113
bog‘liq ravishda) ta’minlanadi. “Koperativ shakllar” –
maxsus va
oddiy maktablar o‘rtasida o‘quvchilarga birga faoliyat olib borish
imkoniyatini ta’minlovchi yaqin pedogogik hamkorlikdir. “Kopera-
tiv shakllar” integratsiyalashgan ta’limga jalb qilingan o‘quv yurt-
larining barcha bolalari va pedagoglarining o‘quv faoliyati,
butun
maktab hayotini boyitish imkonini beradi. Asosiy vazifasi integra-
tsiyalashgan ta’lim muhitida asosiy o‘qituvchi tomonidan olib bori-
ladigan ishni kuchaytirishdan iborat bo‘lgan maktab fan o‘qituvchi-
lariga yordamga maxsus pedagoglar chaqiriladi. Yordam maxsus
birlashmalar – mintaqaviy yoki “mintaqa usti”
muassasalari, masa-
lan, maxsus pedagogik markazlar (Forderzentren) singari muassasa-
lari tomonidan ta’minlanadi. Bu markazlar ta’limni tashkil etish
masalalarini echishga yordamlashadi, yoshlarning mehnat ta’limi va
kasbgacha tayyorgarligini ta’minlaydi. Bunday yordam mutaxasislar
tomonidan amalga oshiriladi va hududiy jihatdan o‘quvchining turar
joyiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan.
Mustaqil Yerlarda Forderzentren ishi muayyan ravishda farq
qilishi mumkin, ammo ularning faoliyati hamma joylarda o‘quvchi
bilan bevosita birgalikda ishlash doiralaridan chiqadi. Forderzentren
alohida pedagoglar va umuman maktablar bilan hamkorlik qiladi.
Markaz vakillari maxsus va umumta’lim maktablari o‘qituv-
chilariga maslahat beradi, individual o‘quv rejalari tuzish va amalga
oshirish, o‘quv qo‘llanmalari, materiallarini yaratish va h.k. da yor-
damlashadi.
Bir qator Yerlar ish faoliyatida “Ziyon balansi” deb ataladigan
tavsiyalardan foydalanadilar. Ular umumiy dastur bo‘yicha ta’lim
oladigan maxsus ta’limga muhtoj o‘quvchilarga tegishlidir. Gap
dasturni o‘zlashtirishda muammosi bo‘lmagan, biroq biror jismoniy
nuqson bilan bog‘liq qiyinchiliklari mavjud bolalar haqida boryapti.
114
Amalda bu alohida fan, test topshirish usuliga ko‘ra mashg‘u-
lotlardagi
cheklovlarni, vazifani bajarish uchun ko‘proq vaqt yoki
maxsus texnik yordam berish va h.ni bildirishi mumkin. Integriya-
lashgan o‘quvchilarga yordam berishda mahalliy o‘zini-o‘zi bosh-
qarish organlarining o‘quv hokimiyatlari,
resurs markazlari va ijti-
moiy xizmatlar ishtirok etishi mumkin. Maktab va o‘qituvchilar
yanada ko‘proq o‘qitish vao‘qishning yanada moslashuvchan shakl-
lari konsepsiyasiga rozilik bildirdilar.
Maktablar uchun o‘quv dasturi o‘qituvchilarning formal ta’lim
maqsadlariga emas, balki o‘quvchilarning individual rivojlanishi va
maxsus ehtiyojlariga diqqatni qaratishni rag‘batlantirish uchun
yaqqol ravishda o‘qituvchilarga katta erkinliklar berayapti.