ASOSIY TURLARI
MODUL
TA’LIMI
HAMKORLIK
TA’LIMI
INTERFAOL
TA’LIM
DASTURLI
TA’LIM
INNOVATSION
TA’LIM
MUAMMOLI
TA’LIM
LOYIHAVIY
TA’LIM
RIVOJLANTIRUVCHI
TA’LIM
TABAQALASHTIRILGAN
TA’LIM
O‘YIN
TEXNOLOGIYALARI
191
MUAMMOLI TEXNOLOGIYALAR
Muammoli ta’lim bu – oʻquvchiga beriladigan bilimning qaysi
qismini, qanday yoʻl bilan berish muammosini samarali hal qilishga
qaratilgan oʻqituvchi faoliyatidir. Muammoli ta’lim darsda bir vaqt-
ning oʻzida oʻqituvchi va oʻquvchilarning hamkorlikdagi harakati
boʻlib, u oʻquvchi shaxsidagi muhim belgi ijodiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantiradi.
N.G.Dayri aytganidek, darsda oʻrganiladigan mazmunning
murakkab qismini oʻzlashtirishda oʻqituvchining faoliyati qanday
boʻlsa, oʻquvchi faoliyatini ham shu darajaga yetkazish muammoli
ta’limning asosiy maqsadidir.
Muammoli ta’lim – oʻquvchilarning erkin fikrlashlariga, oʻzi-
ning fikrini erkin bayon qila olishlariga va fikrlarini yanada rivoj-
lantirishga ta’sir etishidir. Muammoli ta’lim oʻqituvchidan aniq
harakat qilishni, darsning har bir minutini hisobga olishni, ushbu
vaqtda kerakli samara hosil boʻlishi uchun oʻzining barcha imko-
niyatlarini va mahoratini ishga solishni talab etadi. Bu masalani hal
etishning muhim sharti oʻqituvchining boʻlajak oʻquv mashgʻulotiga
tayyorgarligidir.
Tayyorgarlik jarayonida muammoli ta’limning barcha koʻri-
nishlarini hisobga olish va uni usulini ishlab chiqish zarur. Muammoli
ta’limga tayyorgarlik koʻrishda oʻqituvchilar qator qiyinchiliklarga
duch keladilar. Bu qiyinchiliklarni yengishda oʻqituvchini inno-
vatsion ijodiy laboratoriyasining ahamiyati katta.
Muammoli ta’lim an’anaviy ta’limning salbiy jihatlarini barta-
raf etish maqsadida yuzaga kelgan insonni fikrlash, xotirasini mus-
tahkamlash va ekspluatatsiya qilish asnosida yuzaga kelgan. Fanda
muammoli oʻqitish bilan aloqador ikkita tushuncha ishlatiladi:
“muammo” va “muammoli vaziyat” tushunchalari. Ayrim hollarda
ular sinonimdek tushunilsada, lekin bu atamalar bilan belgilangan
192
ob’yektlar oʻz hajmi bilan farqlanadi. Muammo muammoli masalalar
ketma-ketligiga ajraladi. Muammoli ta’lim shunday shaklki, u ta’lim
jarayoni sub’yektlarini muammoli izlanish asosida bilim olishiga
asoslanadi. Bu jarayonda ular ilmning ob'yektiv qarama-qarshilik-
lariga, ijtimoiy va kasbiy amaliyot hamda ularni hal etishda, fikr-
lashda, samarali muloqotga kirishish va bilimlarni ijodiy oʻzlashti-
radilar. Oʻqitishni bunday shakllanishining asosi muammoli vaziyat-
lar hisoblanadi.
Koʻplab olimlar (T.V.Kudryavsev, A.M.Matyushkin, S.L.Ru-
binshteyn, I.Y.Lerner, M.N.Skatkin, M.Maxmutov, R.A.Mavlonova
va boshqalar) muammoli ta’limning afzal jihatlari haqida fikr yuritib,
u shaxsda bilimlarni oʻzlashtirish, ijodkorlik, izlanuvchanlik, tanqi-
diy fikrlash kabi xususiyatlarni shakllantirishni, fikrlash va ta’limdagi
muammoli vaziyatning chuqur psixologik xarakteristikasini ifoda-
laganlar.
Psixologlarning ta’kidlashicha, fikrlash doimo muammo yoki
savoldan, ajablanish yoki tushuna olmaslikdan va ziddiyatdan bosh-
lanadi (S.O.Rubinshteyn). Ana shularga koʻra, pedagogika nazariyasi
va amaliyoti asosini oʻquv muammosi tashkil etadigan ta’limga
muammoli yondashish tushunchasi faol kirib kela boshladi. Bu
muammoning mohiyati oʻquvchiga ma’lum koʻnikma va malakalar
bilan tushunish hamda tushuntirish uchun ilgarigi bilimlar kamlik
qiladigan voqealar oʻrtasidagi didaktik ziddiyatlardan iboratdir.
Bunday ziddiyat ijodiy oʻzgartirishga turtki boʻladi (M.Maxmutov).
Muammoli vaziyat – oʻquvchining ma’lum psixik holatidir.
Bunday holat biror topshiriqni bajarish (masala yechish, savolga
javob topish) jarayonida ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi.
Ana shu ziddiyatni anglash oʻquvchilarda predmet toʻgʻrisidagi, ishni
bajarishning usuli yoki shartlari haqidagi yangi bilimlarni izlash
ehtiyojini uygʻotadi.
193
Oʻtgan asrning 60-yillarida muammoli ta’lim L.Rubinshteyn,
M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Y.Lerner kabi tadqiqotchilarning qarash-
lari negizida yanada rivojlangan. S.L.Rubinshteynning “Tafakkur
muammoli vaziyatdan boshlanadi” degan gʻoyasi muammoli ta’lim-
ning psixologik asosi sifatida qabul qilingan.Muammoli ta’limning
bir necha turlari mavjud. M.N.Skatkin oʻz ishlarida muammoli
ta’limning quyidagi turlari borligiga urgʻu beradi.
Pedagogika sohasida koʻpholatlarda “muammo” tushunchasi
tashkiliy-pedagogik, psixologik, ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni
hal qilishda qoʻllaniladi. Soha nuqtai nazardan pedagogik jarayonda
quyidagi xarakterdagi muammolarga murojaat qilinadi:
- didaktik xarakterdagi muammo;
- amaliy xarakterdagi muammo;
- ilmiy-metodik xarakterdagi muammo;
- sof ilmiy xarakterdagi muammo.
Ma’lum bilimlar, noma’lum bilimlar va mavjud tajriba muam-
moning tarkibiy qismlari sifatida namoyon boʻladi. Ta’lim jarayonida
masalani qoʻyishda mavjud shart-sharoitlarni aniqlashda muammo
fundamental asos sifatida namoyon boʻladi.
Pedagogik jarayonda imkoniyati cheklangan bola “muammo”ga
emas, balki muammoli vaziyatga roʻpara qilinadi.
Darhaqiqat, muammoli vaziyat deganda imkoniyati cheklangan
bolanining hozirda yoki kelgusida ta’lim maqsadiga erishishi uchun
xavf tugʻdiraigan vaziyat tushuniladi.
|