N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/85
Sana28.09.2024
Hajmi3,4 Mb.
#272809
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85
Bog'liq
Inklyuziv ta`lim

Integratsiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qara-
ladi. 
Nogiron bolaning individual yoki tibbiy holatda maktabga yoki 
jamiyatga moslashishi kerak. Masalan, eshitishida nuqsoni bo‘lgan 
bola umumta’lim sharoitiga moslashishi uchun eshituv apparatidan 
foydalanib gapirishni o‘rganishi kerak. Sog‘lom boladan esa imo-
ishora tilini va muloqotning boshqa shakllarini o‘rganish talab 
qilinmaydi. O‘qishda muammo bo‘lsa, bola standart talablarni 
bajarishi kerak. Aks holda o‘qituvchi qo‘shimcha mashhulotlar 
o‘tilishi lozim.Inklyuziv ta’lim bolani emas tizimni o‘zgartirishni 
taqozo qiladi. Nazariy adabiyotlarni tahlil qilish jarayonida 
integratsion va inklyuzivlik tushunchalarining o‘rtasida umumiylik 


165
ham mavjudligi o‘ganildi, bu umumiylik zamirida maxsus ehtiyojli 
bolalarni umumta’lim tizimi sharoitiga kiritish yotadi. Xorijiy 
davlatlarda inklyuziv ta’lim tizimining joriy qilinishini o‘rganar 
ekanmiz, bu ta’lim tizimini joriy etish uchun uzoq vaqtni talab 
etishini va juda ko‘p miqdordagi moddiy mablag‘ zarurligi aniqlandi. 
Shuning uchun ham jahon miqiyosida inklyuziv ta’lim tizimining 
oldida quyidagicha juda ko‘plab muammolar va to‘siqlarmavjud: 
- ota-onalar uchun o‘quv qo‘llanmalarning yo‘qligi; 
- ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta’limni joriy etish bo‘yicha 
davlat normativ hujjatlarida qayd qilinmaganligi; 
- nogiron bolalarga nisbatan salbiy munosabat; 
- maxsus ehtiyojli bolalarning hamjamiyatda ko‘rinmaslik 
muammosi; 
- maxsus ehtiyojli bolalarning maktabda ko‘rinmaslik muam-
mosi; 
- moddiy mablag‘ muammolari; 
- ta’lim muassasalarini jismoniy moslashtirish; 
- sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi; 
- kambag‘allik; 
- jinsiy tafovutlarga qarab kamsitish; 
- maxsus ehtiyojli bolalarning boshqalarga qaramligi; 
- favqulodda vaziyatlar mojarolar qochoqlar; 
- kadrlar masalasidagi muammolar. 
Haqli savol tug‘iladi, nima uchun maxsus ehtiyojli bolalarni 
inklyuziv ta’lim tizimiga jalb etish kerak? Yuqorida keltirilgan 
muammolarni hal etib, inklyuziv ta’lim tizimiga o‘tishga qanday 
zaruriyat bor? Darhaqiqat, bu ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal 
etish oson kechmaydi. Ammo bu ta’lim tizimining nafli jihati juda 
ko‘p bo‘lib ular sirasiga quyidagilar kiradi: 


166
- inklyuziv ta’lim qashshoqlik va ajratish iskanjasidan qutu-
lishga imkon beradi; 
- inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolaning o‘z oilasi va jamiyat 
davrasida bo‘lishga imkon beradi; 
- inkyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi; 
- kamsitishlarni oldini oladi; 
Umumta’lim muassasalari sharoitida maxsus ehtiyojli bolalarga 
ta’lim tarbiya berishning o‘zigina samarali natija bermaydi. Buning 
uchun maktabda pedagoglar, defektologlar, psixologlar tomonidan 
do‘stona munosabat muxitini yaratish lozim. Sinfda do‘stona muno-
sabat muhitining shakllanishi sog‘lom va maxsus ehtiyojli bolalar-
ning bir-birlariga nisbatan mehr-muhabbatli bo‘lishlariga, bir bir-
lariga doimo yordam berishlariga zamin yaratadi. Imkoniyati chek-
langan bolalarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Bu esa 
korreksion-pedagogik ishni samarali va osonroq kechishini ta’min-
laydi. 
Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning umum-
ta’lim muassasalarida ta’lim olishlari uchun qo‘shimcha moslama-
larning yaratilishini va shu yo‘l bilan nogiron bolalar uchun qulay 
shart-sharoitlarni talab qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalarning 
inklyuziv ta’lim-tarbiyasini amalga oshirishga, ularni ijtimoiy 
hayotga moslashtirishga qaratilgan ishlarni samarali olib borish 
uchun maxsus soha xodimlari hamda nogiron bolalar ota-onalariga 
inklyuziv ta’limning mohiyati, ahamiyati, ijtimoiy zarurligini 
tushuntirish ham mas’uliyatli ishlar jumlasiga kiradi. Zero, maxsus 
yordamga muhtoj bolalarning asosiy muammolarini ular o‘zlari 
yashab turgan muhitdan, oiladan uzoqda ta’lim-tarbiya berish bilan 
hal qilib bo‘lmaydi. Imkoniyatlari cheklangan jamiyat a’zolari 
sog‘lom jamiyat a’zolari bilan teng huquq va imkoniyatlarga ega 
bo‘lmas ekan ijtimoiy integratsiyaga erishish mushkul vazifa. 


167
Maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim-tarbiyasida tenghuquqlilik 
muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan 
biridir. Ammo bugungi kunda ham juda ko‘plab bolalar turli xil 
sabablarga ko‘ra ta’limdan chetda qolmoqdalar. Inklyuziv ta’limga 
jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-usuliy masalalarini ko‘rib chiqish, 
mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni 
ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umum-
ta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili mavjud. 
Birinchidan, imkoniyati cheklangan bolalar ham sog‘lom bola-
lar bilan birgalikda o‘zaro faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Inklyuziv 
ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli 
bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog‘lom bolalar esa 
ijtimoiy adolat va tenglik tamoyillari asosida tarbiyalanadilar, 
nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribonroq va e’tiborliroq, 
nisbatan sezgirroq bo‘ladilar, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni tabiiy 
hol deb biladilar. 
Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan 
yonma-yon o‘qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligini his qiladilar 
va ijtimoiy hayotga osonroq va ertaroq moslasha boshlaydilar. 
Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim-tarbiya-
sida ota-onalar, pedagoglar, mutaxassislar, mahalla hamkorligida ish 
olib borishni talab qiladi. 
Inklyuziv ta’limni amaliyotga o‘ziga xos tarzda joriy qilish 
uchun pedogogik, tashkiliy va usuliy ishlar zarur. Maxsus ehtiyojli 
bolalarning umumta’lim sharoitida o‘qitilishi ularning o‘ziga xos 
xususiyatlari, nuqson turi, darajasi va sinfdagi bolalar sonini e’tiborga 
olgan holda tashkil qilinadi. Avvalo shuni ta’kidlash joizki, o‘quv-
chilarning yoshlari bir xil bo‘lsa-da, lekin ular bir-birlariga o‘xsha-
maydilar. Barcha bolalarning individual psixologik, shaxs xusu-
siyatlari, idrok qilish darajasi, zehn va idroki turlichadir. Shu bois 


168
maxsus ehtiyojga ega bo‘lgan bola ta’lim olayotgan inklyuziv 
sinflardagi o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish masalasi yanada 
murakkabroq muammolarni hal etishni talab etadi. Inklyuziv sinfda 
o‘qituvchi bolalarning imkoniyatini e’tiborga olib, darslarni shunga 
muvofiq rejalashtira olsa, bolalarning nogironligi bilim olishiga ta’sir 
qilish va qiyinchiliklarni bartaraf etishning samarali yo‘llaridan 
foydalansa, maktab va oila hamkorligini to‘la yo‘lga qo‘ya olsa, 
nogiron bolaning kelajagiga ishonch bilan qarasagina dars jarayo-
nining muvaffaqiyatli kechishiga erishish mumkin. Har bir bola o‘z 
imkoniyat darajasida rivojlanadi. Atoqli psixolog olim L.S.Vigotskiy 
aytganidek: «Har qanday ruhiy yoki jismoniy nuqsonda ham taraq-
qiyot davom etadi». 
Inklyuziv ta’limning joriy etilishi milliy, tashkiliy va uslubiy 
islohotlarni talab etadi. «Umumta’lim» va «Maxsus ta’lim» o‘rtasi-
dagi to‘siqlar olib tashlanishi kerak. Inklyuziv ta’limda ilmiy tadqi-
qotlar olib borish va ularni amaliyotga tadbiq qilish murakkab bo‘lib, 
ko‘pchilik amaliyotchi olimlarning fikricha bu jarayon bir necha 
yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. 
Birinchidan, inklyuziv ta’lim jarayonida bolaning ishtiroki to‘la 
huquqiy ta’minlanishi kerak. Bunga ta’lim muassasasi ma’suliyatli 
hisoblanadi.
Ikkinchidan, maxsus pedagogikaga oid adabiyotlar va tadqi-
qotlarda inklyuziv ta’lim bilan bog‘liq muammolar muhokamasini 
yoki metodik ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda uni qadrli 
fenomen shaklida ko‘rib chiqish kerak. Chunki inklyuziv ta’lim 
rivojlanishi jamiyatning ijtimoiy-madaniy xususiyatlaridan kelib 
chiqib ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilarning fikriga asoslanib, 
doimiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim. 
Uchinchidan, inklyuziv ta’limni ko‘rib chiqishda ta’lim muas-
sasalari holatini yaxshilovchi inklyuziv madaniyatni hosil qilish, 


169
inklyuziv siyosatni rivojlantirish va inklyuziv amaliyotni kiritish 
yo‘nalishlarini tahlil qilish kerak. 
To‘rtinchidan, inklyuziv ta’limning muammosi uning tashkil 
etishning turli shakllarini o‘rganishda o‘z aksini topadi va ishtirok-
chilarning ijtimoiy, iqtisodiy, ruhiy, sog‘lig‘i kabi turli xususiyat-
larida namoyon bo‘ladi.
Pedagogik atamalar lug‘atida “inklyuziv ta’lim o‘quvchilarning 
imkoniyatlari, individual-psixologik, jismoniy nuqson va o‘zlashti-
rish xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladigan ma’sus 
ta’lim jarayonidir” deb ta’rif berilgan.
Inklyuziv ta’lim (inglizcha “inclusion – uyg‘unlashgan, jalb 
qilingan”) “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda “barcha o‘quvchilar 
uchun maxsus o‘quv ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning 
xilma-xilligini hisobga olgan holda ta’lim olish imkoniyatini teng 
ravishda ta’minlash” deb belgilangan. 
Inklyuziv ta’lim haqida gapirganda, ta’lim ehtiyojlarining turli-
tuman yo‘nalishlariga alohida urg‘u berish zarur. 
Shu bilan birga, 
psixofiziologik rivojlanishida alohida xususiyatlarga va sog‘lig‘ining 
imkoniyatlari cheklangan bolalarni o‘qitishga alohida e’tibor va 
tadqiq etish lozim.
Yangi Zenlandiyadagi Vaykato Universiteti doktoranti Galina 
Namning ta’kidlashicha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus 
maktab internatlarda yoki uyda emas, balki umumiy ta’lim muassa-
salarida ta’lim olish ustuvor bo‘lishi kerak. 
Sog‘lom va anomal bolalarda bilish faoliyatining rivojlanishini 
I.M.Solovyev ham har tomonlama o‘rgandi. “Normal va anomal 
bolalarda bilish faoliyatining psixologiyasi” nomli kitob shu ishning 
natijasi bo‘ldi. 


170
I.M.Solovyev bir guruh xodimlari bilan qiyoslashning murak-
kab shakllarini eksperimental tadqiqotlar yordamida o‘rganishda 
novatorlik ko‘rsatdi. 
N.N.Malofeyev “Maxsus ta’lim g‘oyasi past darajadagi odam-
larga toqat qilmaydigan jamiyatda paydo bo‘lishi mumkin emas” 
ekanligini ta’kidlaydi. Davlat va jamiyatning nogironlarga bo‘lgan 
munosabati beshta bosqichga ajratiladi: 
1. Nogironlarning yashash huquqini qo‘lga kiritgan davr. 
2. Nogironlarni ijtimoiy himoya olgan davr. 
3. Nogironlar tomonidan maxsus ta’lim olish huquqini olish 
davri. 
4. Jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarga ta’lim 
olish huquqini kafolatlangan davr. 
5. Teng huquqlardan teng imkoniyatlarga ega bo‘lish davri.
N.N.Malofeyev ta’kidlashicha, nogironligi mavjud bolalarning 
bolaligini to‘laqonli o‘tkazish, ya’ni tengdoshlari bilan muloqot 
qilish, o‘ynash va zavqlanish, qarindoshlarining g‘amxo‘rligi va 
diqqat-e’tiboridan foydalanish huquqiga ega.
Fuqarolik huquqlari uchun kurash, shuningdek, ijtimoiy islo-
hotlar har bir bola o‘zining individual imkoniyatlari va ta’lim 
ehtiyojlarini hisobga olgan holda rivojlanish uchun qulay sharoit 
yaratishi kerakligini e’tirof etdi. Ta’limiy tamoyillar shu tarzda 
yuzaga kelgan bo‘lib, unga ko‘ra: har bir bolani biron bir ishni qila 
olmasligi, o‘zlashtira olmasligi, o‘rgana olmasligi nuqtai nazaridan 
emas, balki uning nima qila olishi nuqtai nazaridan tahlil qilish kerak. 
Bu turli mamlakatlarning ta’lim sohalarida nagironligi bo‘lmagan va 
nogironligi bor bolalarni birgalikda o‘qitish amaliyotining rivojla-
nishiga olib keldi.
Jamiyatning tarixiy rivojlanishi, odamlarning imkoniyatlari 
to‘g‘risida yangi qarashlarga imkon berib, inklyuziv ta’limning 


171
rivojlanishi ijtimoiy hamjamiyatda har bir a’zoning ta’lim olish 
huquqini belgilaydigan huquqiy hujjatlarda mustahkamlandi.
Asosiy strategik yo‘nalish – bu pedagogik shartlar bilan 
belgilanadigan ijtimoiy muammolarini muvaffaqiyatli hal etishdir. 
Ushbu yo‘nalish inklyuziv ta’lim rivojlanishini belgilaydigan muhim 
omil hisoblanadi. Maqsadga erishish vositasi sifatida qadriyatlarni va 
ularni ta’lim jarayonida o‘zlashtirish, insonparvarlik yondashuvi 
paradigmasida o‘qitish va tarbiyalashning asosiy maqsadi esa har bir 
bolani shaxsiy rivojlantirish, uning qobiliyatlari va o‘zini o‘zi 
anglashdir. Insonparvarlik yondashuvi umuman olganda maktabga-
cha va boshlang‘ich ta’limda bolalar uchun ta’lim va tarbiya 
jarayonining maqsadi va natijasi sifatida ijtimoiylashuv ijtimoiy 
rivojlanish g‘oyasini amalga oshiradi.
Ijtimoiylashuv boshqariladigan tamaddun sifatida qaraladi, bu 
shaxsning ijtimoiy-madaniy faoliyatga jalb qilish to‘g‘risida xabar-
dorligini oshirib qadriyatlar tizimini qayta ishlab chiqarish amalga 
oshiriladi. 
Ijtimoiylashuvning mohiyatini tushunishda biz G.M.Andreye-
vaning nuqtai nazariga tayanamiz, unga ko‘ra ushbu tamoyilning 
mazmuni shaxsning ijtimoiy muhitga kirishi, u tomonidan ijtimoiy 
ta’sirlarni o‘zlashtirilishi, uning ijtimoiy aloqalar tizimiga kirishidan 
iborat. Nogironligi bor bolalarni ijtimoiy moslashishi ularning 
ijtimoiy makonga qo‘shilishining asosi sifatida qaraladi. Haqiqiy 
ijtimoiylashuv o‘zaro aloqa sharoitida amalga oshirilishi mumkin. 
Aynan shu turdagi o‘zaro aloqalar shaxsning ijtimoiy tajribasini 
shakllantirishning mexanizmidir, ikkinchidan ijtimoiy jamoaning 
aloqalarini rivojlantirish shakli hisoblanadi.
Ijtimoiylashuv tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra ta’limga tegish-
lidir. Ijtimoiylashuv jarayoni har bir keyingi bosqichda oldingisiga 
asoslanadi va uning sifati oldingi ijtimoiylashuv muvaffaqiyati bilan 


172
belgilanadi. A.V.Petrovskiy fikricha ijtimoiylashuv uchta bosqichga 
ajratiladi: moslashuvchanlik, individuallik va integrativ. Bolalik 
davri birinchi bosqichga, ya’ni moslashish bosqichiga to‘g‘ri keladi. 
Bu vaqtda bolalar elementar normalar va qoidalarni, ijtimoiy rollarni, 
faoliyatning oddiy shakllarini o‘zlashtiradi. 
Inklyuziv ta’lim ijtimoiy voqelik omili bo‘lib, ijtimoiy xusu-
siyatlarning to‘liq to‘liqligini ifodalaydi. Inklyuziv ta’lim tuzilishi 
ijtimoiy fenomen sifatida quyidagi komponentlar bilan ifodalanadi: 
1.

Download 3,4 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Goipova inkluziv ta’lim gospital ped a gogika

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish