N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/85
Sana28.09.2024
Hajmi3,4 Mb.
#272809
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85
Bog'liq
Inklyuziv ta`lim

Rossiya
V.A.Berezina, L.M.Shipisinalar-ning bergan ma’lumotlariga 
ko‘ra hozir Rossiyada maxsus ta’lim ikkita yo‘nalishada: differensial 
va integratsiya tarzda tashkil etilgan. Differensial ta’lim 8 yo‘na-
lishda tashkil etilgan. Oxirgi paytlarda Moskva, Sankt-Peterburg va 
boshqa Rossiyaning bir qator shaharlarida maxsus ehtiyojli bolalarni 
umumta’lim muassasalariga jalb etish borasida ilmiy izlanishlar va 
psixologo-pedagogik amaliy ishlar olib borila boshladi. 
Rossiyada integratsiya modeli asosida umumta’lim muassasa-
larida maxsus sinflar tashkil etilgan bo‘lib, ular quyidagicha: 
- aqliy rivojlanishida orqada qolgan bolalar uchun guruhlar va 
sinflar;
- ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun guruh va sinflar;
- xulqi og‘ir bolalar uchun guruh va sinflar. 
L.M.Shipisinaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra Rossiyada 
hozirgi kunda 38% imkoniyati cheklangan bolalar umumta’lim 
muassasalarida ta’lim-tarbiya olmoqdalar. 
 
 
 


132
Armaniston.
Barcha MDH mamlakatlaridagidek, Armanistonda har bir 
shaxsni jamiyatda ta’lim olish huquqiga ega ekanligi va uni ijtimoiy 
kelib chiqishi, jismoniy xolatidan qatiy nazar ta’lim olish huquqini 
ta’minlaydi. Shu bois oxirgi 10 yil ichida Armanistonda ijtimoiy 
himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, yetim 
bolalar, imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy qo‘llashga, ta’lim 
olish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Shuningdek, inklyuziv 
ta’lim tizimini shakllantirish va rivojlantirishga oid dastlabki ishlar 
olib borilmoqda.
 
Qo‘shimcha yordam ko‘rsatuvchi xodimlar va yordamchi xiz-
matlarni jalb qilish uchun, inklyuziv ta’limni moliyalashtirish masa-
lasi davlat tomonidan ma’qullanib, 2006 yilda inklyuziv maktablarga 
qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. 
Armanistonda 49 inklyuziv maktab mavjud bo‘lib 700 ta 
jismoniy, aqliy va ijtimoiy muammosi bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar. 
Bu maktablar inklyuziv ta’lim jarayonini rivojlantirish va kengay-
tirish uchun resurs bo‘lib xizmat qiladi. 
Armanistonda maxsus ehtiyojli bolalarni ehtiyojini qondirishni 
davomiyligini ta’minlash maqsadida maxsus va inklyuziv ta’lim 
jarayonini nafaqat asoslash, rivojlantirish uchun imkoniyat yaratishga 
xukumat parlamenti tomonidan bir qator qonun va qarorlar qabul 
qilingan. 
Rivojlangan, ijtimoiy himoyaga muxtojligi sifatida qarashlarini 
davom etishidir. Bunday eskicha yondashish davomiyligi hamma 
uchun bir xil bo‘lgan yangi inklyuziv ta’lim muxitini shakllantirishda 
qiyinchiliklar tug‘diradi. Jamiyatda notug‘ri stereotipni va psixologik 
komplekslarni shakllanganligini yo‘q qilish va inklyuziv ta’lim 
muxitini shakllantirishning eng ma’qul va to‘g‘ri yo‘li sinfda va 
sinfdan tashqarida bolalar orasida hamkorlik qilishi. Shu fanni 


133
o‘qitadigan o‘qituvchi hamda shu sinfda o‘qiydigan o‘quvchilar, ota-
onalari, zaruriyat tug‘ilganda maxsus pedagoglar, psixologlar va 
ijtimoiy ishchilarning faoliyatidir. Interfaol usulda o‘zaro yordam 
ko‘rsatishga asoslangan guruhlarda o‘qitish metodi. 
Armaniston respublikasining ma’lumotlariga ko‘ra inklyuziv 
maktablarni umumta’lim muassasalari deb qarashmaydi. Bu maktab-
larda imkoniyati cheklangan bolalar sog‘lom bolalar bilan yonma-
yon formal o‘qiydilar. Shuning uchun ham inklyuziv maktabda 
birgalikda ta’lim olish jarayonida individual mashg‘ulotga jiddiy 
e’tibor beriladi, aks xolda maxsus sharoitdagi ta’limga ehtiyoji 
bo‘lgan o‘quvchilar o‘qishdan orqada qoladi. 

Download 3,4 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish