1) Izlab topish va jalb qilish bosqichi. Nogiron odamlarning
hayoti asosan yakkalab qo‘yishlar bilan bog‘liq. Ko‘plab davlatlarda
nogiron odamlarga past nazar bilan qaralib, ular hamjamiyatdan
chetlashtirilmoqda. Buning oqibatida nogiron bolalarning ta’lim olish
imkoniyatlari yanada chegaralanib qolmoqda. Millatning etnopsixo-
logik xususiyatlaridan biri bo‘lmish nogiron farzandini boshqalardan
bekitish hollari esa nogiron bolalar kelajak hayoti uchun juda fojeali
holatdir. Mana shunday salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida
aholi o‘rtasida targ‘ibo-tashviqot ishlarini olib borish lozim. Oilaga,
ya’ni asosan ota-onalarga nogiron bola ham maktab ta’lim-tarbiyasini
olishi shart ekanligini to‘g‘ri tushintirib bera olish kerak. Shunday
usullar bilan ta’limdan chetda qolib ketgan nogiron bolalarni izlab
topish imkoni yaratiladi. Ro‘yxatga olingan bolalar o‘z yaqin
arofidagi umumta’lim maktablariga jalb etiladi.
2) Maxsus ehtiyojli bolalar bilan shug‘illanish bosqichi. Bu
bosqichda umumta’lim muassasalari tizimiga kiritilgan maxsus
ehtiyojli bolalar bilan olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy, korrek-
tsion-rivojlantiruvchi vazifalar rejasi tuzib chiqiladi.
3) Reabilitatsiya bosqichi. Bu bosqichda bolalarning nogiron-
ligi tufayli bajara olmaydigan faoliyatlarini bajarish qobiliyatlari va
ularning imkoniyatlari darajasini kengaytirish ishlari amalga
oshiriladi. Shu sababali bu bosqichda nogiron odamlar nafaqat ta’lim
tarbiya, balki ularning ishlab chiqarish faoliyatlarini oshiruvchi
treninglar ham olib boriladi. Ular “ob’ekt” emas, balki “sub’ekt”
vazifasini o‘taydi. Natijada nogiron bolalarning nima qila olmasligi