217
tarzida namoyon boʻladi. Bu esa ilgari surilgan gʻoyalarni umumlash-
tirish va ular oʻrtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
“Klaster” metodidan foydalanishda
quyidagi shartlarga rioya
qilish talab etiladi:
1.
Nimaniki oʻylagan boʻlsangiz, shuni qogʻozga yozing.
Fikringizning sifati toʻgʻrisida oʻylab oʻtirmay, ularni shunchaki
yozib boring.
2.
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan toʻxta-
mang. Agar ma’lum muddat biror bir gʻoyani oʻylay olmasangiz, u
holda qogʻozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni
yangi gʻoya tugʻulguncha davom ettiring.
3.
Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor
bermang.
4.
Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar koʻproq yangi
gʻoyalarni ilgari surish hamda mazkur gʻoyalar oʻrtasidagi oʻzaro
aloqadorlikni, bogʻliqlikni koʻrsatishga harakat qiling. Gʻoyalar
yigʻindisining sifati va ular oʻrtasidagi aloqalarni koʻrsatishni
cheklamang.
“TAJRIBA VOSITASIDA OʻQITISH SIKLI” METODI
Mazkur metod quyidagi 4 omil asosida quriladi:
1.
Reflektiv kuzatish;
2.
Abstrakt xulosalash;
3.
Faol tajriba olib borishga
tayyorlanish;
4.
Aniq tajriba oʻtkazish.
Yuqorida qayd etilgan omillarning har biri muayyan gʻoyaga
asoslanadi. Chunonchi:
1.
Oʻquvchilar uchun mashqlar mazmunini tanqidiy oʻrganish va
ular ustida fikr yuritish imkoniyatini beruvchi sharoit yarat (reflektiv
kuzatish);
2.
Oʻquvchilarga zarur nazariy bilimlarni ber;
218
3.
Muammo yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirish va
xulosalash uchun sharoit yarat(abstrakt xulosalash);
4.
Oʻquvchilarga mukammal shakllangan, ayni vaqtda yana bir
bor tekshirib chiqilishi lozim boʻlgan
mashqlarni ishlab chiqish
imkonini ber (faol tajriba olib borishga tayyorlanish);
5.
Yakuniy xulosani shaxsiy tajribadan oʻtkaz va faoliyatda
undan foydalan (aniq tajriba oʻtkazish).
“QORA QUTI” METODI
Ta’lim jarayonida mazkur metodni qoʻllashdan maqsad oʻquv-
chilar tomonidan mavzuni puxta oʻzlashtirishga erishish bilan birga
ularni faollikka undash, ularda hamkorlikda ishlash, ma’lum vaziyat-
larni boshqarish hamda mantiqiy tafakkur yuritish koʻnikmalarini
shakllantirishdan iborat. Metoddan foydalanishda quyidagi harakat-
lar tashkil etiladi:
✓
oʻquvchilar juftlikka biriktiriladi;
✓
juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy tushuncha-
lar (tayanch soʻzlar, sanalar,
belgilar, raqamlar va ...)ni kartochka-
larga qayd etish vazifasi yuklanadi;
✓
oʻqituvchi oʻquvchilar bilan hamkorlikda guruhlar tomoni-
dan topshiriqning bajarilishini tekshiradilar;
✓
topshiriqni toʻgʻri bajargan guruhning bir a’zosi oʻqituvchi
rolini bajaradi va topshiriqning yechimini yozuv taxtasiga yozadi;
✓
sinf oʻquvchilari yozuv taxtasida qayd etilgan fikrni sharh-
laydilar (tayanch soʻzlar, sanalar, belgilar, raqamlar va ...
qanday
ma’noni anglatishini aytadilar);
✓
toʻgʻri javob bergan oʻquvchi oʻqituvchi rolini bajarib,
juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi sxema,
jadval yoki tasvir
yaratishni topshiradi va oʻqituvchi yordamida topshiriqning bajari-
lishini tekshiradi.