SHAXSGA YOʻNALTIRILTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Glo-
ballashuv sharoitida ta’lim shaxsni har tomonlama voyaga etkazish,
unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllanti-
rishda muhim oʻrin tutadi. Bugungi tezkor davr imkoniyati chek-
langan bolalarni ham qisqa muddatda va asosli ma’lumotlar bilan
qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta oʻzlashti-
rilishi uchun zarur shartsharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda.
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatla-
riga koʻra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil,
tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yoʻnaltirilishi
talab qilinmoqda. Oʻzida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan
ta’lim shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim deb nomlanadi.
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim – imkoniyati cheklangan bolaning
fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi,
oʻziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan
ta’lim Bu ta’lim oʻqitish muhitining imkoniyati cheklangan bola
imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga koʻra ta’lim
muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim hamda tarbiya jarayonini
10
Беспалько В.П. Педагогика и прогрессивные технологии обучения. – М.: ИРПО, 1996.
186
toʻlaligicha imkoniyati cheklangan bolaning shaxsiy imkoniyatlarini
roʻyobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolot-
ga etishini ta’minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda
tutadi.
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limning oʻziga xos jihati ta’lim
oluvchi shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun
qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat Bu turdagi ta’lim imkoniyati
cheklangan bolalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi
sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyat-
larini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta’limni tashkil etishda
pedagoglardan har bir imkoniyati cheklangan bola imkon qadar
individual yondashishni, uning shaxsini hurmat qilishni, unga
ishonch bildirish taqozo etiladi. Qolaversa, shaxsga yoʻnaltirilgan
ta’lim oʻqitish jarayonining ishtirokchilari pedagog-imkoniyati chek-
langan bola yoki imkoniyati cheklangan bola-imkoniyati cheklangan
bola, imkoniyati cheklangan bola-imkoniyati cheklangan bolalar
guruhi, imkoniyati cheklangan bola-imkoniyati cheklangan bolalar
jamoasi tarzida oʻzaro hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol
toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini
ifodalaydi.
Pedagog inklyuziv ta’lim jarayonida shaxsga yoʻnaltirilgan
ta’lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat’iy rioya
etishi kerak. Ushbu talablar quyidagilaran iborat:
➢
har bir imkoniyati cheklangan bolani alohida, oʻziga xos
shaxs sifatida koʻra olishi;
➢
imkoniyati cheklangan bolani hurmat qilishi;
➢
imkoniyati cheklangan bolaning ruhiy holatini toʻgʻri
baholay olishi;
➢
imkoniyati cheklangan bolaning xohish-istak, qiziqishlarini
inobatga olishi;
187
➢
har bir imkoniyati cheklangan bolaga tolerant munosabatda
boʻlishi;
➢
imkoniyati cheklangan bolaning kuchi, imkoniyati va
intilishlariga ishonch bildirishi;
➢
har bir imkoniyati cheklangan bola uchun qulay ta’lim
muhitini yaratishi;
➢
imkoniyati cheklangan bolalarning mustaqil yoki kichik
guruhlarga erkin ishlashlari uchun imkoniyat yaratish;
➢
imkoniyati cheklangan bolalarni oʻz faoliyatlarini mustaqil
nazorat qilish, faoliyati samaradorligini aniqlash, yutuqlarning
omillari va yoʻl qoʻyilgan xatolarning oqibatlarini tahlil qilish
oʻrgatish;
➢
ta’lim jarayonida hech bir imkoniyati cheklangan bolaga
tazyiq oʻtkazmaslik;
➢
alohida imkoniyati cheklangan bolaning kamchiliklarini
boʻrttirib koʻrsatmaslik;
➢
bordi-yu, imkoniyati cheklangan bola tomonidan bilimlarni
oʻzlashtira olmaslik, ta’lim jarayonida oʻzini odobsiz tutish holati
qayd etilsa, u holda qat’iy xulosa chiqarmasdan, buning sabablarini
aniqlash;
➢
aniqlangan sabablar asosida imkoniyati cheklangan bolaning
sha’ni, gʻururiga ziyon etkazmagan holda u tomonidan bilimlarni
oʻzlashtira olmaslik, oʻzini odobsiz tutish kabi holatlarni bartaraf
etish;
➢
ta’lim jarayonida har bir imkoniyati cheklangan bola uchun
“muvaffaqiyat muhiti”ni yarata olish;
➢
har bir imkoniyati cheklangan bolaga ta’lim olisha muvaffa-
qiyatga erisha olishiga yordam berish;
➢
imkoniyati cheklangan bolaning qobiliyatini oʻstirish, shaxs
sifatida rivojlanishiga yordam berish.
188
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim imkoniyati cheklangan bolani
ta’lim tizimiga – pedagog sifatida har bir imkoniyati cheklangan
bolaning hurmati va ishonchini qozona olishi moslashtirishni emas,
aksincha, uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har
tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga etishi uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Bu turagi ta’lim imko-
niyati cheklangan bolalarni oʻz-oʻzini rivojlantirishga, mustaqil bilim
olishga, oʻzining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini toʻla namoyon
eta olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga
keltirishi zarur. Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim jarayonida imkoniyati
cheklangan bolalar oʻquv materialini oʻzlashtirishga ijodiy, tanqidiy
yonashishni, yangi gʻoyalarni ilgari surish, ularni asoslash, oʻz fikrini
himoya qilish, muammoli vaziyatlarda samarali echimni topish
koʻnikma, malakalarini oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Pedagog tomonidan ta’lim jarayonida innovatsion xarakterga
ega turli faol metodlarning qoʻllanilishi imkoniyati cheklangan
bolalarni rivojlantirish, qobiliyatlarini yanada oʻstirishga xizmat
qiladi.
Xususan:
➢
muammoli izlanish;
➢
kichik tadqiqotlarni olib borish;
➢
debat;
➢
bahs-munozara;
➢
evristik suhbat;
➢
kichik guruhlarda ishlash va b.
Mashgʻulotlarini tashkil etishda pedagoglar oʻquv axborotlari-
ning imkoniyati cheklangan bolalar bilim, koʻnikma, malaka va
tajribalariga tayangan holda ularni qiziqtira oladigan, fikrlashga,
ijodiy yondashishga undaydigan imkoniyatga ega boʻlishini ta’min-
lashga alohida e’tibor qaratishlari zarur.
189
Inklyuziv ta’lim jarayonida pedagoglar tomonidan:
➢
turli shakl, metod, vosita va texnologiyalardan samarali,
maqsadli foydalanish;
➢
oʻquv topshiriqlarini bajarishda imkoniyati cheklangan
bolalarga usullarni mustaqil tanlash imkonini berish;
➢
imkoniyati cheklangan bolani juftlikda, kichik guruhda va
jamoada ishlashini ta’minlash;
➢
mashgʻulotlarning loyihalashtirilishiga e’tiborning qaratili-
shi nafaqat oʻqitish sifatini yaxshilayi, samaradorligini oshiradi.
Eng muhimi pedagoglar oʻquv mashgʻulotlarining nafaqat
axborot berish, balki rivojlantirish xarakteriga ega boʻlishlariga
e’tiborni qaratishlari zarur. Shuningdek, muhokama qilinayotgan
masala, muammo, oʻrganilayotgan mavzu yuzasidan imkoniyati
cheklangan bolalarning mustaqil fikr bildirishlari (notoʻgʻri boʻlsa-
da, fikr bilirishlari)ga imkon berish, nima boʻlganda ham ularni
oʻylashga, fikrlashga undash shaxsga yoʻnatirilgan ta’limga xos
muhim belgilardan biri sanaladi.
Oʻqitishnig shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiyalariga quyidagi
asosiy tamoyillar xos boʻladi:
➢
insonparvarlik – yani insonga har tomonlama hurmat va
muhabbat koʻrsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga
ishonch bilan qarash, zoʻrlashdan toʻla voz kechish;
➢
hamkorlik – yani pedagog va imkoniyati cheklangan bolalar
munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;
➢
erkin tarbiyalash – yani shaxsga uning hayot faoliyatini keng
yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqilligini berish,
natijalarini tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib
chiqarish.
Shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiyalarning kommunaktiv asosi-
pedagogik jarayonda talabga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.
190
Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat boʻladi:
➢
pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, subyekt hisobla-
nadi;
➢
har bir imkoniyati cheklangan bola qobiliyat egasi, koʻpchi-
ligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;
➢
yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnasevarlik,
vijdon va boshqalar) shaxsning ustuvor hislatlari hisoblanadi;
Ayni vaqtda zamonaviy ta’limning quyidagi turlari farqlan-
moqda:
Shulardan quyida biz, inklyuziv ta’lim jarayonida imkoniyati
cheklangan bolalar o‘quv materiallarini o‘zlashtirishiga imkoniyat
yaratuvchi texnologiyalarni ko‘rib chiqamiz.
|