N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/85
Sana28.09.2024
Hajmi3,4 Mb.
#272809
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   85
Bog'liq
Inklyuziv ta`lim

“BESHINCHISI (OLTINCHISI, YETTINCHISI, …) ORTIQCHA 
METODI
Oʻquvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish koʻnikmalariga ega 
boʻlishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qoʻllash 
quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 

oʻrganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat 
qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish; 

hosil boʻlgan tizimdan mavzuga taalluqli boʻlgan 4 ta (5 ta, 
6 ta, … ) va taalluqli boʻlmagan bitta tushunchaning oʻrin olishiga 
erishish; 

oʻquvchilarga mavzuga taalluqli boʻlmagan tushunchani 
aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish; 

oʻquvchilarni oʻz harakatlari mohiyatini sharhlashga undash 
(mavzuni mustahkamlash maqsadida oʻquvchilardan tizimda saq-
lanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib oʻtishlari hamda ular 
oʻrtasidagi mantiqiy bogʻlikni asoslashlarini talab etish lozim). 
Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar oʻrtasidasigi man-
tiqiy bogʻlikni koʻrsata va asoslash olish oʻquvchilarda mustaqil 
fikrlash, shaxsiy yondashuvlarini asoslay, shuningdek, tengdosh-
larining fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini oʻzaro taqqoslash 
koʻnikmalarini ham shakllantiradi. 
“QIZIL VA YASHIL RANGLI KARTOCHKALAR BILAN ISHLASH” 
METODI 
Inklyuziv sinfda oʻquvchilar bilan ommaviy va guruh shaklda 
ishlashda ushbu metoddan foydalanish ham ijobiy natijalarni kafo-
latlaydi. Metodni qoʻllashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

oʻqituvchi tomonidan oʻrganilayotgan mavzuning mohiya-
tini mantiqiy ketma-ketlikda yoritishga xizmat qiluvchi tushuncha-
larni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi (har bir 


220
kartochkaning orqa tomoniga mavzu mohiyatini yorituvchi “yadro” 
tushunchaning bittadan harfi joylashtiriladi va maxsus qoplama bilan 
berkitiladi); 

har guruhga maxsus kartochkalarning alohida majmusi top-
shiriladi va kartochkalarni ulardagi tushunchalarga asosan mantiqiy 
ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi; 

guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib boʻlingach, kartoch-
kalarning orqa tomoni oʻgiriladi va maxsus qoplama ochilib, top-
shiriqning qay darajada toʻgʻri bajarilganligi aniqlanadi. 
Agar topshiriq guruhlar tomonidan toʻgʻri bajarilgan boʻlsa, 
yakuniy jarayonda kartochkalar orqa tomonga oʻgirilganda mavzu-
ning mohiyotini yorituvchi “yadro” tushuncha hosil boʻladi. 
Metoddan foydalanishning afzalligi shundaki, bu jarayonda 
oʻquvchilarda mavzuni muayyan qismlarga boʻlib oʻrganish va 
qismlar oʻrtasidagi mantiqiy bogʻliqlik hamda aloqadorlikni analiz va 
sintez asosida aniqlash koʻnikmalari hosil qilinadi. 
 
“ZIG-ZAG” STRATEGIYASI (metodi) 
Metodi oʻquvchilar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tezkor 
va puxta oʻzlashtirishga xizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi 
jihatlar bilan belgilanadi: 

Oʻquvchilarda jamoa (yoki guruh) boʻlib ishlash koʻnikmasi 
shakllanadi; mavzuni oʻzlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi. 

“Zig-zag” strategiyasini qoʻllash jarayonida quyidagi harakatlar 
amalga oshiriladi

sinf oʻquvchilari bir necha (5 – 7 ta) guruhga boʻlinadi;yangi 
mavzu mohiyatini yorituvchi matn ham tegishli ravishda 5 – 7 ta 
qismga ajratiladi; 

har bir guruhga mavzuning muayyan qismi (1-matni, 2-matni, 
…) beriladi va uni oʻrganish vazifasi topshiriladi; 

belgilangan vaqt mobaynida guruhlar matn ustida ishlaydilar; 


221

vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar tanla-
nadi va ular oʻrganilgan matnga oid asosiy ma’lumotlarni guruh-
doshlariga soʻzlab beradilar; 

liderlarning fikri guruh a’zolari tomonidan toʻldirilishi mumkin; 

barcha guruhlar oʻzlariga berilgan matnni puxta oʻzlashtirgan-
laridan soʻng matnlar guruhlararo almashtiriladi; 

bu bosqichda ham yuqoridagi faoliyat takrorlanadi; 

shu taxlitda mavzu mohiyatini yorituvchi yaxlit matn oʻquv-
chilar tomonidan oʻzlashtiriladi. 
 
“VENN DIAGRAMMASI” strategiyasi (metodi) 
Ushbu strategiya oʻquvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy 
yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini 
oʻzlashtirish (sentezlash) koʻnikmalarini hosil qilishga yoʻnaltiriladi. 
Strategiya kichik guruhlarni shakllantirish asosida sxema boʻyicha 
amalga oshiriladi. Yozuv taxtasi oʻzaro teng 4 boʻlakka ajratiladi va 
har bir boʻlakka sxema chiziladi. 
Strategiya oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilgan oʻzaro yaqin 
nazariy bilimlar, ma’lumotlar yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga 
yordam beradi. Ushbu strategiyadan muayyan boʻlim yoki boblar 
boʻyicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada sama-
ralidir. 
Strategiyani qoʻllash bosqichlari quyidagilardan iborat: 

sinf oʻquvchilari 4 guruhga boʻlinadi; 

yozuv taxtasiga topshiriqni bajarish mohiyatini aks ettiruvchi 
sxema chiziladi; 

har bir guruhga oʻzlashtirilayotgan mavzu yuzasidan alohida 
topshiriqlar beriladi; 

topshiriqlar bajarilgach, guruh a’zolari orasidan liderlar 
tanlanadi; 


222

liderlar guruh a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlarni 
umumlashtirib, yozuv taxtasida aks diagrammani toʻldiradilar. 
“ZAKOVATLI ZUKKO” metodi 
Mavjud bilimlarni puxta oʻzlashtirishda oʻquvchlarning fikr-
lash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga 
ega. “Zakovatli zukko” metodi oʻquvchlarda tezkor fikrlash koʻnik-
malarini shaklalantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini 
aniqlashga yordam beradi. Metod oʻz xohishlariga koʻra shaxsiy 
imkoniyatlarini sinab koʻrish istagida boʻlgan oʻquvchlar uchun 
qulay imkoniyat yaratadi. Ular oʻqituvchi tomonidan berilgan savol-
larga qisqa muddatlarda toʻgʻri va aniq javob qaytara olishlari zarur. 
Savollarning murakkablik darajasiga koʻra har bir savolga qayta-
rilgan toʻgʻri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning 
oʻrtacha arifmetik qiymatini topish asosida tezligi aniqlanadi. 
Ballarning belgilanishi oʻquvchlarning shaxsiy imkoniyatlari 
toʻgʻrisida aniq tasavvurga ega boʻlishlarini ta’minlaydi. 
Metod oʻquvchlar bilan yakka tartibda, guruhli va ommaviy 
ishlashda birdek qoʻllanilishi mumkin. 
“QARAMA-QARSHI MUNOSABAT” metodi 
Metodi oʻz mohiyatiga koʻra oʻzlashtirilgan bilimlarni tahlil va 
sentez qilish asosida asosiy hamda ikkinchi darajali ma’lumotlar 
sifatida guruhlarga ajratish imkonini beradi. Metodni qoʻllashda 
quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 

mavzuning umumiy mazmuni yodga olinib, uning ahamiya-
tini yorituvchi tayanch tushunchalar aniqlanadi; 

ular muayyan ketma-ketlikda qayd etiladi; 

tushunchalar shaxsiy yondashuv asosida muhim va u qadar 
muhim boʻlmagan tushunchalar tarzida guruhlanadi; 


223

jadval yaratilib, uning 1-ustuniga muhim boʻlmagan tushun-
chalar yoziladi

kichik guruhlar asosida shaxsiy yondashuv muhokama qili-
nadi; 

jamoaning umumiy fikriga koʻra yakuniy xulosani ifoda 
etuvchi jadval yaratiladi. 

Download 3,4 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   85




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish