145
➢
pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv
ta’lim dasturlari kiritilmagani, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar jalb qilingan ta’lim
muassasalarida amaliyot o‘tamayotgani ularning kasbiy tayyorgarlik
sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shunday vaziyatda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 21,2
mingdan ortiq, sanatoriy turdagi maktab-internatlarda 6,1 mingdan
ortiq, uy sharoitida esa 13,3 ming nafar o‘quvchi uyda ta’lim oladi.
2020 yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3,2 mingdan ortiq
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o‘quvchilar
inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan.
Prezident qarori bilan 2025 yilgacha inklyuziv umumta’limni
bosqichma-bosqich joriy etish masalasi qo‘yilgan. Bunda imkoniyati
cheklangan bolalarning maktablarga kelishi uchun to‘siqsiz muhit
yaratish, yangi quriladigan maktablarni xuddi shunday sharoitlar
bilan qurish, pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv bazasini takomil-
lashtirish kabi vazifalar belgilangan.