135
yaratishdir. Maxsus ehtiyojli bolalarning xayotga ilk yoshdan ya’ni
6 yoshgacha e’tibor berilsa, ancha yukori samaralarga erishish
mumkin. Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan
ehtiyojlarni kondirishga mos bo‘lgan siyosatni ishlab chikish
inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashning asosidir.
Oʻzbekistonda nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvat-
lash, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish,
hayot sifatini yaxshilash
tizimini takomillashtirish, ularga ta’lim olish va ishga joylashishda
har tomonlama koʻmaklashish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilib,
xalqimizga xos boʻlgan mehr-shafqat hamda ezgulik tuygʻularini
hisobga olgan holda nogironlarning muhim
ehtiyoj va talablariga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti-
ning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”,
2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillash-
tirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son
“Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi
toʻgʻrisida”, 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son “Oʻzbekistonning
yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmonlari, 2020 yil 13
oktyabrdagi PQ-4860-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bola-
larga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 638-son “Alohida ta’lim
ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ huquqiy
hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli «2022 – 2026-
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida»gi farmoni hamda mazkur
faoliyatga tegishli boshqa
136
me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish
muhim ahamiyatga ega.
Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha qator normativ-
huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Mazkur hujjatlarda jamiyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan maxsus
yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga
ta’lim-tarbiya berish, ularning sog‘lom bolalar qatoridan o‘rin olibo‘z
qobiliyati, imkoniyatlarini ko‘rsata
olishiga, ma’naviy kamol topi-
shiga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berilgan.
Inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashda quyidagi masalalarni
hal etish lozim: