Nega oʻqitamiz?
Nimani oʻqitamiz?
Qanday oʻqitamiz?
savollariga javob izlash bilan bir qatorda
Q
anday qilib samarali va natijali oʻqitish mumkin?
– degan
savolga ham javob qidirdilar. Natijada oʻquv jarayonini
texnologiya-
lashtirishga
, ya’ni oʻqitishni ishlab chiqarishdagi kabi aniq natija
beradigan texnologik jarayonga aylantirishga erishish mumkin –
degan fikr yuzaga keldi.
Bunday fikrning tugʻilishi
pedagogika fanida pedagogik texno-
logiya yoʻnalishini
yuzaga keltirdi.
Bugungi kunda inklyuziv ta’lim jarayonida pedagogik texnolo-
giyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganligining asosiy
sababi qoʻyidagilardir:
Birinchidan
, ta’lim siyosatida rivojlantiruvchi ta’limni amalga
oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan boʻlib, unga pedagogik
texnologiyalardan foydalanishsiz, ya’ni shaxsni rivojlantiruvchi
ta’limni amalga oshirishsiz erishilmaydi.
Ikkinchidan,
pedagogik texnologiyalar oʻquv-tarbiya jarayoniga
tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
158
Uchinchidan
, pedagogik texnologiya oʻqituvchini ta’lim-
tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish
va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha boʻlgan texnologik
zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
Oʻquv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning toʻgʻri
joriy etilishi oʻqituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki
maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa, oʻquv-
chidan koʻproq mustaqil ishlash, ijod qilish va iroda kabi sifatlarni
talab etadi.
Pedagogik texnologiya asosida oʻtkazilgan mashgʻulotlar yosh-
larning muhim hayotiy yutuq va muammolariga oʻz munosabatlarini
bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, oʻz nuqtai
nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari
bular –
sifat, qulaylik, shaxsga yo‘naltirilganlik, mazmun, ta’lim
dasturlari va ta’lim yo‘nalishlarining turli-tumanligi va hokazo.
P.f.n, dotsent R.Shomaxmudova “Nogiron va maxsus ehtiyojli
ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus
ta’limga muhtoj bolalar va o‘smirlarni rivojlanishidagi nuqsonlar
yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar, oilaning faol ishti-
rokida, xususan bolaning ehtiyojini qondirishga va ijtimoiy hayotga
moslashtirish va umumta’lim tizimiga to‘liq qo‘shishni ifodalovchi
ta’lim tizimidir” – deb ta’rif berib o‘tgan.
Maxsus pedagogik sohadagi yetuk olima L.R.Mo‘minova tomo-
nidan maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan bolalarning
nutqidagi nuqsonni bartaraf etish bo‘yicha korreksion – pedagogik
ishlarning nazariy asoslari ishlab chiqilqan, shuningdek, bolalarni
logopedik tekshirish va o‘qitish metodikasi yaratilib amalda joriy
etilgan. Bundan tashqari olimaning inklyuziv ta’limga oid qator
tavsiyalari amaliyotda o‘z samarasini berib kelmoqda.
159
L.Sh.Nurmuhammedovaning “Oilada nogiron farzandni tar-
biyalashning pedagogik xususiyatlari” ilmiy tadqiqotlari doirasida
oilada nogiron farzandi bor ota-onalarning o‘ziga xos xususiyatlari,
qiyinchiliklari va ijtimoiy-pedagogik, psixologik ko‘rsatmalarga
muhtojligi tahlil qilingan va bir qator ilmiy natijalar olingan.
Nogiron shaxsning o‘ziga xizmat ko‘rsatish, mustaqil harakat-
lanishi, mo‘ljal olish, muomala qilish, o‘z xulqini nazorat qilish,
mehnat faoliyatini o‘rganish yoki mashg‘ul bo‘lish qobiliyatini to‘liq
yoki qisman yo‘qotishi, uni ijtimoiy muhofaza qilish choralarini
amalga oshirish zaruriyatini ko‘rsatadi.
Insonning nogiron bo‘lib qolgan paytida shakllangan shaxsiy
xususiyatlariga insonning o‘zi uchun, uning hayolida yuz beradigan
hodisalar uchun javobgarligini anglashga bog‘liq.
Sh.M.Amirsaidovaning tadqiqotlarida sharq mutafakkirlarining
maxsus pedagogika faniga oid ilmiy fikrlari o‘rganilib, Abu Ali Ibn
Sinoning maxsus pedagogika fani ravnaqi uchun xizmat qiladigan
tibbiy-ilmiy, pedagogik va psixologik g‘oyalari tahlil qilinib, o‘quv
jarayoniga tadbiq etish usullari ishlab chiqilgan.
M.P.Hamidova tomonidan olib borilgan “Maktabgacha yosh-
dagi aqli zaif bolalar so‘z boyligini oshirishning korretsion-pedago-
gik asoslari” nomli tadqiqot ishida umum va maxsus pedagogik
tadqiqotlar asosida aqli zaif bolalarning nutqini ko‘rikdan o‘tkazish
metodlari yaratilgan. Bolalarni ko‘rikdan o‘tkazish natijasida aqli zaif
bolalar nutqining rivojlanmaganlik mezonlari ishlab chiqilgan.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning predmetlar haqidagi
tasavvurlarini kengaytirish, hissiy-irodaviy sohalarini jalb etish bilan
bilishga qiziqish va nutqiy motivatsiyani kuchaytirishga qaratilgan
korreksion-pedagogik ish mazmuni va usullari ishlab chiqilgan.
D.A.Nazarova tomonidan maktabgacha yoshdagi zaif eshituv-
chi bolalar nutqini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy ishida ilk bor
160
maktabgacha ta’limda o‘quvchidagi zaif eshituvchi bolalarning
nutqiy rivojlanish darajasini tadqiq qilish metodikasining moslash-
tirilgan varianti, maktabgacha yoshdagi zaif eshituvchi bolalar
nutqini rivojlantirishning mazmuni, yangi interfaol usullari hamda
shakllari, o‘rganilayotgan bolalarning umumiy rivojlanishini ta’min-
lashda ularning o‘ziga xos rivojlanish omilidan kelib chikib, nutqini
keng qamrovli rivojlantirish tizimi ishlab chiqilgan va asoslab
berilgan.
M.F.Hakimovaning “Maxsus yordamga muhtoj o‘quvchilarni
kasb-hunarga tayorlashning pedagogik asoslari” (aqli zaif o‘quv-
chilar misolida) tadqiqotlari doirasida quyidagi ilmiy natijalar
olingan:
1. Maxsus maktablar, maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan
sanoat kasb-hunar kollejlaridagi aqli zaif o‘quvchilarni kasb-hunarga
tayyorlash ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.
2. Maxsus yordamga muhtoj aqli zaif o‘quvchilarning kasb-
hunarni tanlashga bo‘lgan qiziqishining yuzaga kelishi va rivojlani-
shiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan.
3. O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashda psixologik-peda-
gogik xususiyatlarni hisobga olgan holda, kasb-hunarga tayyorlash-
ning metodik ta’minoti yaratilgan. Ixtisoslashtirilgan kasb-hunar
kollejlari uchun metodik tavsiyanomalar, dars ishlanmalari va o‘quv
qo‘llanmalar yaratilgan.
4. Maxsus yordamga muhtoj o‘quvchilarni kasb-hunarga tay-
yorlashda xalq hunarmandchiligidan samarali foydalanilgan.
5. “Oshpaz-qandolatchi”, “Keng assortimentdagi kiyimlar ti-
kuvchisi” kabi yangi mutaxassisliklari o‘quv rejasiga kiritilgan.
Maxsus ta’lim muassasalarini mehnat ta’limi o‘qituvchilar
uchun aqli zaif o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashga doir,
ta’limning uzviyligini ta’minlash borasida pedagogik tavsiyalar
161
ishlab chiqilgan va maxsus yordamga muhtoj o‘quvchilarni kasb-
hunarga tayyorlashning samarali tizimi yaratilgan.
Korreksion pedagogika sohasida salmoqli ish olib borgan olima
U.Y.Fayziyeva tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida zaif
eshituvchi bolalarga savodga o‘rgatish tizimining grammatik asoslari
va korreksion-pedagogik ish tizimi tadqiq etilgan. Natijada analiz-
sintez (harf-tovush) metodi orqali eshitishida nuqsoni bor bolalarga
savod o‘rgatishning didaktik va metodik ta’minoti takomillashtiril-
gan. Olima tomonidan birinchi marta O‘zbekistonda eshitishida
nuqsoni bor bolalar uchun “Alifbe” darsligini o‘zbek tilida nashr
etilishi eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarni savodga tayyorlash
jarayonlarini tizimli va samarali olib borilishida ijobiy o‘zgarishlarni
yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari olimaning eshitishida
muammosi bor bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-
internatlari uchun “Nutq o‘stirish” (1-, 2-, 4-, 5-sinflar), “Ona tili”
(4 – 5-sinflar), “Matematika” (tayyorlov, 1-sinflar) kabi darsliklari
nashr etilgan. Bundan tashqari U.Fayziyeva tomonidan 1-sinf
o‘quvchilari uchun chop etilgan “1-yozuv daftari”, “2-yozuv daf-
tari”da kar va zaif eshituvchi bolalarda husnixat malakalarini shakl-
lantirish bo‘yicha topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan va amaliyotga
tatbiq etilgan.
Bugungi kunda olimaning eshitishida muammosi bor bolalarga
jarrohlik yo‘li bilan implant o‘rnatilishiga qadar va jarrohlikdan
keyingi davr pedagogik ishlarini tashkil etishga doir tavsiyalari
amaliyotda qo‘llanilib kelinmoqda. Jumladan, bo‘lajak surdopeda-
goglarni eshitishida muammolari bo‘lgan bolalarga yozuv va o‘qishni
o‘rgatish metodlaridan foydalanishga tayyorlashda U.Y.Fayziyeva
tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan tavsiyalaridan foydalanildi.
Eshitishida muammosi bor bolalarning so‘zlashuv nutqini
rivojlantirishda tilga o‘rgatish davrlarining vazifalariga amal qilish
162
lozimligi F.U.Qodirovaning ilmiy izlanishida asoslab berilgan. Olima
karlar ta’limi amaliyotiga “hayotiy kompetensiya”, “Nutqiy aksele-
rasiya” tushunchalarini hamda “Nutqiy klaster”, “Nutqiy tartib”
tizimlarini olib kirdi. Jumladan, eshitishida muammosi bor bolalar
ona tilini egallash davrlarining farqlanishi hamda nutq vositalari,
shakllaridan foydalanish tartibi amaliyotga tavsiya etilgan. F.U.Qodi-
rovaning eshitishida muammosi bor bolalarning predmetli amaliy
faoliyatini tashkil etish orqali tilga o‘rgatish tizimi amaliyotda
samarali qo‘llanilib kelinmoqda. Natijada tayyorlov, 1 – 5-sinflar
uchun “Predmetli amaliy ta’lim” darsligi chop etilgan. Ushbu
darsliklarda eshitishida muammosi bor bolalarni ona tiliga muloqot
darajasida o‘rgatish bo‘yicha ish turlari aks etgan. Masalan, “Daktil-
og‘zaki ayting”, “So‘rang”, “Hisobot bering” va “Tavsiflang” kabilar
har bir mavzuda mantiqiy ketma-ketlikda hamda o‘zbek tili qonu-
niyatlari asosida berilgan. Olimaning ushbu ish tizimidan oliy
ta’limda “Ona tili o‘qitish maxsus metodikasi” modulini o‘qitish
usullarini takomillashtirishga oid tajriba-sinov ishlarida foydalanildi.
Zaif eshituvchi bolalar nutqining grammatik qurilishini shakl-
lantirish metodikasi R.Rustamova tomonidan tadqiq qilingan. Olima-
ning tadqiqotlarida zaif eshituvchi bolalarni tilga o‘rgatishda gap
tuzilishi hamda tinish belgilaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ish
turlari amaliy-uslubiy jihatdan tizimlashtirilgan.
Zaif eshituvchi bolalar to‘g‘ri gap tuza oladi, qachonki, ularning
so‘z zaxirasi yetarli darajada bo‘lsa, hamda ushbu so‘zlardan turli
kontekstlarda o‘rinli foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lsalar.
Shuning uchun ham zaif eshituvchi bolalar nutqiy zaxirasi ustida
uslubiy ishlar maktabgacha ta’lim davridan boshlab izchil olib
borilishi maqsadga muvofiqligi bo‘yicha tavsiyalarni D.A.Nazarova
amaliyotga tatbiq etgan. Maktabgacha yoshdagi zaif eshituvchi
bolalar nutqini o‘stirish bo‘yicha bir qancha samarali usullarni ishlab
163
chiqishga muvaffaq bo‘lgan olima sifatida bugungi kunda ham
maxsus ta’lim metodikalarini takomillashtirish ishlarini muvofiqlash-
tirish borasida salmoqli ishlarni olib bormoqda. Uning fikricha, zaif
eshituvchi bolalarning maktabgacha ta’limi, maktab ta’limi samara-
dorligini ta’minlashning muhim poydevoridir. Bu davr metodik
ishlari samarasi esa, ota-onalarning saviyasi hamda o‘z farzandining
kelajagi uchun qayg‘urishiga bog‘liqdir.
Ma’lumki, eshitishida muammosi bor bolalarni ona tiliga o‘rga-
tish ulardagi mavjud eshitish qoldig‘iga tayangan holda hamda uni
rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Eshitish qoldig‘ini rivojlan-
tirish masalalari F.Alimxo‘jayevaning ilmiy tadqiqot ishida ochib
berilgan. Olimaning ilmiy tadqiqot ishi natijalari asosida amaliyotga
eshitish mashg‘ulotlari uchun didaktik materiallar tayyorlashning
metodik ishlar tizimi tatbiq etilgan hamda eshitishida muammosi bor
bolalar maktablari uchun “Talaffuz” darsligi nashr qilingan.
Z.Mamarajabovaning “Adabiy ta’lim jarayonida zaif eshituvchi
o‘quvchilar nutqini rivojlantirish” mavzusidagi tadqiqot ishida zaif
eshituvchi o‘quvchilar nutqini rivojlantirishning didaktik ta’minotini
adabiy ta’lim janrlari bo‘yicha innovasion yondashuv asosida ishlab
chiqqan hamda adabiy ta’lim jarayonida zaif eshituvchi o‘quvchilar
nutqining rivojlantirishning korreksion-pedagogik modelini yarat-
gan. Olimaning ilmiy-tadqiqot ishlari adabiy ta’lim jarayonida
eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishning psixo-
logik-pedagogik omillari aniqlashtirib berganligi va adabiy ta’lim
jarayonida zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini rivojlantirish bo‘yicha
taklif va tavsiyalar ishlab chiqqanligi bilan ham katta ahamiyat kasb
etadi.
D.B.Yakubjanova tamonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarida
insonparvarlik paradigmasi asosida bo‘lajak defektologlarda kasbiy
ijodkorlikni rivojlantirishning ijtimoiy, akmeologik, psixologik va
164
pedagogik omillari hamda talabalarda eshitishida nuqsoni bo‘lgan
o‘quvchilar bilan o‘zaro birgalikdagi harakatda refleksiv ko‘nikma-
larning namoyon bo‘lishi kabi masalalar tadqiq qilingan.
Milliy maxsus pedagogikada olib borilgan tadqiqotlar orqali
inklyuziv ta’limda turli imkoniyatli bolalar bilan qanday ishlash
kerakligini bilish uchun zarur savollarga javob topish imkoniyati
yaratildi.
Buyuk Britaniyaning “Bolalarni qutqaring” (“Save the children”
– 2002 yil) jamg‘armasi tomonidan nashr etilgan o‘quv qo‘llanmada
inklyuziv va integratsion tushunchalari bir xil ma’noda ishlatiladi.
Shunga qaramasdan, ushbu tushunchalar orasida farq mavjud bo‘lib,
bu farqlarni quyidagicha ifodalash mumkin:
- integratsion ta’lim: maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim
maktabiga qatnashi;
- inklyuziv ta’lim: maxsus ehtiyojli bolalarni sifatli ta’lim
tarbiya olishi.
Bu ikkala tushuncha o‘rtasidagi tafovut yanada tushunarliroq
bayon etilgan bo‘lib, quyidagicha ta’kidlanadi:
|