121
lashgan o‘quvchiga yordam ko‘rsatadi. Uni maktab fanlar o‘qituv-
chilari sanalmasa ham umumiy pedagogik tayyorgarlikka ega maxsus
pedagoglar, professional terapevtlar,
maxsus instruktorlar, psixotera-
pevtlar, logopedlar tashkil etadi. Yordamchi personalning vakillari
ta’lim va korreksiya (reabilitatsiya) sohasidagi
mutaxassislar sana-
ladi. Qonun mualliflarining fikriga ko‘ra, mas’uliyatning bunday
bo‘lib olinishi amalda yaxshi natijalar beradi. Maktab o‘qituvchisi
bevosita sinfdagi umumiy ish uchun javobgar va integratsiyalashgan
o‘quvchilarning sinfdagi ta’limi uslublari uchun mas’uliyatni bo‘lib
olish muammolaridan xavotirlanmasligi darkor. Unga zarur qo‘shim-
cha axborot (yo‘riqnomalar)ni yordamchi personalning a’zolari be-
rishi kerak. Yordam sinfda yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ul va
bevosita maktab inspektorlari va o‘qituvchilar bilan ish olib boradi-
gan Ambulator reabilitatsion departament tomonidan ko‘rsatiladi.
Niderlandiya
L.Requeraning yozishicha maxsus ehtiyojli bolalar va o‘smir-
larni Niderlandiyada ijtimoiy jamiyatga tayyorlashda ijtimoiy mehnat
tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar, vazirliklar
va hududlardagi ijti-
moiy mehnat reabilitatsiyasi Komitetlari amalga oshirgan (1996 yil).
Integratsiyalashgan o‘quvchilarga yordam ko‘rsatish maxsus
maktablardan keladigan korreksion pedagoglar tomonidan ta’minla-
nadi. Ularning o‘zlari umumta’lim o‘quv yurtlari pedagog va
ma’muriyatiga maslahat beradi. Oddiy
maktablarga chaqiriladigan
maxsus maktablarning pedagoglari integratsiyalashgan o‘quvchilar
uchun o‘quv rejalarini ishlab chiqishda o‘qituvchilarga yordamla-
shadilar hamda biror nuqson mavjud o‘quvchilar bilan yakka tartibda
shug‘ullanadilar. Integratsiyalashgan ta’limni tashkil etishda katta
tajribaga ega bo‘lgan umumta’lim maktabi shtati ham kurator sifatida
jalb qilinishi mumkin. Bunday hollarda yordam individual ta’lim
122
ehtiyojlari xarakteri to‘g‘risida o‘qituvchilarga
axborot berish va
qo‘shimcha o‘quv materiallari berish shaklida amalga oshiriladi.
Umumta’lim maktabi byudjetni oshirish va integratsiyalashgan
o‘quvchilarga bevosita yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’uliyatli
hisoblanadigan “yordamchi o‘qituvchi” shtatini kiritish bo‘yicha
murojaat qilishi mukin. Yordamchi o‘qituvchi vazifalarining baja-
rilishi umumta’lim maktabi o‘qituvchilaridan bittasining zimmasiga
ham yuklatilishi mumkin. Integratsiyalashgan ta’limga talabgorlarni
saralab olish ancha jiddiy. Uni yaxshi natijalar ko‘rsatishga qodir
bolalarni umumiy maktabga ko‘chirishni
tavsiya qiladigan maxsus
maktablar ta’minlaydi.
Integratsiyalashgan ta’limni tashkil etishni yordam ko‘rsatish-
ning vaqt bo‘yicha qonunchilik tomonidan cheklab qo‘yilishi qiyin-
lashtiradi. Jalb qilinuvchi mutaxassislar xizmatlarini byudjet tomo-
nidan kafolatli moliyalashtirish muayyan muddatga mo‘ljallangan.
Masalan, jismoniy nuqsonlari mavjud o‘quvchilarga keluvchi peda-
goglar tomonidan yordam ko‘rsatilishi ikki yil bilan cheklangan. Bu
vaqt o‘tganidan so‘ng maktab mustaqil ravishda integratsiyalashgan
o‘quvchilarga yordam berishni tashkil etish usulini qidirishga majbur.
Shunday qilib, hatto integratsiyalashgan o‘quvchilarga yordam
ko‘rsatishga tegishli byudjet bo‘yicha mablag‘ ajratilganiga qaramas-
dan, muayyan bosqichda umumta’lim o‘quv yurti maxsus ta’limga
muhtoj o‘quvchilarga sifatli yordam ko‘rsatishning moliyaviy muam-
molari bilan to‘qnashadilar. Ommaviy maktab o‘qituvchilarining
biror nuqsoni mavjud bolalar bilan ishlashning xususiyatlari bilan
tanishtiradigan qisqa muddatli kirish
kurslariga qatnashishining
cheklangan imkoniyati muammoning boshqa tomoni sanaladi. Milliy
ma’ruzani tayyorlash paytiga kelib (1999 y.) umumta’lim muassasa-
larining o‘qituvchilari asosan maxsus maktablarning kelib ishlovchi
o‘qituvchilaridan zarur axborot olib turardilar. Integratsiyalashgan
123
o‘quvchilar bilan ishlaydigan o‘qituvchilar malakasini oshirish nuqtai
nazaridan mintaqaviy kurslarni eng samarali deb tan olinadi.
L.Evanspning ma’lumotlari (1995 y.) asosida Niderlandiyaning 28 ta
umumta’lim boshlang‘ich maktablarining tarkibida nuqsonli bolalar
ham o‘qitilgan. Ta’limiy maslahat markazlarida maxsus ehtiyojli
bolalarni umuta’lim sharoitida o‘qitish va tarbiyalash yo‘llari, xusu-
siyatlari hamda bu bolalar haqida bilish va ma’lumotlar
berish
borasida bo‘lim faoliyat yuritgan. Bu bo‘limlarda o‘quv materiallari
va dasturlarini yangilash, integratsion ta’limning yagona g‘oyasini
ishlab chiqish, bu ta’lim tizimidagi muammolarning echimini izlab
topish borasida ish yuritilgan.