsepsiyada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga 
    ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha quyi-
    dagi vazifalar belgilandi: 
    • alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim 
    muassasalari binolariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va 
    tasdiqlash; 
    • alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim 
    muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasb-
    larga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan 
    chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
    • alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun 
    inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini 
    maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va bosh-
    qalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-
    pedagogik kuzatish bo‘yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash; 
    • alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning moslashishi va 
    integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus 
    jihozlar bilan ta’minlash va boshqalar. 
    Inklyuziv ta’lim bu o‘zi nima? INKLYUZIV – (inklyuziya – 
    inglizcha [inclusion] – uyg‘unlashish) Hamkorlikdagi ta’lim bo‘lib, 
    butun dunyo hamjamiyati tomonidan eng samarali, eng insonparvar 
    ta’lim sifatida tan olingan. Imkoniyati cheklangan bolalarni maktab-
    gacha ta’lim tashkilotlariga sog‘lom tengdoshlari bilan birga ta’lim 
    olishidir. Inklyuziv ta’lim pedagog xodimlar va ota-onalar tomonida 
    ta’lim jarayoniga ijodiy yondashuvni o‘zida aks ettiradigan tabiiy 
    jarayon hisoblanadi. 
    Inklyuziv ta’lim rasmiy ta’lim tushunchasidan ancha kengroq. 
    Bu ta’limda ko‘proq o‘qishda, o‘rganishda imkoniyati cheklangan 
    bolalar bilan ishlanadi. Inklyuziv bog‘chada tarbiyachi qanday sifat-
    larga ega bo‘lish kerak? Inklyuziv ta’limda o‘qituvchining kasbiy 


    86
    mahorati bosh omil hisoblanadi. Avvalo, o‘qituvchi inklyuziv taffak-
    kurga ega bo‘lishi va ta’lim sifati ma’suliyatini o‘z zimmasiga olishi 
    shart. Inklyuziv ta’lim berish o‘qituvchilar ishi sifatining asosiy 
    mezonlari – o‘qituvchi o‘quvchilarning turli toifada ekanligiga qara-
    may barcha bolalarning huquqini himoya va hurmat qilishi Yana bir 
    sifat – hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Chunki o‘qituvchilar uchun 
    hamkorlik va o‘zaro fikr almashish muhimdir. O‘qituvchi o‘z 
    faoliyatini tizimli baholab borishi, muntazam malakasini oshirishi, 
    alohida ta’lim ehtiyojlari bor bolalarning intizomli va muassasalararo 
    guruhlar bilan samarali ishlashi uchun liderlik hamda boshqaruv 
    malakalarini qo‘llash, muammolarni birgalikda hal qilish, keng 
    qamroqli maktab hamkorligini yo‘lga qo‘yish kabi xislatlarga ega 
    bo‘lish kerak. 

    Download 3,4 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish