N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/85
Sana28.09.2024
Hajmi3,4 Mb.
#272809
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   85
Bog'liq
Inklyuziv ta`lim

 
 
Xitoy
da integratsiyalash jarayoni barcha umummillat ma’lu-
motlarini yig‘ish, tajriba almashish, muloqot va fikr almashish, 
kadrlarni tayyorlash, maktab o‘quv jarayonlarini isloh qilish, maktab 
xodimlari bilan uchrashuv va savol javoblar o‘tkazish hamda barcha 
axborotlarni yig‘ib tahlil qilishdan boshlandi. Nuqsonli bolalar 
ta’limi Xitoy ta’lim tizimida birmuncha yangi edi. Har bir tumanda 
integratsion ta’lim borasida seminarlar uyushtirildi. 8 ta o‘quv 
seminarida 1000 dan ortiq kishilar ishtirok etdilar.
Bir qancha pedlagogika institutlarida “Nuqsonli bolalar ta’limi” 
nomli o‘quv kurslari o‘tila boshladi. 
Xitoyning ta’lim bo‘yicha milliy tadqiqot Instituti YUNESKO-
ning maqsadli grant mablag‘lari yordamida alohida ehtiyojli bolalar 
ta’limini qo‘llab-quvvatlash maqsadida WEB resurs markazini 
tashkil etish bo‘yicha innovatsiya dasturini ishlab chiqdi. Bu resurs 
markazning vazifalari quyidagilardan iborat: 

Alohida ehtiyojli bolalar va yoshlarni ta’lim tizimiga kiri-
tishda ma’lumotlarni olish bo‘yicha resurslarni aniqlash;

Maxsus ehtiyojli shaxslar bilan aloqa o‘rnatish;


128

Ma’lumotlar bankida turli ta’limiy va rivojlantiruvchi 
materiallarni to‘plash;

Internet tizimi orqali mutaxassislar maslahatini uyushtirish;

WEB resurs markazi foydalanuvchilari orasida tajriba va 
bilimlar almashishni tashkil qilish;

Integratsiya muammolarini hal qilish vositalarini izlash. Chet 
davlatlar bilan bu boradagi hamkorlik uchun imkoniyatlar yaratish 
(Y.Chen, ma’lumotlari 2000 yil). 
Shunday qilib Xitoyda Internet tizimidagi elektron resurs 
markaz orqali mutaxassislarning bilim va malakalaridan foydalangan 
holda butun mamlakat hududidagi alohida ehtiyojli bolalar va 
shaxslarning ta’lim olish talabini qondirish imkoniyati paydo bo‘ldi. 
Mazkur dastur maxsus ehtiyojli bolalarni ta’lim jarayoniga kiritish 
bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarga qo‘shimcha yordam sifatida qo‘l-
laniladi. Ayrim hollarda esa ta’lim berish va rivojlantirish imkonini 
beruvchi yagona vosita bo‘lib qoldi. 

Download 3,4 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   85




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish