Pedagogik oʻyinlarning asosiy belgilari:
Bolaning hoxishiga ko‘ra
tanlangan erkin rivojlantiruvchi
faoliyat ekanligi
Ushbu faoliyatning ijodiy,
avvaldan tayyorlanmagan, juda
faol xarakteri
PEDAGOGIK O‘YINLAR
Faoliyatning hissiy
ko‘tarinkiligi, raqobatga
asoslanishi
Bilvosita va bevosita
qoidalarning mavjudligi
197
Ta’lim muassasalarida koʻp holatlarda rolli va kasbiy xarakterga
ega ishbilarmonlik oʻyinlarian foydalaniladi.
Muhimi pedagogik maqsadlarda qoʻllaniladigan oʻyinli texno-
logiyalarining asosini imkoniyati cheklangan bolalarning faollik va
tezkorlikka asoslangan faoliyati tashkil etadi.
Pedagogik oʻyinlar yangi oʻquv materialini oʻzlashtirish, mus-
tahkamlash, imkoniyati cheklangan bolaning ijodiy qobiliyatini rivoj-
lantirish, umumiy kasbiy tayyorgarlik koʻnikma, malakalaring shakl-
lantirish kabi masalalarni yechishga qaratiladi. Ular yordamida
imkoniyati cheklangan bolalar turli holatlardan oʻquv materialini
tushunish, uning negizida ma’lum koʻnikma, malaka va sifatni
oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ayni oʻrinda oʻyin metodikasiga koʻra guruhlangan oʻyin
texnologiyalarining mohiyati xususida soʻz yuritiladi.
1. Didaktik oʻyinlar – oʻrganilayotgan obyekt, hodisa, jarayon-
larni modellashtirish asosida oʻquvchilarning bilishga boʻlgan qizi-
qishlari, faolliklarini oshiradigan oʻquv faoliyati turi hisoblanadi. Bu
kabi oʻyinlar oʻquvchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va
oʻqish koʻnikmalarini faol oʻzlashtirishda muhim ahamiyatga ega
boʻlib, ularning ahamiyati natijalar bilan emas, balki jarayonning
mazmuni va kechishi bilan belgilanadi; bu kabi oʻyinlar bolalarni
ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi,
ulardagi turli psixologik zoʻriqishlarni kamaytiradi.
2. Syujetli oʻyinlar – pedagogik voqelik, hodisalar bayonining
muayyan izchilligi va unda ishtirok etayotgan shaxslar faoliyatining
oʻzaro bogʻliqligiga asoslangan oʻyinlar sanaladi. Bu kabi oʻyinlar
odatda pedagogik muammolarning yechimini izlash, ta’lim-tarbiya
jarayonida yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish,
shaxsni qayta tarbiyalash maqsadida qoʻllaniladi.
198
3. Rolli oʻyinlar – ma’lum bir shaxsning vazifa va majburiyat-
larini bajarishdagi ruhiy holati, xatti-harakatlar mohiyatini ochib
berishga yoʻnaltirilgan oʻyinlar, ularda rollar majburiy mazmuni
bilan taqsimlanadi. Rolli va ishbilarmonlik oʻyinlari oʻquvchilarni
muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodi-
salar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki koʻnikma-
malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirok-
chilari (M.: oʻquvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim
muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarning vakillari
va b.) sifatida turli rollarni bajarish imkoniyati cheklangan bolalarga
pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini
yaratsa, oʻquvchilarga ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga
nazariy, amaliy, eng muhimi, ruhiy jihatdan tayyorlanishga yordam
beradi.
4. Ishbilarmonlik oʻyinlari – ma’lum faoliyat, jarayon yoki
munosabatlar mazmunini yoritish, ularni samarali, toʻgʻri, oqilona
uyushtirishga doir koʻnikma, malaka hamda sifatlarni oʻzlashtirish
maqsadida tashkil etiladigan oʻyinlar. Bu turdagi oʻyinlar ta’lim
oluvchilarda aniq faoliyat yoʻnalishida zarur BKM va sifatlarni
shakllantirish yoki rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. Shu
jihatdan ishbilarmonlik oʻyinlari ishlab chiqarish jarayoni, kasbiy
faoliyatining modellashtirilishini anglatadi. Ishbilarmonlik oʻyini
imkoniyati cheklangan bolalarda kasbiy sifatlarni hosil qilish bilan
birga shaxsiy sifatlarni ham tarbiyalaydi, ularning ijtimoiylashuvini
ta’minlaydi.
5. Imitatsion oʻyinlar – ishlab chiqarish korxonalari, ish oʻrin-
lari, firmalar, tashkilotlarda xodimlar tomonidan amalga oshirila-
digan faoliyatni imitatsiyalash (taqlid qilish, koʻchirish) asosida
imkoniyati cheklangan bolalarni muayyan amaliy yoki kasbiy fao-
liyatga samarali tayyorlashga yoʻnaltiradigan oʻyinlar. Bu turdagi
199
oʻyinlar ssenariyasi, syujetidan tashqari, imitatsiya jarayon, obyekt-
larning tarkibiy tuzilmasi va ahamiyatini toʻla ochib berish maqsadia
modellashtiriladi. Imitatsion oʻyinlar jarayonida ta’lim oluvchilar
muayyan operatsiyalarni. M.: masalalar yechish, ma’lum bir usulni
oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻladi.
6. Dramatik oʻyinlar (psixologik va ijtimoiy dramalar) –
psixologik hamda ijtimoiy masalalarni hal qilishga yoʻnaltirilgan
oʻyinlar boʻlib, ular tashkil etilishi, metodik xususiyatlariga koʻra
rolli va ishbilarmonlik oʻyinlariga yaqin. Odatda psixologik va
ijtimoiy xarakterdagi dramatik oʻyinlar jamoadagi muhitni yaxshi-
lash, shaxslararo munosabatlarning ijobiy boʻlishiga erishish, mulo-
qotga kirisha olish, jamoada yagona birlikni qaror toptirish, oʻzga-
larning ruhiy holatini toʻgʻri baholash, ogʻir vaziyatlarga duch kelgan
subyektlarga yordam koʻrsatish hamda samarali, unumli faoliyat
koʻrsatish uchun zarur sharoitni yaratishga xizmat qiladi.
Barcha oʻyinlarda boʻlgani kabi pedagogik oʻyinlar jarayonida
ham ishtirokchi-imkoniyati cheklangan bolalar faol holatda boʻladi,
sheriklari bilan oʻzaro munosabatga kirishadi, shuningdek, oʻz
qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslash, jamoa bilan zarur muno-
sabatni oʻrnatish orqali oʻzini oʻzi oʻrganadi.
Pedagogik jarayonda oʻyinlarda foydalanishda ayrim jihatlarga
e’tibor qaratish lozim. Jumladan:
- oʻyin ssenariysini tayyorlash;
- yoʻriqnomalar tuzish;
- auditoriyani oʻyin mohiyatiga muvofiq jihozlash.
Pedagogik xarakterdagi oʻyinlarning tarkibiy tuzilmasi quyida-
gilardan iborat:
- oʻquv maqsadi;
- oʻyinning vazifasi;
- oʻrganiladigan muammo tafsiloti;
200
- oʻyin vaziyatining tafsiloti;
- ishtirokchilarning tasnifi
Ta’lim jarayonida oʻyin texnologiyalari qoʻllash quyidagilarga
asoslanadi:
- guruhni shakllantirish;
- mashgʻulotlarning bosh maqsadini ifodalash;
- muammoli vaziyatni vujudga keltirish;
- rollarni taqsimlash,
- oʻyin reglamentini oʻrnatish;
- materiallar, yoʻriqnomalar, qoidalar va
- koʻrsatmalar toʻplamini tarqatish;
- maslahat berish.
Oʻyin texnnologiyalarini qoʻllashda rollar qur’a tashlash yoʻli
bilan taqsimlanadi. Bunda rollar nomi yozilgan kichik qogʻozcha-
larda foydalanish mumkin. Rollarning imkoniyati cheklangan bolalar
oʻrtasida qur’a asosida taqsimlanishi kelib chiqish ehtimoli boʻlgan
noroziliklarning oldini oladi.
Oʻyin jarayonida belgilangan vaqt (reglament)ga, muloqot
odobiga rioya etish, faollik koʻrsatish hamda oʻyinni oxirigacha
davom ettirish kutilgan natijani kafolatlaydi. Shuningdek, quyidagi
omillar pedagogik maqsadlarda oʻyin texnologiyalaridan samarali
foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi:
- oʻyin ssenariysining puxta tayyorlanganligi;
- oʻyin maqsadi va vazifalarining toʻgʻri, aniq belgilanishi;
- oʻyin qoidalarining aniq, loʻnda (8 – 10 tagacha) ifodalanishi;
- oʻyin yoʻriqnomasining mavjudligi;
- imkoniyati cheklangan bolalarning oʻyin jarayoniga qiziqish-
lari;
- rollarning samarali, toʻgʻri taqsimlanishi;
- jamoada koʻtarinki kayfiyatning yuzaga kelishi;
201
- ishtirokchilarning bir-birlarini tushuna olishlari va qoʻllab-
quvvatlashlari;
- har ishtirokchining oʻyin natijasi uchun mas’uliyatni his etishi;
- barcha ishtirokchilar imkoniyatlarining yagona maqsadga
yoʻnaltirilishi.
Oʻyin jarayonida hech kim halaqit qilmasligi kerak. Bordi-yu,
zaruriyat boʻlsagina faqat boshlovchi ishtirokchilarning harakatlarini
tuzatishi, ularni toʻgʻri yoʻnaltirishi mumkin.
Har qanday jarayon singari oʻyin yakunida uning tashkil etilishi,
oʻtkazilishi yuzasidan muhokama oʻtkazilishi zarur. Muhokama cho-
gʻida oʻyin ishtirokchilari, tomoshabin (jamoaning oʻyinda ishtirok
etmagan a’zolari), ekspertlar oʻyinning tashkil etilishi va oʻtkazilishi
yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari, takliflarini bildiradi.
Muhokama jarayoni quyidagi tartibda tashkil etiladi:
- taqrizchilarni chiqishlari;
- fikrlar almashinuvi;
- ishtirokchilarning oʻz qarorlari va xulosalarini himoya qilish-
lari;
- oʻyinga yakun yasash.
Oʻyin texnologiyalarining metodik ta’minoti loyiha, oʻyinning
mezonlari, ish qogʻozlari (metodik koʻrsatmalar), oʻyin mohiyatini
yorituvchi hujjatlar (ssenariy) kabilardan iborat. Pedagogik jarayonda
qoʻllaniladigan oʻyinlar subyekt faoliyatini taqozo etadigan hamda
mashina (m.: kompyuter) oʻyinlari tarzda farqlanadi. Oʻyinlar cho-
gʻida turli vositalar (kompyuter, imitatsion trenajyorlar, sport anjom-
lari (koptok, arqon, halqa), xomashyolar (plastlin, yumshoq oʻyin-
choqlarni yasash uchun materiallar, rangli qalamlar, ish qogʻozlari,
oʻyinchoqlar, legolar, konstruksiyalar, dekoratsiyalar va b. kerak
boʻladi.
|