N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/85
Sana28.09.2024
Hajmi3,4 Mb.
#272809
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   85
Bog'liq
Inklyuziv ta`lim

Nega oʻqitamiz? 
Nimani oʻqitamiz? 
Qanday oʻqitamiz? 
savollariga javob izlash bilan bir qatorda 
Q
anday qilib samarali va natijali oʻqitish mumkin? 
– degan 
savolga ham javob qidirdilar. Natijada oʻquv jarayonini 
texnologiya-
lashtirishga
, ya’ni oʻqitishni ishlab chiqarishdagi kabi aniq natija 


179
beradigan texnologik jarayonga aylantirishga erishish mumkin – 
degan fikr yuzaga keldi. 
Bunday fikrning tugʻilishi 
pedagogika fanida pedagogik texno-
logiya yoʻnalishini 
yuzaga keltirdi.
 
Bugungi kunda inklyuziv ta’lim jarayonida pedagogik texnolo-
giyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganligining asosiy 
sababi qoʻyidagilardir: 
Birinchidan
, ta’lim siyosatida rivojlantiruvchi ta’limni amalga 
oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan boʻlib, unga pedagogik 
texnologiyalardan foydalanishsiz, ya’ni shaxsni rivojlantiruvchi 
ta’limni amalga oshirishsiz erishilmaydi. 
Ikkinchidan, 
pedagogik texnologiyalar oʻquv-tarbiya jarayoniga 
tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi. 
Uchinchidan
, pedagogik texnologiya oʻqituvchini ta’lim-tar-
biya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va 
bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha boʻlgan texnologik zanjirni 
oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. 
Oʻquv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning toʻgʻri 
joriy etilishi oʻqituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki 
maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa, oʻquv-
chidan koʻproq mustaqil ishlash, ijod qilish va iroda kabi sifatlarni 
talab etadi. 
Pedagogik texnologiya asosida oʻtkazilgan mashgʻulotlar yosh-
larning muhim hayotiy yutuq va muammolariga oʻz munosabatlarini 
bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, oʻz nuqtai 
nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. 
Hozirgi zamon ta’lim tizimidagi amaliy tajriba shuni koʻrsa-
tadiki, oldindan puxta loyihalashtirilgan dars, albatta, oʻqituvchi va 
oʻquvchiga darsni qiziqarli boʻlishi, shunindek ijobiy natijaga eri-


180
shishlariga imkoniyat yaratadi hamda darsning samaradorligini 
oshiradi. 
Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish 
yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat 
qiladi. 
Texnologiya (yunon. “techne” – mahorat, san’at, “logos” – 
tushuncha, ta’limot) – muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy 
va b.) jarayonlarning yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil 
etilishi. Ta’lim texnologiyasi (ingl. “an educational technology”) – 
ta’lim (oʻqitish) jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida 
tashkil etilishi. 
Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erishish jarayonining 
umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyiщalashtirilgan ta’lim jarayo-
nini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq 
maqsadga erishish yoʻlida muayyan metod, usul va vositalar tizimini 
ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim 
jarayonini yuqori darajada boshqarish. 
Oʻqituvchining samarali faoliyat koʻrsatishga undovchi dars-
ning metodik ishlanmasini puxta ishlab chiqishdan farqli oʻlaroq, 
ta’lim texnologiyasi imkoniyati cheklangan bolalar faoliyatiga nis-
batan yoʻnaltirilgan boʻlib, u imkoniyati cheklangan bolalarning 
shaxsiy hamda oʻqituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga 
olgan holda, oʻquv materiallarini mustaqil oʻzlashtirishlari uchun 
zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. 
Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi – ta’lim oluvchi 
shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’min-
lashdan iborat.
Pedagogik texnologiya nazariyasi oʻtgan asrning ikkinchi yar-
midan boshlab asoslanib kelinayotgan boʻlsada, aynan “pedagogik 
texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. 


181
Xususan, pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani 
“amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” 
deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni oʻquv-pedagogik jarayonni 
oldindan loyihalashga qaratadi
8

Oʻz mohiyatiga koʻra pedagogik texnologiya vaqt taqsimotiga 
muvofiq dasturlanib, ilmiy jiщatdan asoslangan щamda kutilgan 
natijaga erishishni ta’minlovchi pedagogik jarayonning barcha bos-
qich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizimni ifodalaydi. 
Hozirgi kunda zamonaviy pedagogikada ta’limning shunday 
modellari yaratildiki, ular ta’limga texnologik jarayon sifatida 
yondashilib, ma’lum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida koʻz-
langan maqsadlariga erishishni kafolatlaydi va keng imkoniyatlar 
beradi. Pedagogik innovatsiyalashuvni ta’limning ilmiy bilimlar, 
metodologiyalarini jamiyat rivojlanishi, ta’limga qoʻyilayotgan ijti-
moiy buyurtmaning jahon talablari darajasiga bogʻliq holda mosla-
shuvchanligi deb talqin etish mumkin. Ta’limni texnologiyalashti-
rishning asosini ta’lim jarayoni va uning samaradorligini oshirish 
hamda ta’lim oluvchilarni berilgan sharoitlarda, ajratilgan vaqt ichida 
loyihalashtirilayotgan oʻquv natijalarga erishishlarini kafolatlash 
maqsadida toʻliq boshqarish gʻoyasi tashkil etadi. Pedagogik texnolo-
giya – ta’lim usuli, ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya jarayonlari, 
vositalari, shakl va usullari majmuyi. Ta’lim va tarbiya jarayonini 
optimal tashkil etish hamdir. Oʻquv materiallarini tanlash, qayta 
ishlab, oʻqituvchi va oʻquvchilarning kuchiga, oʻzlashtirish xusu-
siyatlariga moslab shakl hajmni oʻzgartirish ham ta’lim texnolo-
giyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiyaning obyektiv 
qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida oʻquv jarayonlari, 
ta’lim-tarbiyaning mazmuni, usul va vositalarini ishlab chiqish va 
8
Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. – М.: Педагогика, 1989. 


182
takomillashtirish tizimi: fan va texnika yangiliklarini oʻzida mujas-
samlashtiradigan oʻquv jarayonidir.
V.P.Bespalko pedagogik texnologiyaning quyidagi ta’rifini 
keltiradi: “Pedagogik texnologiya – bu oʻqituvchi mahoratiga bogʻliq 
boʻlmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlaydigan oʻquvchi 
shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir”. 
Pedagogika lugʻatida pedagogik texnologiya tushunchasi mus-
tahkam oʻrin egalladi. Biroq uni tushunish va qoʻllashda turli farqlar 
mavjud:

Download 3,4 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   85




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish