129
Shuningdek, qonunda mamlakatda yashovchi fuqarolarning
ko‘p tilligi va diniy-ijtimoiy, madaniy rivojlanishining xususiyati
hamda mamlakatda yashovchi nogiron bolalar,
qiz bolalar har-xil
xududlarda yashovchi mayda millat bolalari, ijtimoiy himoyaga
muxtoj ekanligi aniqlanib ularga qo‘shimcha ravishda e’tibor berilib,
ta’lim olish huquqi ta’kidlangan.
Hindistonda bolalarning ko‘pchilik qismi maktablarda o‘qiti-
lishiga qaramasdan 35 million 6 – 14 yosh bo‘lgan bolalar xanuz
ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bunga sabab maktablarning
binolarning nogiron bolalarga moslashtirilmaganligi, o‘qituvchilar-
ning davomatining pastligi va yetishmasligi, moliyaviy ta’minotning
yetarli
emasligi, maktablardagi ta’lim jarayonining sustligi va h.k.
Har xil ta’biiy ofatlarga ko‘ra boshpanasiz qolgan, boquvchisini
yuqotgan, etim bolalar, ijtimoiy ximoyaga muxtoj bolalar xanuz
formal ta’limdan chetda qolmoqdalar.
Keyingi vaqtda ta’lim olishning
bir qator movhum tizimi
rivojlana boshladi. Bunday tizimni shakllantirish yaxlit bitta vazirlik
doirasida bo‘lishi kerak, deb ta’kidlaydi Keralin Daier. Ush bu
shakllangan ta’lim tizimining vazifasi “o‘yin orqali” o‘qitishga asos-
langan yangi ishlab chiqilgan dastur yordamida, o‘qituvchi o‘quv-
chiga yondoshish yo‘li bilan o‘qitish talab etiladi. Bunday yondashuv
doirasida o‘qitish har xil bolani ehtiyojini qondirish uchun indivi-
duallashtirilgan bo‘lishi ta’kidlangan. Inklyuziv ta’limning ijtimoiy
masalasi har bir uzoq masofadagi xududlarda
yashovchi bolalarni
ota-onalarning xoxishiga ko‘ra davlat maktablarida o‘qitishi davlat-
ning imkoniyati va o‘qituvchilarning xoxishi, imkoniyatlardan kelib
chiqib amalga oshirilishi mumkinligi qayd etilgan. Davlat maktab-
larida o‘qitilishi davlatning imkoniyati va o‘qituvchilarning xohishi,
sharoitidan kelib chiqishi amalga oshirilishi mumkinligi qayd etilgan.
Davlat maktablariga qatnashuvchi guruhlari, ko‘pchilik an’anaviy
130
segregatsion- guruhlaridan maktablariga qatnaydilar. Bu esa ijtimoiy
inklyuziyaning muhim, muammosidir. Bu mamlakatning davlat
qonuni, formal va noformal ta’lim tizimini joriy qilishda YUNISEF
va YUNESKO tashkilotining hissasi
va bevosita hamkorligida
tuzilgan “Nuqsonli bolalarning integratsion ta’lim loyihasi” bo‘yicha
ish olib borila boshladi. Bu loyiha Hindiston hukumati siyosati va
etnik holatini hisobga olgan holda tuzilgan (M.Ainscov va boshqalar,
1996 yil).
1979 yilda Nikaragua ta’lim vazirligi nuqsonli bolalarni o‘qitish
dasturini olib boruvchi maxsus bo‘lim tashkil etdi. Bundan tashqari
nuqsonli bolalarning o‘quv imkoniyatlarini tashxis qilish markazi va
maxsus muassasalar hujjatlari axborot bazasi yuzasidan ish yuritish
markazlari ham ochildi. Mamlakatda ommaviy maktab tizimida
ko‘plab qiyinchiliklar bo‘lib, maktabga qatnamaydigan bolalarning
soni juda yuqori edi. Nuqsonli bolalar ta’limi maxsus segregatsion va
ommaviy maktablarda integratsion sinflar shaklida tashkil etilgan.
Maxsus maktablarda faqat og‘ir nuqsonli bolalar o‘qitilardi.
Tailand
da og‘ir va o‘rta darajadagi nuqsonli bolalarni ommaviy
maktablarga qabul qilish, o‘qitishga va bunga o‘qituvchi-mutaxas-
sislarni tayyorlashga oid o‘quv loyihasi ishlab chiqildi. Radjbatan-
dagi Suan Disit institutida o‘tkazilgan ikkita konferensiyadan so‘ng
inklyuziv maktablarning 3 ta yo‘nalishidagi
konsepsiyasi ishlab
chiqildi.
Birinchi yo‘nalish qo‘shimcha guruh bo‘lib u adminstratorlar,
o‘qituvchilar va ota-onalardan tashkil topgan. Ikkinchi yo‘nalish
og‘ir va o‘rta darajadagi nuqsonli va sog‘lom bolalarni ommaviy
sinflarda o‘qitishni tashkillashtiruvchi o‘qituvchilar va ota-onalar.
131
Uchinchi yo‘nalish – qo‘llab-quvvatlovchi admistratorlar, o‘qi-
tuvchi volontyorlar inklyuziv sinflar uchun individual rejalarni ishlab
chiqishdi (YUNESKO hisoboti, 1996 yil).
Vyetnam
dagi inklyuziv ta’lim tizimini o‘rganish shuni ma’lum
qiladiki, bu erda ikkita holat kuzatiladi. Ta’lim vazirligi tomonidan
Davlat fan va ta’lim institutida maxsus ehtiyojli bolalar uchun
inklyuziv ta’limning samarali natijalarini aniqlash uchun ish olib
bordi (YUNESKO hisoboti, 1996 yil).