119
organlaridan yordamga muhtoj bolalar uchun har qanday yordam
turini so‘rashi mumkin.
O‘qituvchilar sinfdagi ishni tashkil qilish, bilimni baholash va
oila bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlash (axborot, hamkorlik,
birga
ishlash va h.k) uchun mas’ul sanaladilar. Fan o‘qituvchisi jalb qilina-
digan mutaxasislar (logopedlar, maslahatchilar, maxsus pedagoglar,
fizioterapevtlar va h.k.) bilan birgalikda ishlaydi. Umumta’lim mak-
tabi tashqi va ichki yordamni talab etishi mumkin. Birinchisini turli
o‘quv yurtlariga birkitilgan psixolog-pedagogik yordamning mahal-
liy xizmatlari (EOER) berishi mumkin. EOER xodimlari o‘quvchi-
larning psixolog-pedagogik baholanishi uchun mas’uldirlar:
ular o‘qituvchi va maktab o‘qituvilari tarkibiga qanday choralar
ko‘rishni tavsiya etadilar;
maxsus ta’limga muhtoj bolalarni o‘qitish dinamikasini kuzatib
turadilar;
oilalar bilan ishlaydilar.
Ikkinchi turdagi yordam-maktab ichidagi yordam.
Barcha o‘quv yurtlari shtatida ta’limda ko‘maklashadigan kor-
reksion pedagog mavjud. Maxsus ta’limga muhtoj o‘quvchi bosh-
lang‘ich va o‘rta maktabga qachon integratsiyalashgan bo‘lishidan
qat’iy nazar, shu jumladan mavjud nuqson ixtisosligi bo‘yicha
maxsus pedagog misolida u zarur professional yordamni oladi.
O‘qituvchilarga yordam sinf uchun o‘quv dasturini differensiyalash
va qo‘llashda berilishi mumkin. Buning uchun turli professionallar:
o‘qitadigan psixolog, mutaxassis o‘qituvchi, logoped va boshqalar
jalb qilinishi mumkin. Ularning o‘zlari bolaning maktab sharoitlariga
moslashishida yordamlashishi, uning uchun individul ta’lim dasturini
ishlab chiqishi mumkin. Yordam ta’limning foydalaniladigan uslub-
lari va texnikasini tanlash bo‘yicha maslahat berishga qaratilishi ham
mumkin.
120
Italiya
To‘liq ta’lim integratsiyasini kiritib, 04/1992-sonli qonun max-
sus ta’limga muhtoj o‘quvchiga maxsus pedagog tomonidan yordam
ko‘rsatilishini nazarda tutgan edi.
Unda bunday ehtiyojlarning
mavjudligi rasmiy ravishda aniqlangan bo‘lishi lozim (1994 yil 24-
fevraldagi dekret). Maktabgacha muassasalar, boshlang‘ich va o‘rta
maktab shtatida asosiy pedagoglar bilan bir qatorda o‘quv yurti
barcha o‘quvchilarining ta’limi sifati uchun javobgar sanaladilar.
Assistentlar (yordamchi o‘qituvchilari) o‘quvchilar bilan sinfda va
undan
tashqarida, yakka tartibda yoki kichik guruhlarda ishlashi
mumkin.
Asosiy pedagog bilan birga ular har integratsiyalashgan o‘quv-
chi uchun individual o‘quv rejasi tuzadilar,
uni amalga oshirishda
ishtirok etadilar. Mahalliy darajada Viloyat ta’lim departamenti nazo-
rati ostida ishchi guruhlari deb atalmish guruhlar tuziladi. Ularga
maktab inspektorlari,
turli mutaxassislar, nogironlar uyushmalari-
ning vakillari kiradi. Ishchi guruhlarning vazifasi shundan iboratki,
ular integratsiyalashgan ta’limni tashkil qilish bo‘yicha
shahar
maktablarining ishlarini kuzatib boradilar va baholab turadilar hamda
integratsiyalashgan ta’limni tashkil etadilar, maktab ma’muriyati va
pedagoglarga maslahat beradilar. Zaruriyat paydo bo‘lganda, yordam
shahar sog‘liqni saqlash xizmatlarining kuchlari yordamida amalga
oshirilishi mumkin.