111
shtatli xodimlar ichidan maxsus ta’lim masalalari bo‘yicha kordinator
(SENCO) tayinlanadi. Uning vazifasiga quyidagilar kiradi:
➢
Maktabda maxsus ta’lim jarayonini kundalik boshqarish;
➢
Fan o‘qituvchilari o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlash
va ularga
maslahat berish;
➢
O‘quvchilarni zarur yordam bilan ta’minlashni muvofiqlash-
tirish;
➢
Psixologik va boshqa xizmatlar (tibbiy, ijtimoiy) va tashki-
lotlar (masalan, jamoat uyushmalari) bilan birga tashqi tashkilotlar
bilan aloqalarni amalga oshirish;
➢
Maxsus ta’limga muhtoj bola bilan bevosita ishlash;
➢
O‘quvchilar rivojlanishini monitoring qilish;
➢
Ota-onalar bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlash;
➢
O‘qituvchilar malakasini oshirish.
Maktablar yordam ko‘rsatish xizmatlari tomonidan uzoq mud-
datli yordam olishlar ham mumkin. Ular jo‘natadigan
maslahatchi
o‘qituvchi nafaqat o‘qituvchilarga ta’lim strategiyasi va ta’limning
qo‘shimcha materiallarini tavsiya qilishi, balki o‘quvchilar bilan be-
vosita ishlashi ham mumkin. Butun mamlakat bo‘yicha yordamning
ko‘p turlari «Local Educational Authorities» (LEA) ta’limni boshqa-
rishning mahalliy organlari tomonidan ko‘rsatilishi mumkin. Ular-
ning barisining tarkibida o‘lchamlari, tuzilmasi va maxsus nuqson-
larning turiga ko‘ra tafovutlanadigan maxsus ta’limga muhtoj o‘quv-
chilarga ko‘maklashish xizmatlari mavjud.
Odatda, (LEA) orqali maktablar integratsiyalashgan ta’limni
tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan moliya yordami oladi.
Mazkur
mablag‘lardan qanday foydalanish to‘g‘risidagi qarorni maktabning
o‘zi mustaqil qabul qiladi. O‘ta og‘ir nuqsonlar mavjud bolalarga
yordamni ta’minlash uchun mablag‘lar
davlat byudjetidan markaz-
112
lashtirilgan holda ajratiladi (Qirollikning turli hududlarida bu sum-
malar jiddiy farq qilishi mumkin).