Mos siyosatni ishlab chiqishga ko‘maklashish.
Inklyuziv ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlashda siyosat asosiy rol
o‘ynaydi. Siyosat tomonidan inklyuziv ta’limning qo‘llab quvvatla-
nishi bu ta’lim tiziminig samarasini va rivojini ta’minlaydi.
Nogironlarni umumta’lim tizimida o‘qitish masalalariga e’tibor
berish Respublikamizda 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq
Ta’limi Vazirligi, Respublika ta’lim markazi va YuNESKO tashkiloti
bilan hamkorlikda respublika seminari o‘tkazilishi bilan islohotlar
amalga oshirila boshladi. Shu davrdan boshlab olimlar, maxsus ta’lim
tizimidagi rahbar xodimlari, pedagoglar, umumta’lim mussasalari-
ning rahbarlari va nodavlat jamoa tashkilotlarining nogironlar ta’limi
ehtiyojini qondirishga qaratilgan munosabatlari o‘zgara boshladi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
5 sentyabrdagi "Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyil-
larini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3931-son qarorida
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini
138
ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ular-
ning ta’lim-tarbiya (shu jumladan, inklyuziv ta’lim-tarbiya) olishiga
xizmat qiladigan moslashuv muhitini yaratish bo‘yicha alohida
vazifalar qayd etib o‘tilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
29 apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasida
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsa-
tiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha:
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim
muassasalari binolariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va
tasdiqlash;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim
muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasb-
larga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan
chora-tadbirlarni amalga oshirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun
inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umum ta’lim muassasalarini
maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va bosh-
qalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-
pedagogik kuzatish bo‘yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash;
jamoatchilik o‘rtasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bola-
larning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyati
haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
o‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta’lim
muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda alo-
hida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassa-
salarini optimallashtirish;
139
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning moslashishi va
integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus
jihozlar bilan ta’minlash;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv
ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni
amalga oshirish kabi vazifalar belgilangan.
“Zamonaviy maktab”larni qurishda ushbu maktablarda alohida
ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish, ular uchun maxsus infratuzilma bo‘lishi va
jihozlanishini ta’minlash maqsadida inklyuziv ta’limni tashkil etish
bo‘yicha “Zamonaviy maktab”ga qo‘yiladigan me’yoriy talablar
loyihasi ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, alohida ta’lim olish ehtiyoji boʻlgan bolalar va
ularning ota-onalariga korreksion pedagogik yordam olishida va
kasbga yoʻnaltirishda ta’lim muassasalari har tomonlama yordam
koʻrsatishi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12-oktyabrdagi 638-son
qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida
inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilab
berilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan kor-
reksion tarbiyaviy ishlarning huquqiy asoslarini yanada takomil-
lashtirib borish zamon talabidir.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan yordamga
muhtoj bolalar davlatimizning teng huquqli a’zolari. Ularni uzluksiz
ta’lim tizimidagi barcha muassasalarda hamma qatori ta’lim olishi va
tarbiyalanishini ta’minlash bizning asosiy vazifalarimizdan biridir.
Insonlarning nogironlarga nisbatan munosabatini oʻzgartirish,
atrofdagilarni ularning jamiyatda toʻliq va teng huquqli ishtiroki
haqida xabardor qilish nogironlarning dolzarb muammolarini hal
etishda oʻta muhim ahamiyatga ega. “Nogiron” tushunchasini muo-
maladan chiqarish va uning, eng avvalo, inson ekanligini hisobga
140
olgan holda umume’tirof etilgan “nogironligi boʻlgan shaxs” atama-
sini kiritish va BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konven-
siyasini ratifikatsiya qilishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amaliy
chora-tadbirlar tashkil etilishi ham quvonarlidir. Oʻzbekiston Res-
publikasining «Bola huquqlari kafolatlari» haqidagi Qonuni har bir
bola oʻz oilasida tarbiyalanish huquqini kafolatlaydi, bola huquqlarini
himoya qilish boʻyicha davlat siyosatini belgilaydi, davlat organlarini
bola huquqlarini ta’minlash boʻyicha kafolatlarini belgilaydi.
BMTtomonidan 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari
umum jahon Deklaratsiyasi”da “Ta’lim olish har bir insonning asosiy
va ajralmas huquqi” ekanligi alohida e’tirof etilgan. “Inson huquqlari
umum jahon Deklaratsiyasi” barcha insonlarning huquq va erkin-
liklarini kafolatlar ekan, bu Deklaratsiyaning barcha bandlari maxsus
ehtiyojli insonlarga ham tegishliligi aniqlandi. Nogiron shaxslarning
huquqlarini yanada mustahkamlash va kafolatlash maqsadida BMT
1975 yilda “Nogiron shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Deklaratsiyani
qabul qildi. Mazkur Deklaratsiyada ta’kidlanishicha:
Xuddi shunday bolalarni huquqlarini muhofaza qilish maqsa-
dida BMT 1989 yilda “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”ni
qabul qildi. “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” bolalarning
huquqlarini hamma joyda himoyalash maqsadida ishlab chiqilgan
inson huquqlari borasidagi halqaro shartnoma hisoblanadi. U qariyb
“Nogironlar shaxsiyatini hurmat qilish huquqi ularda tug‘ilishi
bilan mavjud bo‘ladi. Nogironlikning kelib chiqishi, tabiati va
jiddiylik darajasidan qat’iy nazar, fuqaro o‘z yoshidagi teng-
doshlari bilan bir xil huquqlarga egadirlarkim, shu bilan birga
ular mumkin qadar to‘laqonli yaxshi hayot kechirish huquqiga
ham ega” (“Nogiron shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Dekla-
ratsiya, 3-modda).
141
butun jahon mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan. Konven-
siyani ratifikatsiya qilgan 191 mamlakat ko‘ngilli tarzda zimmalariga
“Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” qoidalarini ma’muriy
qonunchilik, sud va boshqa chora-tadbirlar yordamida hayotga tatbiq
etish majburiyatini oldilar. “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konven-
siya” kompleks va ko‘p qirrali xarakterda bo‘lib, bu barcha bolalar
uchun inson huquqlarining fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy singari jabhalarni qamrab olgan yagona Konvensiyadir.
Nuqsonli bolalarning o‘quv imkoniyatlari asosiy o‘rinda turadi.
Barcha nuqsonli bolalarning nuqsonlarini erta aniqlab ta’limga jalb
qilish imkoniyatini topmoq kerak. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan
barcha huquqiy me’yoriy hujjatlar, xalqaro forum Konferensiyalar
asosida maxsus ehtiyojli bolalar ham jamiyatning to‘laqonli va
tenghuquqli a’zosi ekanligi e’tirof etilib, ular ta’limida alohida yan-
gicha yondashuv maydonga keldi. Ushbu ta’lim shakllari inklyuziv
va integratsion ta’lim deb ataldi.
“Nogiron shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Deklaratsiyaning
mazmunidan shu narsani tushunish mumkinki, nogiron fuqarolar
uchun jamiyat hayotida to‘liq ishtirok etish kafolatlanadi. Ammo
mazkur dekloratsiyada nogiron bolalar, ularning ta’lim olish
imkoniyatlari va barcha davlatlar tomonidan imkoniyati cheklangan
bolalarning huquqlari batafsil yoritilganligi aniqlandi. Bu xususda
Suleymenova R.A. fikricha “Agarda nogiron bolalarning uzjamoalari
va butun jamiyati ijtimoiy hayotiga jalb etish imkoniyatlari
radetilsaularning imkoniyatlari keskin kamayadi” degan fikrni
bildirdi. “Ta’limning uzluksizligi, yangi global iqtisodiyotning
kalitidir. Ta’lim rivojlanish, ijtimoiy taraqqiyot va inson ozodligi
uchun tub ahamiyatga ega” deb ta’kidlaydi.
Imkoniyati cheklangan har bir bolaning oʻz oilasida yashab
tarbiyalanish huquqini ta’minlash maqsadida ta’limning ustuvor
142
shakli sifatida umumiy, ya’ni inklyuziv ta’lim belgilangan. Bu ta’lim
imkoniyati cheklangan bolalarga oilada yashash, ota-ona mehridan
bahramand boʻlib oʻz mahallasida tengqurlari orasida umumiy ta’lim
olish imkonini beradi.
«Bolalar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya» maxsus ehtiyojli
bolalarning ham barcha huquqlarini kafolatlar ekan, «barcha hu-
quqlar – barcha bolalarga» tamoyili e’tirof etiladi.
Bu borada «Bolalar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya»da
maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim tarbiyasi xususida: «Nogiron
bolaning maxsus ehtiyojlarini aniqlab, uning ijtimoiy hayotga
qoʻshilishi va shaxs sifatida rivojlana olishiga yetaklovchi vosita
hisoblangan ta’limga, ta’lim olishga har tomonlama yordam berilishi
lozim», deb ta’kidlangan. Bu qonunga binoan, maxsus ehtiyojli
bolalar ham jamiyat hayotida toʻliq ishtirok etishi, milliy e’tiqod va
madaniyatga ham ohang boʻlib oʻsishi, uning boyliklaridan, goʻzal-
ligidan bahra olib jamiyatning rivojiga hissa qoʻshishlari katta
ahamiyatga egadir.
Alohida ehtyojli bolalar barcha bolalar kabi, teng huquqli boʻlib
ular bilan bir jamoada yashash va birgalikda ta’lim olish huquqiga
egadirlar. Alohida ta’lim olish esa bu huquqni cheklaydi va oʻz-oʻzini
namoyon qilish imkoniyatlaridan mahrum qiladi. Alohida ehtiyojli
bolalar ularning cheklangan imkoniyatlari tufayli alohida oʻqitilishi
ularning ijtimoiylashuvini chegaralab, mustaqil hayotga tayyor
boʻlishini qiyinlashtirishiga olib keladi. Birlashtirilgan, inklyuziv
ta’lim – inson huquqlarining dolzarb muammosi boʻlib kelgan. Hali
juda koʻp bolalar ota-onalarining bola uchun qulay sharoiti mavjud,
deb hisoblagan maxsus internatlarda oʻqitishi tarafdori boʻlib
kelmoqda. Lekin voyaga yetgan katta yoshli nogironlar, oʻzlarini
inklyuziv ta’lim shartlarini boshidan kechirgan deb ta’riflab, alohida
ta’limning bekor qilinishini talab qilmoqdalar. Chunki “qulay,
143
imtiyozli sharoitda, hamma narsa tayyor boʻlgan sharoitdan chiq-
gach, tashqariga moslashish, oʻz oʻrnini topish mashaqqati uzoq yillar
davom etadi. Har bir bolaning ta’lim olishdagi teng huquqliligini
ta’minlash har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini
olishga xizmat qiladigan inklyuziv ta’lim tushunchasi ham qonuniy
kuchga kiritilishi uzoq kutilgan yangiliklardan biri hisoblanadi.
Shular nazarda tutilgan holda hozirgi kunda birlashtirilgan –
inklyuziv davlat siyosati darajasida koʻrilmoqda. Birlashtirilgan
ta’limga oʻtish jarayoni uchun quyidagilar amalga oshirilishi talab
etiladi:
➢
Ta’limda alohida ehtiyojlari boʻlgan bolalarga munosabat-
larning oʻzgarishi;
➢
Oilaning bunga tayyor boʻlishi;
➢
Maxsus maktab ta’limida bolalarning oʻqitilish vaqti qisqar-
tirilib bolalar boshlangʻich bosqichda reabilitatsiya boʻlishini ta’min-
lovchi shart-sharoitlar yaratilishi;
➢
Maxsus maktab ta’limi sohasi malakali mutaxassislar bilan
ta’minlanishi, korreksiya va reabilitatsiya jarayonini sifatli va tezkor
amalga oshirilishi uchun zarur jixozlar bilan ta’minlanishi;
➢
Maxsus maktab ta’limi va oila hamkorligiga erishish, oilaning
reabilitatsiya jarayonida faol boʻlishiga erishish (qoʻshimcha uydas
hugʻullanish, repititor, maxsus psixolog maslahati orqali).
Umumta’lim maktablarni birgalikdagi – inklyuziv ta’limga
tayyorlash:
➢
Maxsus infrastruktura yaratish;
➢
Maxsus mutaxassislar bilan ta’minlash;
➢
Ehtiyojlarga mos texnik va oʻquv moslamalari bilan
ta’minlash (maxsus lampalar, eshitish apparatlari, Brayl moslama
komplekti, aravachalar uchun maxsus partalar va h.k.).
144
O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’iy nazar, barcha bolalar
davlat umumta’lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan
kafolatlangan. Faqat xohlovchilar o‘z yonidan pul to‘lab xususiy
maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin imkoniyati cheklangan bolalar-
ning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda o‘qiyotgani haqida
maqtanib bo‘lmaydi. Bu borada muammolar ko‘p. 2020 yil 13
oktyabrda qabul qilingan «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bola-
larga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida bu boradagi asosiy
muammolar ko‘rsatilgan:
➢
alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim
ta’lim muassasalarida ular uchun
|