134
Qirg‘iziston
da inklyuziv ta’limning rivoji davlat qaramog‘idagi
maktablar va nodavlat o‘quv muassasalari bazasida bo‘ldi. Mutaxas-
sislar tomonidan umumta’lim muassasalariga nuqsonli ta’lim olishga
imkoniyat mavjud bo‘lgan bolalar qabul qilinib o‘qitila boshladi.
Qirg‘izistonda bu borada o‘qituvchilar, ota-onalar, vazirlik xodimlari
va Respublika bo‘yicha tegishli vakillar ishtirokidagi Respublika 3 ta
yirik seminar Konferensiyasi o‘tkazildi. (G.Alchieva, 2000 yil).
Qozog‘iston
da 2003 yilda “Maxsus ehtiyojli bolalarni korrek-
sion ijtimoiy va tibbiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash haqida”gi
Qonun qabul qilindi. Bu qonun asosida maxsus ehtiyojli bolalarni
umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya berish, korreksion peda-
gogik ish olib borish maqsadida reabilitatsion sentrlar, psixologo-
pedagogik korreksiya xonalari, maxsus maktab va maktabgacha
ta’lim muassasalari qoshida qisqa muddatli (sinflar) guruhlar tashkil
etildi. Inklyuziv maktablarga kadrlarni tayyorlash uchun oliy ta’limda
“Maxsus pedagogika”, “Maxsus psixologiya” va “Maxsus metodika”
kurslari kiritildi.