87
Ma’lumki, inklyuziv ta’limda maxsus ta’lim ehtiyojidagi bolalar
barcha bolalar bilan birga ma’lum maqsadda turli qobiliyatlarga
muvofiq guruhlashtiriladi. Maxsus ta’lim aqliy,
jismoniy tashqi
ko‘rinishga muvofiq amalga oshirilsa, inklyuziv ta’lim bolaning
qobiliyati va imkoniyatlariga ko‘ra belgilanadi. Maxsus ta’lim o‘qi-
tishning maxsus va alternativ dasturlari orqali o‘qitilsa,
inklyuziv
ta’lim bolaga yo‘naltirilgan va moslashtirilgan, yo‘riqnomali, barcha-
ga mo‘ljallangan o‘quv dasturi asosida o‘qitiladi. Inklyuziv ta’lim-
ning o‘ziga xos muhim jihati shundaki, bolalar va o‘qituvchi bir-
birlaridan o‘rganishadi hamda muammolarni birgalikda xal etishadi.
Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan
qat'i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat.
Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan
bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun
oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda
bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim
tizimi
nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday
maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish
va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, dars-
larga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli
yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.
Maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning ahamiyati
shundaki, imkoniyati cheklangan bolalarni ilk yoshlaridanoq sog‘lom
bolalar qatoriga qo‘shib sifatli ta’lim olishini ta’minlagan holda bola-
da ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va haraktlarini rivojlantirishdir.
Inklyuziv ta’limda imkoniyati cheklangan bolalarga nima
beradi?
- o‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etish imkonini beradi
- mustaqil harakatlanish birgalikda, hamkorlikda ishlash imko-
niyati orqali yuzaga keladi;
88
- dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi;
- o‘qishga bo‘lgan ehtieji va qiziqishlari ortadi;
- O‘zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi;
- Ilgari sezilmagan imkoniyatlari ochiladi;
- Yotsirash, yakkalanish kabi xususi yatlari yo‘qoladi. Inklyuziv
ta’lim sog‘lom bolalar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
- O‘zlariga o‘xshamagan tengdoshlari va ularning hayoti, ehti-
yojlarini his
qiladilar;
- Tengdoshlariga g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi;
- Ularni qo‘llab-quvvatlash, yordam berishga intilish – inson-
parvarlik hissi tarbiyalanadi;
- O‘quvchilarda atrofdagi insonlarga,
imkoniyati cheklangan-
larga pozitiv munosabat, o‘zaro hurmat tarbiyalanadi
- Yoramga muhtoj insonlarga e’tibosizlik qilmaydigan shaxsga
aylanadilar;
- Hozirda mamlakatimizda inklyuziv ta’limga yo‘naltirilgan
maktabgacha ta’lim tashkilotlari kun sayin ko‘payib va takomillashib
bormoqda.