176
III. BOB INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
3.1. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA HAQIDA
Bugungi kunda sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish,
mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga
mos yuqori malakali
kadrlar tayyorlash kabi muhim vazifalar belgilandi. Boshlangʻich
ta’limda oʻqitish sifatini yaxshilash, oʻquvchilarning imkoniyatlariga
mos, davlat ta’lim standartlari me’yorlari inobatga olingan oʻquv
muhitini samarali tashkil etish, bu jarayonda tashkilotlar va jamoat
institutlari hamkorligini rivojlantirish yanada muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Mazkur ijtimoiy-pedagogik masalalarni hal etishda ta’lim,
sogʻliqni saqlash va mahalla tashkilotlarining imkoniyati cheklangan
bolalarni sifatli ta’lim xizmatlari bilan ta’minlash borasidagi oʻzaro
manfaatli hamkorligi talab etiladi. Bu esa, boshlangʻich sinf oʻqi-
tuvchilarida metodik mahorat, psixologik bilimlar,
kasbiy kompe-
tentlikni rivojlantirishning klasterli yondashuvlari, tashkiliy omillari,
pedagogik-psixologik shart-sharoitlari, inklyuziv sinflarda darslarni
tashkil etishga qoʻyiladigan didaktik talablarni aniqlashtirishni
taqozo etadi. Inklyuziv ta’limda sifatga zamonaviy texnologiyalar
orqali osjn va qulay erishiladi.
Inklyuziv ta’lim tizimida o‘qituvchilarning kasbiy mahorati va
hamkorligi, avvalo, alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashning o‘ziga
xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Inklyuziv ta’lim nogironligi bo‘lgan
bolalarga nisbatan har qanday
holatlarni istisno etadigan, barcha
uchun teng muomalani ta’minlaydigan, lekin maxsus ta’lim extiyo-
jiga ega bolalar uchun zarur sharoit yaratadigan mafkuraga asos-
lanadi.
Bugungi kunda nogironligi va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan
bolalar sifatli ta’lim olishlari va keyinchalik munosib ish topishlari
177
uchun ularga haqiqiy inklyuziv sharoitlarni yaratish bo‘yicha mamla-
katimizda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Inklyuziv ta’limning muhim muammolaridan biri bo‘lgan
alohida ta’lim ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar guruhini aniqlab, ularga
sifatli ta’lim shakllarida bilim berish va salohiyatini oshirishdan
iboratdir. Inklyuziv ta’limni rivojlantirishda ustuvor yo‘nalishlarga
ega bo‘lgan tamoyillar va yo‘nalishlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Umumiy ta’lim dasturining muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi
uchun nogiron o‘quvchilarga maxsus sharoitlar
yaratib berilishi
kerak. Avvalo, biz mashg‘ulotga yondashuvlarni individualizatsiya
qilish, xususan, mashg‘ulotni tashkil etish uchun shart-sharoitlarni
tanlash, vazifalarni bajarish shaklini individuallashtirish va natija-
larni taqdim etishning maqbul usullarini tanlash,
natijalarni sifatli
baholashga yondashish talab qilinadi Inklyuziv ta’lim tizimida
o‘qituvchilarni ishlashga tayyorlashning bilim to‘siqlaridan biri bu
hatti-harakatlarida passiv rivojlanish va tuzatishga qaratilgan ishlarini
amalga oshirishga qaratilgan asoslar to‘g‘risidagi bilimlardir. Ushbu
bilimlar orqali alohida ehtiyojga ega bolalarni o‘qitish va tarbiya-
lashni tashkil qilishda pedagogik faoliyatning dolzarb vakolatlarini
shakllantirishdir. Shu munosabat bilan o‘qituvchining
psixologik
bilimlari va pedagogik vakolatlarini oshirishga qaratilgan maxsus
treninglarni tashkil etish alohida muhim rol o‘ynaydi.
Nogiron bolani rivojlanishi uchun uni qayta ijtimoiylashtirish
jarayonlariga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni yaratish kerak.
Bunday muhit o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilarini birlashti-
rishga, shuningdek, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan kamchiliklarni
bartaraf etishda psixologik yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Inklyuziv ta’limda ishlash uchun o‘qituvchilarning kasbiy kompeten-
tsiyasining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
178
- o‘qitishning
moslashuvchan shakllariga, interfaol o‘qitish
usullariga ega bo‘lish;
- bilish faoliyati mustaqilligini rag‘batlantirish qobiliyati;
- jamoada ishlash qobiliyati, alohida ehtiyojli bolalar ta’limi
uchun psixologikpedagogik yordamni yaratish uchun mutaxassislar
bilan o‘zaro aloqada bo‘lish.
Nogiron bolalarni psixologik va pedagogik qo‘llab-quvvatlash
o‘qituvchining har xil turdagi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga
duch kelgan bolalarning sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikdagi va
individual faoliyatini tashkil etish qobiliyatini taxmin qiladi har bir
bolaning tarixi to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni to‘plash
ularni
qobiliyati haqidagi bilimlarni oshirishga hizmat qiladi.
Endilikda fan, texnika va innovatsion texnologiyalarning rivoj-
lanishi natijasida oʻquv-tarbiya jarayonida interfaol usullar (inno-
vatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’lim-
ning samaradorligini koʻtarishga boʻlgan qiziqish, e’tibor kundan-
kunga kuchayib bormoqda. Ta’lim tizimida zamonaviy texnologiya-
lar qoʻllanilgan mashgʻulotlar egallanayotgan bilimlarni oʻquvchilar
tomonidan oʻzlari qidirib topishlari, mustaqil oʻrganib, ularni tahlil
qilishlari, oʻz bilimlarini baholashlari, toʻgʻri xulosalar chiqarish-
lariga qaratilgan.
Pedagog-olimlarning koʻp yillar davomida ta’lim tizimida: