“6×6×6” METODI
“6×6×6” metodi yordamida bir vaqtning oʻzida 36 nafar oʻquv-
chini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki
masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imko-
niyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu
metod asosida tashkil etilayotgan mashgʻulotda har birida 6 nafardan
ishtirokchi boʻlgan 6 ta guruh oʻqituvchi tomonidan oʻrtaga tashlan-
gan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yet-
gach oʻqituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan
guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil boʻladi.
Yangidan shakllangan guruh a’zolari oʻz jamoadoshlariga guruhi
tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon
etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
“6×6×6” metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:
— guruhlarning har bir a’zosining faol boʻlishiga undaydi;
— ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’min-
laydi;
— guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish koʻnik-
malarini hosil qiladi;
213
— ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shu-
ningdek, oʻz fikrini himoya qilishga oʻrgatadi.
Eng muhimi, mashgʻulot ishtirokchilarining har bir qisqa vaqt
(20 daqiqa) mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi,
ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi.
Ushbu metodni 5, 6, 7 va 8 nafar oʻquvchidan iborat boʻlgan bir
necha guruhlarda qoʻllash mumkin. Biroq yirik guruhlar oʻrtasida
“6×6×6” metodi qoʻllanilganda vaqtni koʻpaytirishga toʻgʻri keladi.
Chunki bunday mashgʻulotlarda munozara uchun ham, axborot
berish uchun birmuncha koʻp vaqt talab etiladi. Soʻz yuritilayotgan
metod qoʻllanilayotganda mashgʻulotlarda quruhlar tomonidan bir
yoki bir necha mavzuni qilish imkoniyati mavjud.
“6×6×6” metodidan ta’lim jarayonida foydalanish oʻqituvchi-
dan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga
muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega boʻlishni talab etadi.
Guruhlarning toʻgʻri shakllantirmasligi topshiriq yoki vazifalarning
toʻgʻri hal etilmasligiga sabab boʻlishi mumkin. Bu metod yordamida
mashgʻulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1.
Oʻqituvchi mashgʻulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga
6 tadan stul qoʻyib chiqadi.
2.
Oʻquvchilar oʻqituvchi tomonidan 6 ta guruhga boʻlinadi.
Oʻquvchilarni guruhlaga boʻlishda har oʻrindiqni nomlab, nomlangan
varaqchalarni olganlar oʻz oʻrinlariga joylashadilar.
3.
Oʻquvchilar joylashib olganlaridan soʻng oʻqituvchi mash-
gʻulot mavzusini e’lon qiladi va guruhlarga muayyan topshiriqlarni
beradi. Ma’lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi.
4.
Oʻqituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli
oʻrinlarda guruh a’zolariga maslahatlar beradi, yoʻl-yoʻriqlar koʻrsa-
tadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning toʻgʻri hal
214
etilganligiga ishonch hosil qilganidan soʻng guruhlardan munoza-
ralarni yakunlashlarini soʻraydi.
5.
Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, oʻqi-
tuvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Qaytadan shakllangan
guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil boʻladi.
Yangidan shakllangan guruh a’zolari oʻz jamaodoshlariga guruhi
tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon
etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
“AQLIY HUJUM” METODI
Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammo-
larni hal etishda keng qoʻllaniladigan metod sanalib, u mashgʻulot
ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr
yuritish hamda oʻz tasavvurlari va gʻoyalaridan ijobiy foydalanish
borasida ma’lum koʻnikma hamda malakalarni hosil qilishga ragʻ-
batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashgʻulotlar
jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original
yechimlarni tanlash imkoniyati tugʻiladi. “Aqliy hujum” metodi
tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash va
ularga muqobil boʻlgan gʻoyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi qoidalarga
amal qilish lozim:
➢
oʻquvchilarning oʻzlarini erkin his etish uchun sharoit yaratib
berish;
➢
gʻoyalarni yozib borish uchun yozuv taxtasi yoki varaqlarni
tayyorlab qoʻyish;
➢
muammo (yoki mavzu)ni aniqlash;
➢
mashgʻulot jarayonida amal qilinishi lozim boʻlgan shartlarni
belgilash;
215
➢
bildirilayotgan gʻoyalarning ularning mualliflari tomonidan
asoslanishiga erishish va ularni yozib olish;
➢
qogʻoz varaqlari gʻoya (yoki fikr)lar bilan toʻlgandan soʻng
ularni yozuv taxtasiga osib qoʻyish;
➢
bildirilgan fikrlarni yangi gʻoyalar bilan boyitish asosida
ularni quvvatlash;
➢
boshqalar tomonidan bildirilgan gʻoya (yoki fikr)lar ustidan
kulish, kinoyali sharhlarning bildirilishiga yoʻl qoʻymaslik;
➢
yangi
gʻoyalar
bildirilish davom etayotgan ekan,
muammoning yagona yechimini e’lon qilishga shoshilmaslik.
Shuningdek:
➢
oʻquvchilar tomonidan bildirilayotgan har qanday gʻoya
baholanmaydi;
➢
oʻquvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini
ilgari surishlari uchun qulay muhit yaratiladi;
➢
gʻoyalarning turlicha va koʻp miqdorda boʻlishiga ahamiyat
qaratiladi.
➢
boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash,
ularga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar
asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning oʻquvchilar
tomonidan sodir etilishiga erishiladi.
Dars jarayonida “Aqliy hujum” metodidan foydalanishda
quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
1.
Oʻquvchilarni muammo doirasida keng fikr yuritishga
undash, ularning mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish.
2.
Har bir oʻquvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar ragʻbat-
lantirilib boriladi. Bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab
olinadi. Fikrlarning ragʻbatlantirilishi navbatdagi yangi fikrlarning
tugʻlishiga olib keladi.
216
3.
Har bir oʻquvchi oʻzining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va
ularni oʻzgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikrlarni umumlash-
tirish, turkumlashtirish yoki ularni oʻzgartirish ilmiy asoslangan
fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
Mashgʻulot jarayonida oʻquvchilar faoliyatini standart talablar
asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni
baholashga yoʻl qoʻyilmaydi. Ularning fikrlari baholanib borilsa,
oʻquvchilar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qarata-
dilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qoʻllashdan
koʻzlangan asosiy maqsad oʻquvchilarni muammo boʻyicha keng fikr
yuritishga undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini
baholab borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
|