Pedagogik texnologiya –
oʻquv jarayonini realizatsiyalashning
mazmuniy texnikasi (V.P.Bespalko)
9
;
Pedagogik texnologiya – ta’limning rejalashtirilayotgan natija-
larga erishish jarayoni tavsifi (V.P.Volkov);
Pedagogik texnologiya – shubhasiz, oʻquvchi va oʻqituvchi
uchun qulay sharoit ta’minlangan, oʻquv jarayonini loyihalash, tash-
kil qilish va oʻtkazish boʻyicha birgalikdagi pedagogik faoliyatning
barcha detallari hisobga olingan modeli (V.M.Moxanov);
Pedagogik texnologiya – texnika va inson resurslarini hisobga
olgan, oʻz oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini
qoʻyadigan oʻqitish va bilim oʻzlashtirishning butun jarayonini
qoʻllash va belgilash, yaratishning sistemali metodi (YUNESKO).
Pedagogik texnologiyaning maqsadi – ommaviy ta’lim
sharoitida ta’lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta’minlash va
oʻquvchilar tomonidan oʻqishning koʻzlangan natijalariga erishish
kafolatidan iboratdir. Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi –
ommaviy ta’lim sharoitida “oddiy” pedagoglarga oʻqitishning yetarli
samarasiga erishishni ta’minlovchi, oʻquv jarayonini yaratish
hisoblanadi. Oʻqituvchi-oʻquvchilar faoliyatning samaradorligini
9
Беспалько В.П. Педагогика и прогрессивные технологии обучения. – М.: ИРПО, 1996. –
336 c.
183
ta’minlash uchun ularning e’tiborlariga quyidagi jadvallarni taqdim
etish maqsadga muvofiqdir: Videotahlil ham zamonaviy ta’limda
soʻnggi yillarda tobora ommalashib borayotgan metodlardan biri
boʻlib, u mavzu boʻyichaoʻquv materialining oʻquvchilar tomonidan
obrazli oʻrganilishiga yordam beradi. Muayyan nazariy yoki amaliy
ma’lumotlar videotasvir yordamida oʻquvchilarga yetkazilib beriladi.
Ta’lim amaliyotida videotahlil sifatida oʻquv koʻrsatuvlari, slaydlar,
diafilmlardan samarali foydalanish tajribasi mavjud. Mazkur metod-
dan foydalanish uchun ma’lum texnik vositalar, chunonchi, video-
kamera hamda tasvirni ekranga uzatish qurilmalarining mavjud
boʻlishi talab etiladi, shuningdek, mashgʻulot tashkil etilayotgan xona
ma’lum darajada jihozlanishi (masalan, xonada yorugʻlikni kamayti-
rish imkonini beruvchi moslamalar boʻlishi) lozim. Video tasvir
yordamida oʻquvchilarga oʻquv materialini yetkazib berishda oʻqi-
tuvchining kasbiy tayyorgarlikka, ijodkorlik, tashabbuskorlik, tashki-
lotchilik kabi qobiliyatlarga ega boʻlishigina emas, shu bilan birga
texnik vositalar bilan ishlay olish koʻnikmalariga egaligi ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni oʻqi-
tish jarayonida korreksion-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishga oid
bilimlarni egallashga, inklyuziv ta’lim jarayonida ijodiy izlanuvchan-
lik bilan yondashish, mulohazalar zanjirini mantiqiy qura olish, qizi-
qarli materialni tanlash, oʻrganilayotgan obyektlarning xossalarini
isbotlash boʻyicha malakalar va koʻnikmalarni shakllantirishga, oʻz
bilim va malakalarini mustaqil toʻldirib borish koʻnikmalarini
rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarni qoʻllash ijobiy samara
beradi. Inklyuziv ta’limda pedagogik texnologiyalarni qoʻllash
jarayonida bolalarni oʻquv imkoniyatlari – bunda tahsil oluvchi-
larning yoshi, darslarga tayyorgarlik darajasi, jamoadagi oʻzaro
munosabatlar, oʻz-oʻzini boshqarish qobiliyatlarini e’tiborga olish
lozim. Inklyuziv ta’limda pedagogik texnologiyalarni qoʻllashga
184
binoan ta’lim metodlarini tanlashda yuqorida keltirilgan mezonlarga
asoslangan holda oʻquv jarayonlarini toʻliq loyihalashtirish orqali
tashkil etiladi va berilgan oʻquv materiallari mazmuni ular ongiga tez,
oson singdirilishiga hamda ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanishiga
erishiladi. Rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar shaxsiy sifatlari
shakllanishida, nutqiy rivojlanishning va nutqiy muloqotni amalga
oshirishda interfaol oʻyinlarning ahamiyati katta. Ma’lumki, rolli
oʻyinlar obyektiv olamdagi inson amaliy faoliyatini shartli ravishda
aks ettirishda, ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Rollarga asoslangan oʻyinlar rivojlanishida nuqsoni
boʻlgan bolalar nutqini faollashtiradi va motivlashtiradi. Oʻyin bola-
larning tabiiy va sevimli faoliyatidir. Shuning uchun ta’lim-tarbiya
berish, ularni amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini hosil qilishda
mashgʻulotlarni yosh xususiyatlariga muvofiq oʻyin tariqasida uyush-
tirishga e’tibor berilmoqda. Haqiqatan ham, bola har qanday mash-
gʻulotga qaraganda, oʻyinga tez intiladi va qiziqadi. Rollarga asos-
langan oʻyin ta’lim usuli sifatida bolalarni uyushtiradi va bilim
imkoniyatlarini kengaytirib, shaxs sifatida shakllantiradi. Rolli
oʻyinlar bolaning erkin fikrlashi, suhbatdoshiga nimanidir aytishi,
soʻrashi, isbot qilishi, tushuntirishiga imkoniyat yaratadi. Dialogdan
farqli ravishda, rolli oʻyinlar nimaga (motiv) va nima uchun (maqsad,
sabab) kabi savollarga javob beradi. Shunday qilib, oʻyinda qatna-
shayotgan bolalarning asosiy diqqatini suhbat mazmuniga qaratadi.
Bolalar oʻyin jarayonida suhbatni boshlash, suhbatdoshi nutqini
anglash, savollar berish, savollarga javob berish kabi malakalarni
egallaydilar. Rolli oʻyin bolalar guruhi tomonidan qiziqib qabul
qilingan, ularga tanish boʻlishi kerak. Oldindan har bir obrazni
izohlab berish lozim. Bola oʻyin jarayonida ikkilamchi darajali
rollarda ishtirok etishi mumkin, bosh rolda emas. Bu holda rolli –
oʻyin ta’limning an’anaviy usullaridan biriga aylanib qoladi. Mulo-
185
qotda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni oʻyin jarayonida emas, balki
undan keyin muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Bolalar nutqini
rivojlantirish davomida mustaqil fikrlashga, izlanuvchanlikka va
umumlashtirishga undovchi usullarni qoʻllash muhim ahamiyatga
ega. Bolalarni yangi material bilan tanishtirishda, oldin oʻzlashti-
rilgan bilimlarni mustahkamlashda, ularning soʻz boyligini oshirish
va tafakkurini rivojlantirishda didaktik oʻyinlardan foydalanish mum-
kin. Bolalarga individual yondashib, mos topshiriq berish ularning
qobiliyatini oʻstirishni ta’minlaydi
10
.
|