N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/85
Sana28.09.2024
Hajmi3,4 Mb.
#272809
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85
Bog'liq
Inklyuziv ta`lim

 
 
Shvetsariya
da nuqsonli bolalarning ko‘pchiligi umumta’lim 
muassasalarida ta’lim-tarbiya olishlari rasm bo‘lgan edi. Sinfda 4 ta 
o‘qituvchi ishlardi, 3 tasi umumta’lim dasturida, qolgan bir o‘qituv-
chi esa maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘qituvchi edi. Haftada bir 
marta bu o‘qituvchilar o‘zaro hamkorlikdagi fakultativ mashg‘ulotlar 
o‘tkazishardi. Shuningdek, maxsus ehtiyojli bola bilan ishlovchi 
mutaxasis o‘qituvchi haftada bir marta har bir o‘qituvchi bilan 
sinfdagi muammolar va masalalar yuzasidan uchrashardi. Bunday 
o‘qitish yo‘llari integratsion guruhlarda o‘qituvchilarning faoliyat 
yuritishini yengillashtirib, sinfdagi o‘quv sifatini oshirardi. 
Shvetsiya. 
Ota-onalar va maktab o‘qituvchilariga Okrug kengashida faoli-
yat yurituvchi Shahar bolalar reabilitatsiyasi markazining maxsus 
pedagogi maslahat beradi. Bola imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 
ular birgalikda individual o‘quv rejasini tuzadilar va maktab o‘qi-
tuvchisi uning bajarilishi uchun mas’ul deb belgilandi. Zaruriyat 
tug‘ilganida sinfga yordamchi pedagog taklif etiladi. Shvetsiya 
maxsus ta’lim agentligi (ShMTA) ham oila va maktablarga maslahat 
berish va yordam ko‘rsatish uchun javobgar; amalda maslahat 
berishni aniq bir bola bilan ishlaydigan maslahatchi amalga oshiradi. 
ShMTA maslahatchisi, masalan, o‘quv materialiga aloqador tavsiya-
lar beradi; shahar hokimiyatiga maxsus ta’limga muhtoj bolalarga 


127
optimal ta’lim berishni tashkil etishda ko‘maklashadi. Zarur bo‘l-
ganda, maktab negizida fan o‘qituvchilari uchun malaka oshirish 
kurslari (sinfga integratsiyalashgan o‘quvchilarning ehtiyojlari va 
xususiyatlarini nazarda tutgan holda) tashkil qilinishi mumkin. 
G.Miron esa quyidagi ma’lumotlarni beradi: 
- 1981 yilda YUNISEFning Shvetsiya hukumatidagi tashkilo-
tida 6 yoshgacha bo‘lgan nuqsonli bolalarni neformal o‘qitish dasturi 
ishlab chiqildi. Ushbu dastur asosida nuqsonli bolalarni ommaviy 
muassasalarda o‘qitish tizimi, bu bolalarni o‘qitishda ota-onalar bilan 
ishlash metodikasi ishlab chiqilib, Nikaraguada ham qo‘llanila 
boshladi.

Download 3,4 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish