3.2. INKLYUZIV VA KORREKSION TA’LIMDA
QOʻLLANUVCHI INTERFAOL USULLAR
Interfaol («
Inter
» – bu oʻzaro, «
act
» – harakat qilmoq) – oʻzaro
harakat qilish (yoki kim bilandir suhbatda, muloqotda boʻlish)ni
anglatadi. Interfaol ta’limning mohiyati – oʻquvchilarni bir-birlaridan
oʻrganishlariga yoʻnaltirilgan ta’lim ekanligi.
Interfaol ta’lim, interfaol uslublar muntazam muloqotga
asoslangan uslublar tizimi boʻlib, oʻquvchilarning hamkorlikdagi va
faol ishtirokidagi ta’lim va uslublar tizimi hisoblanadi. Boshqacha
aytganda,
oʻqitishning interfaol
uslublari – bilish va kommunikativ
faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli boʻlib, unda ta’lim oluv-
chilar bilish jarayoniga jalb qilingan boʻladilar, ular biladigan va
oʻylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega boʻla-
dilar. Interfaol darslarda oʻqituvchining oʻrni qisman oʻquvchilarning
faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yoʻnaltirishga olib keladi. Bu
uslublarning oʻziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va oʻquv-
chilarning birgalikda faoliyat koʻrsatishi orqali amalga oshiriladi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.
Pedagogik texnologiya nima? Ta’rifini ayting.
2.
Nogiron bolalarning ta’limida qanday pedagogik
texnologiyalaridan foydalangan ma’qul?
3.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nima?
4.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalaridan inklyuziv
ta’limda foydalanish mazmuni va tartibi qanday?
5.
Pedagogik o‘yinning asosiy belgilarini ayting.
203
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida oʻqitishning zamonaviy
metodlari keng qoʻllanilmoqda. Oʻqitishning zamonaviy metodlarini
qoʻllash oʻqitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib
keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib
chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab
qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-
tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning oʻzlashtirish
darajasi oʻsishiga olib keladi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-
tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qoʻllash borasida katta tajriba asoslarini
tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.
Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng koʻp tarqalgan va barcha
turdagi ta’lim muassasalarida keng qoʻllanayotgan metodlardan
hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari
koʻp boʻlib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini
amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Ama-
liyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegish-
licha qoʻllash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini
ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun toʻgʻri tanlash muam-
mosini keltirib chiqargan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim
beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ular-
ning ta’lim jarayonida faolligi muttasil ragʻbatlantirib turilishi, oʻquv
materialini kichik-kichik boʻlaklarga boʻlib, ularning mazmunini
ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara,
muammoli vaziyat, yoʻnaltiruvchi matn, loyiha, rolli oʻyinlar kabi
metodlarni qoʻllash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni musta-
qil bajarishga undash talab etiladi.
204
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni oʻzaro mulo-
qotda, oʻzaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan
hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat oʻquvchi-
imkoniyati cheklangan bolani mustaqil fikrlashga oʻrgatib, mustaqil
hayotga tayyorlaydi.
Oʻqitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi,
ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, oʻquv muassasasining
oʻquv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, oʻqituvchining peda-
gogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.
Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruv-
chi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida
ta’lim oluvchi boʻlgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qoʻllanil-
ganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi.
Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi
markazda boʻlgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda
namoyon boʻladi:
▪
ta’lim samarasi yuqoriroqboʻlgan oʻqish-oʻrganish;
▪
ta’lim oluvchining yuqori darajada ragʻbatlantirilishi;
▪
ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;
▪
ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga
muvofiqlashtirilishi;
▪
ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining
qoʻllab-quvvatlanishi;
▪
amalda bajarish orqali oʻrganilishi;
▪
ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Shunday qilib, fanlarni oʻqitish jarayonida interfaol metodlar-
dan foydalanish oʻziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida
foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab oʻrganish va
amalda qoʻllash oʻquvchi-imkoniyati cheklangan bolalarning fikrla-
shini kengaytiradi hamda muammoning toʻgʻri echimini topishlariga
205
ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Oʻquvchi-imkoniyati cheklangan bolalarning
ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muam-
molar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda oʻquvchi-imkoniyati
cheklangan bolalarning bilim, koʻnikma, malakalari kengayishi va
chuqurlashishiga erishiladi.
Yuqorida aytilganlardan interfaol ta’lim metodlarini tegishlicha
tahlil qilish va shu asosda ularni tasniflash zarurati ma’lum boʻladi.
Quyida ushbu masala yuzasidan umumiy mulohazalarni keltiramiz.
Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol
ta’lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mum-
kin.
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyida-
gilar sanaladi:
1.
Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “Oʻquv keyslari”),
“Blist-soʻrov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim”
va b.
2.
Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”,
“Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”,
“Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan
interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga
yondashuv ma’lum ma’noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga
asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham koʻproq jihatdan interfaol
ta’lim metodlariga tegishli boʻlib, ularning orasida boshqa farqlar
yoʻq.
3.
Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”,
“Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”,
“Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik orga-
nayzerlarni ajratishda bunday mashgʻulotlarda asosiy fikrlar turli
grafik shakllarda yozma koʻrinishda ifodalanishiga asoslaniladi.
Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham koʻproq jihatdan
206
interfaol ta’lim metodlariga tegishli boʻlib, ularning orasida boshqa
farqlar yoʻq.
Interfaol ta’lim metodlarini koʻpincha turli shakllardagi oʻquv
mashgʻulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qoʻllanmoqda. Bu
metodlarni qoʻllash mashgʻulot ishtirokchilarining faolliklarini oshi-
rib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.
Oʻqituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik koʻrishida metodlar
va metodik usullarni tanlash – bu ularning oʻzaro almashinuvini vaqt
va didaktik maqsad boʻyicha muvozanatlashtirish demakdir. Pirovard
natijasida imkoniyati cheklangan bolalar aqliy va amaliy faolligining
yuqori darajasini ta’minlashga sharoit yaratiladi.
Toʻgʻri qoʻllanilgan metodlar obyektiv voqelikka oid bilimlarmi
chuqurlashtiradi va yaxlit hamda mashgʻulotning ilmiy- nazariy
darajasini oshiradi. Ketma-ket saralangan oʻqitish metodlari ma’lum
darajada bilish va kasbiy qiziqishini rivojlantirishga, mustaqil amaliy
faolyatni faollashtirishga olib keladi.
Ta’lim mazmuning interfaol metodlar bilan aloqasi. Shunday
qilib, biz oʻqitish metodlarini tanlashni takomillashtirishning birinchi
muhim shartini ularni tizimlashni, oʻquv jarayonini rejalashtirish
muolajalariamaliyotida qoʻllash bilan bogʻliqlikni aniqlashtiradigan
yaxlit yondashuvni tavsifladik.
Pedagogikada an’anaviy metodlarni tanlash mezonlari katta
miqdorda ishlab chiqilgan, keyingi yillarda didaktik olimlarning
ishlarida ularning yigirmadan ortigʻi keltiriladi.
Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta’lim metodlarini
tanlash nimalarga bogʻliq, degan masaladir.
Interfaol metodlarni tanlash mezoni – ularning ta’lim va tar-
biyani rivojlantirish masalarni yechishga yuqori yoʻnalganligidir. Bu
mezon turli xil metodlarni u yoki bu doiradagi vazifalarni yechish
imkoniyatlarini baholash yoʻli bilan joriy etiladi, chunki ijtimoiy
207
tajriba elementlarini oʻzlashtirishda ularning imkoniyatlari turlicha-
dir.
Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning
ta’lim mazmuni xususiyatiga mos kelishdir.
Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi.
Shu bousdan bu mezonning hisobga olinishi shubhasiz. Bir metod
yordamida mavzu mazmuni toʻlaroq ochib berilsa, boshqasi uni
ijobiy oʻzlashtirishga imkon tugʻdiradi. Interfaol metodlarning tan-
lashning yana bir mezoni ularning imkoniyati cheklangan bolalar
oʻquv imkoniyatlariga toʻliq mos kelishi, ya’ni samarali oʻquv fao-
liyati uchun ichki va tashqi shart-sharoitlarining birligini ta’minlash-
dir.
Interfaol oʻqitish metodlaridan foydalanishda pedagogning
xususiy imkoniyatlariga mos kelishi lozim. Bu pedagogning oʻqitish
metodlari nazariyasi va amaliyoti bilan oʻqitsh jarayoning qonu-
niyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim mazmuni nazariyasi va
boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini hisobga
oladi. Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan keyingisi – ularning
oʻquv jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir.
Darvoqe, oʻqitishning yalpi,guruhli va individual shakllari
turlicha metodlarni talab etadi. Misol uchun debat metodi ikki im-
koniyati cheklangan bola oʻrtasidagi bahs hisoblansa, “aqliy hujum-
da” guruhdagi barcha imkoniyati cheklangan bolalarning ishtiroki
zarur boʻladi. Interfaol mtedlarning pedagogik texnologik prinsipla-
riga mos kelishi umumlashtiruvchi mezon hisoblanadi.
Ma’lumki, pedagogik texnolgiya ham ma’lum qonuniyatalar
asosida loyihalanadi va oʻquv jarayonini tashkil etishga asos yaratadi,
joriy qilingach esa yakuniy natijani, imkoniyati cheklangan bolaning
u yoki mavzuni mustaqilligini ta’minlaydi. Ta’limning umumiy
maqsadidan kelib chiqib oʻqitishning ayni bosqichidagi tarbiyaviy va
208
rivojlantiruvchi masalarni yechish zaruratni hisobga olgan holda
ajratilgan variant tahlillanadi va baholanadi. Zamonaviy ta’limni
tashkil etishga qoʻyiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va
jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga
erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni oʻquv-
chilarga yetkazib berish,ularda ma’lum faoliyat yuzasidan koʻnikma
va malakalarni hosil qilish, shuningdek, oʻquvchilar faoliyatini
nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, koʻnikma, malaka
darajasini baholash oʻqituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda
ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi. Peda-
gogik texnologiya oʻz mohiyatiga koʻra subyektiv xususiyatiga ega,
ya’ni, har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini oʻz imkoniyati,
kasbiy mahoratidan kelib chiqib holda ijodiy tashkil etishi lozim.
Didaktikaga oid adabiyotlarda ta’lim metodlarini toʻgʻri tanlash
va ularni qoʻllash samaradorligining turli omillar bilan bogʻliqliklari
quyidagicha qayd qilinadi:
birinchidan, oʻquv mashgʻulotlarining didaktik maqsadlari va
vazifalariga bogʻliq;
ikkinchidan, bayon qilinadshan materialning harakteriga bogʻ-
liq;
uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish daraja-
siga bogʻliq;
toʻrtinchidan, oʻquv jarayonida oʻrganilayotgan fan asoslarining
muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bogʻliq;
beshinchidan, oliy oʻquv yurti yoki kafedraning sharoitlariga
bogʻliq;
oltinchidan, oʻquv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan
bogʻliq;
209
yettinchidan, oʻqituvchining pedagogik mahorati, uning tayyor-
garligi va oʻquv jarayonini tashkil etish darajasi hamda oʻqituvchi-
ning hozirgi zamon metodlari boʻyicha bilimlariga bogʻliq.
Shunday qilib, inklyuziv ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni
oʻqitishning zamonaviy shakl va metodlariga muvofiq tashkil etila-
digan koʻpqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. Bunda har
bir shakl oʻz oldiga qoʻygan vazifalarni bajaradi, lekin shakl va
metodlar toʻplami yagona didaktik majmuani hosil qiladi. Bu didak-
tik majmuaning amalga oshirilishi esa, oʻquv jarayonining psixolo-
gik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qoʻyiladigan muhim talab-
lardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt
ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan
nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum
faoliyat yuzasidan koʻnikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek,
o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan
bilim, koʻnikma va malakalar darajasini baholash oʻqituvchidan
yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yan-
gicha yondashuvni talab etadi.
Pedagogik texnologiya oʻz mohiyatiga koʻra subyektiv xususi-
yatga ega. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etili-
shidan qat’iy nazar texnologiyalar:
➢
pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;
➢
oʻqituvchi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni qaror toptirishi;
➢
o‘quvchilar tomonidan oʻquv predmetlari boʻyicha puxta
bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
➢
o‘quvchlarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash koʻnikmalarini
shakllantirishi;
➢
o‘quvchilarning oʻz imkoniyatlarini roʻyobga chiqara olishlari
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;
210
➢
pedagogik
jarayonda
demokratik
va
insonparvarlik
gʻoyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
Quyida inklyuziv ta’lim jarayonida keng qoʻllanilayotgan
oʻqitishning zamonaviy metodlari keltirildi.
|