N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/85
Sana28.09.2024
Hajmi3,4 Mb.
#272809
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   85
Bog'liq
Inklyuziv ta`lim

Norvegiya 
O‘quvchilarga yordam Ta’lim psixologik xizmatining (TPX) 
o‘quv yurtlari va ota-onalarga maslahat beradigan xodimlari tomo-
nidan ta’minlanadi. Maxsus ta’limning mazmuni, darajasi va tash-
kiliy shakllari muhokama qilinadi. TPX o‘qituvchilarga ularning 
o‘quvchilar bilan kundalik ishlarida maslahat berish bo‘yicha 
mas’uldirlar. EPS xodimlariga maxsus bilimlar etmaydigan hollarda 
ular milliy resurs markazlaridan birortasiga yordam surab murojaat 
qilishi mumkin. Bu markazlar umumta’lim maktablari pedagoglari 
malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli ixtososlashtirilgan 
kurslarni ham tashkil qiladilar. Sinfning barcha o‘quvchilari uchun 
mas’uliyat integratsiyalashgan bolalar bilan ishlashda ko‘maklasha-
digan maxsus mutaxassis birkitilgan o‘qituvchi zimmasiga yuklatil-
gan. Maxsus yordamchi mutaxassis qisman yoki tuliq ish kuniga jalb 
qilinishi mumkin. Uning xizmatlari doirasiga darslarda qitnashish va 
yoki tanaffus paytida o‘quvchilarga jismoniy jihatdan ko‘maklashish 
kirishi mumkin.
 
 


124
Portugaliya 
Integratsiyalashgan bolalarga yordamlashish bevosita sinfda 
maktab o‘qituvchilari tomonidan ta’minlanadi. Aynan uning o‘zi 
o‘quv dasturini yakunlash uchun javobgardir. Sinfda echish uchun 
o‘qituvchi tayyor bo‘lmagan turli muammolari (o‘qishda jiddiy 
qiyinchiliklar, xulq buzilishi va h.) mavjud bir necha o‘quvchi paydo 
bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi bola qanday qiyinchiliklarga duch 
kelayotganini bilmasligi mumkin, differensiyalangan individual 
ta’limni tashkil qilish uchun yetarlicha kasbiy bilimlarga ega bo‘l-
masligi mumkin. Umumta’lim maktablari pedagoglari o‘quvchilar 
uchun individual dasturlar, maxsus ta’limga muhtoj o‘quvchilarni 
o‘qitishning kundalik amaliyotida yordamchi texnik vositalar va 
yangi texnologiyalardan foydalanish malakalarini egallashga muhtoj-
dirlar. 1997 yildagi 105/97-sonli qonun umumta’lim maktablarining 
integratsiyalashgan o‘quvchilar ta’lim berishning sifati uchun javob 
beradilar. Uning qabul qilinishi makatab uchun zarur resurslr 
to‘g‘risida tasavvurlarni o‘zgartirish bilan bog‘liq edi. Tashqaridan 
mutaxassislarni jalb qilish o‘rniga umumt’lim maktablari shtatlarini 
boshqa tarzda butlash lozimligi tan olindi. Kadrlarga oid siyosatning 
o‘zgarishi fan o‘qituvchilariga yanada xilma-xil va tashkiliy yordam 
berishni ta’minlashga, maktab ichida fan o‘qituvilariga ularning ishi 
bo‘yicha maslahat berishni ta’minlashga qaratilgan. Zaruriyatga 
qarab turli maktablarda ishlashi mumkin maxsus pedagoglarning 
asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: o‘quv bo‘limi mudiri va 
umuman maktab, hamda integratsiyalashgan o‘quvchi shug‘ullana-
digan sinf o‘qituvchilari bilan hamkorlik. Mutaxassis o‘qituvchiga 
o‘quv dasturini moslanuvchan ravishda qayta tuzish, uni o‘quvchi 
imkoniyatlariga mos ravishda differensiyalash, ta’limning maxsus 
uslublaridan foydalanishda ko‘maklashadi. 

Download 3,4 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   85




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish