173
inklyuziv ta’lim ishtirokchilarining ijtimoiy hamkorlik va
sheriklik tamoyili;
bilimni bola qobiliyatlariga qaratish;
barcha bolalar uchun barcha
resurslarning mavjudligini
ta’minlash;
barcha ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlanishi tamoyili;
oilaga yo‘naltirilgan yondashuv tamoyili;
nogironlikning tibbiy modelini bekor qilish tamoyili;
xilma-xillik va individuallik olish tamoyili.
Inklyuziv ta’limning qadriyatlari va tamoyillari
yangi ijtimoiy
me’yorlar, xulq-atvor, kommunikativ
munosabatlarning paydo
bo‘lishini belgilaydi.
3.
Inklyuziv ta’lim subyektlari
me’yorda rivojlangan o‘quvchi-
lar, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar, bolalarning ota-onalari
yoki qonuniy vakillari, o‘qituvchilar, psixologlar, ta’lim muassasalari
rahbarlari, nogironlarning jamoat tashkilotlari va uyushmalari va
boshqalar.
4.
Inklyuziv ta’limning ijtimoiy resurslari
o‘qituvchilar, jamoat
tashkilotlari va ota-onalar jamoasi.
Inklyuziv ta’limdan asosiy maqsad ijtimoiy, psixologik, iqti-
sodiy va boshqalarni ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Umuman olganda, inklyuziv ta’limning asosiy funksiyasi quyi-
dagicha:
ijtimoiy jarayonlarda ijtimoiy munosabatlarni birlashtirish va
me’yorlarini
shakllantirish, bag‘rikenglikka, o‘zaro hamkorlikka
asoslangan ijtimoiy hamjamiyatning o‘zaro kommunikativ aloqala-
rini muvofiqlashtirish –
tartibga solish funksiyasi
;
sifatli ta’limni teng huquqni ta’minlashda shaxsning ehtiyoj-
larini qondirish uchun sharoit yaratish – shaxsning o‘zini
namoyon
174
qilish istagi, o‘ziga xos ijtimoiy sharoitda o‘zini щzi namoyon qilish
istagi –
ijtimoiy funksiya;
shaxsiy ta’lim ehtiyojlari, qobiliyatlar va imkoniyatlarni hisobga
olgan holda ta’lim oluvchining shaxsiy salohiyatini ochib berish –
insonparvarlik funksiyasi;
madaniy qadriyatlar bilan tanishish –
umummadaniy funksiya;
ijtimoiy tajribani uzatish, imkoniyati cheklangan bolalarni jami-
yatga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish
– ijtimoiy-
lashtirish funksiyasi;
ijtimoiy ahamiyatga ega ta’lim natijasiga erishishda ta’lim
oluvchilarning sa’y-harakatlarini birlashtirish –
integrativ funksiya;
akademik, kasbiy va ijtimoiy-shaxsiy kompetensiyalarni shakl-
lantirish –
kasbiy funksiya.
Inklyuziv ta’lim ijtimoiy jamiyat namunasi bo‘lib, ijtimoiy
fenomen sifatida quyidagi afzalliklarni yaratishi mumkin:
hududga yaqin bo‘lgan maktabda o‘qish, muloqot qilish,
jamiyatining bir qismiga aylanish
imkoniyatining mavjudligi;
ijtimoiy ta’lim sharoitida ijtimoiy moslashuvi uchun sharoit
yaratish;
inklyuziv ta’lim berish orqali imkoniyati cheklangan bolalarda
zaruriy kompetensiyalarni shakllantirish;
o‘zaro muloqot imkoniyatlarini kengaytirish;
voyaga etgan bolalar jamoasida o‘zaro hurmat munosabatlarini
shakllantirish;
har bir o‘quvchining axloqiy sifatlarini shakllantirish.
Inklyuziv ta’limda ota-onalar quyidagi afzalliklarga ega bo‘ladi:
o‘z hududiga yaqin joyda o‘qitish;
o‘zaro sheriklik va hamkorlikni rivojlantirish; bolaning hayot
kechirish davrida qo‘rquv va xavotirni minimallashtirish;
hissiy qulaylikni yaratish.
175
Umuman olganda inklyuziv ta’lim
modeli sifatida subyektlar
o‘rtasidagi aloqalarning barqaror komponentlarini rivojlantiradigan
madaniy modelga aylanishi kerak. Bunday modelning asosini inson
individualligining xilma-xilligini qabul qilish hamda har bir inson
hayotining eng avvalo qadriyatlari, uning ta’lim va ijtimoiy jamoada
qabul qilinish huquqiga bo‘lgan bag‘rikenglik tashkil qiladi. Bunday
madaniy modelni shakllantirish murakkab jarayon bo‘lib, ijobiy
natijalari asosida inklyuziv ta’limni shakllantirishni nazarda tutadi.
Inklyuziv ta’limda umummadaniy xulq-atvor namunalarini yaratish
va rivojlantirish pedagogning kasbiy tayyorgarligiga uzviy bog‘liq
bo‘lib, asosiy maqsad oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy yo‘nalish
talabalarini klasterli ta’lim muhitida
inklyuziv tayyorgarligini
rivojlantirishdan iborat.