155
sogʻliqni saqlash va mahalla tashkilotlarining imkoniyati cheklangan
bolalarni sifatli ta’lim xizmatlari bilan ta’minlash borasidagi oʻzaro
manfaatli hamkorligi talab etiladi. Bu esa, boshlangʻich sinf oʻqituv-
chilarida metodik mahorat, psixologik bilimlar, kasbiy kompetent-
likni rivojlantirishning klasterli yondashuvlari,
tashkiliy omillari,
pedagogik-psixologik shart-sharoitlari, inklyuziv sinflarda darslarni
tashkil etishga qoʻyiladigan didaktik talablarni aniqlashtirishni taqo-
zo etadi. Inklyuziv ta’limda sifatga zamonaviy texnologiyalar orqali
osjn va qulay erishiladi.
Inklyuziv ta’lim tizimida o‘qituvchilarning kasbiy mahorati va
hamkorligi, avvalo, alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashning o‘ziga
xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Inklyuziv ta’lim nogironligi bo‘lgan
bolalarga nisbatan har qanday holatlarni istisno etadigan, barcha
uchun teng muomalani ta’minlaydigan, lekin maxsus ta’lim extiyo-
jiga ega bolalar uchun zarur sharoit
yaratadigan mafkuraga asos-
lanadi.
Bugungi kunda nogironligi va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan
bolalar sifatli ta’lim olishlari va keyinchalik munosib ish topishlari
uchun ularga haqiqiy inklyuziv sharoitlarni yaratish bo‘yicha mamla-
katimizda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Inklyuziv ta’limning muhim muammolaridan biri bo‘lgan
alohida ta’lim ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar guruhini aniqlab, ularga
sifatli ta’lim shakllarida bilim berish va salohiyatini oshirishdan
iboratdir. Inklyuziv ta’limni rivojlantirishda ustuvor yo‘nalishlarga
ega bo‘lgan tamoyillar va yo‘nalishlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Umumiy ta’lim dasturining muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi
uchun nogiron o‘quvchilarga maxsus sharoitlar yaratib berilishi
kerak. Avvalo, biz mashg‘ulotga yondashuvlarni individualizatsiya
qilish, xususan, mashg‘ulotni tashkil etish
uchun shart-sharoitlarni
tanlash, vazifalarni bajarish shaklini individuallashtirish va
156
natijalarni taqdim etishning maqbul usullarini tanlash, natijalarni
sifatli baholashga yondashish talab qilinadi Inklyuziv ta’lim tizimida
o‘qituvchilarni ishlashga tayyorlashning bilim to‘siqlaridan biri bu
hatti-harakatlarida passiv rivojlanish va tuzatishga qaratilgan ishlarini
amalga oshirishga qaratilgan asoslar to‘g‘risidagi bilimlardir. Ushbu
bilimlar orqali alohida ehtiyojga ega bolalarni o‘qitish
va tarbiya-
lashni tashkil qilishda pedagogik faoliyatning dolzarb vakolatlarini
shakllantirishdir. Shu munosabat bilan o‘qituvchining psixologik
bilimlari va pedagogik vakolatlarini oshirishga qaratilgan maxsus
treninglarni tashkil etish alohida muhim rol o‘ynaydi.
Nogiron bolani rivojlanishi uchun uni qayta ijtimoiylashtirish
jarayonlariga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni yaratish kerak.
Bunday muhit o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilarini birlashti-
rishga,
shuningdek, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan kamchiliklarni
bartaraf etishda psixologik yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Inklyuziv ta’limda ishlash uchun o‘qituvchilarning kasbiy kompe-
tentsiyasining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
- o‘qitishning moslashuvchan shakllariga, interfaol o‘qitish
usullariga ega bo‘lish;
- bilish faoliyati mustaqilligini rag‘batlantirish qobiliyati;
-
jamoada ishlash qobiliyati, alohida ehtiyojli bolalar ta’limi
uchun psixologikpedagogik yordamni yaratish uchun mutaxassislar
bilan o‘zaro aloqada bo‘lish.
Nogiron bolalarni psixologik va pedagogik qo‘llab-quvvatlash
o‘qituvchining har xil turdagi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga
duch kelgan bolalarning sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikdagi va
individual faoliyatini tashkil etish qobiliyatini taxmin qiladi har bir
bolaning tarixi to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni to‘plash ularni
qobiliyati haqidagi bilimlarni oshirishga hizmat qiladi.
157
Endilikda fan, texnika va innovatsion texnologiyalarning
rivojlanishi natijasida oʻquv-tarbiya jarayonida
interfaol usullar
(innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib,
ta’limning samaradorligini koʻtarishga boʻlgan qiziqish, e’tibor
kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ta’lim tizimida zamonaviy
texnologiyalar qoʻllanilgan mashgʻulotlar egallanayotgan bilimlarni
oʻquvchilar tomonidan oʻzlari qidirib topishlari, mustaqil oʻrganib,
ularni tahlil qilishlari, oʻz bilimlarini baholashlari, toʻgʻri xulosalar
chiqarishlariga qaratilgan.
Pedagog-olimlarning koʻp yillar davomida ta’lim tizimida: