• 2.5. IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB ETISHDA TPPKNING RO‘LI
  • Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/85
    Sana28.09.2024
    Hajmi3,4 Mb.
    #272809
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85
    Bog'liq
    Inklyuziv ta`lim

    Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
    1.
    Inkluziv ta’lim rivojlantirish qanday me’yoriy-huqu-
    qiy hujjatlarda ko‘rsatib berilgan? 
    2.
    BMTning “Nogiron shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi 
    Deklaratsiyasining 3-moddasida nogiron shaxslar 
    haqida nimalar deyilgan? 
    3.
    2020 yil 13 oktyabrda qabul qilingan «Alohida ta’lim 
    ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish 
    tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida»gi Prezident qarorida qanday muammolar
    ko‘rsatilgan? 


    146
    2.5. IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI 
    INKLYUZIV TA’LIMGA JALB ETISHDA TPPKNING RO‘LI 
    Imkoniyati cheklangan bolalar toifalarini inklyuziv ta’limga jalb 
    etish Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya ishining mazmuni va 
    uni tashkil etish bilan uzviy bog‘liqdir. Tibbiy-psixologik-pedagogik 
    komissiya ishining mazmuni ta’lim muassaslarining tarmog‘i ken-
    gayib borayotganligi, hamda ta’lim muassasasini ota-onaga tanlash 
    huquqi berilganligi sababli ba’zi-bir bolalami o‘qitish bo‘yicha 
    muamolalar yuzaga kelmoqda. Ba’zi holatlarda bolalami o‘qitishda 
    va hulqining o‘ziga xos xususiyatlarini boshqarishdagi paydo bo‘lgan 
    qiyinchiliklar pedagogning talablari bolaning psixik va jismoniy 
    tayyorgarligiga mos emasligi, aqliy rivojlanish darajasiga e’tibor 
    qaratilmaganligi, bolaning somatik-psixik holatlari sabab bo‘lsa, 
    boshqa holatlarda – maktab ta’limiga tayyormasligi (ba’zi psixik 
    funksiyalaming, muloqat ko‘nikmalarining shakllanmaganligi, his-
    siy-irodaviy tomonlaming rivojlanmganligi) va h.q. Bulaming bar-
    chasi bolalarga yordamning yangi turlarini izlash uchun asos bo‘ldi. 
    XX asming 90-yillarida pedagog va psixologlaming tashabbusi bilan 
    ta’limni boshqarish shahar va viloyat organlari tomonidan umuta’lim 
    maktablarida psixologo-tibbiy-pedagogik konsiliumlar tashkil etila 
    boshlandi. Ulaming funksiyalariga bolalar uchun rivojlanishlarining 
    bolani yoshi va individual psixo-jismoniy o‘ziga xos xususiyatlari 
    jihatidan ta’lim olishlari uchun optimal sharoitlar yaratish kiradi. 
    TPPKning maqsad va vazifalari TPPKning asosiy maqsadi – rivoj-
    lanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga diagnostik-korreksion psixolo-
    go-tibbiy-pedagogik yordam berish, ularga o‘qish va tarbiya olishlari 
    uchun shart-sharoitlar yaratishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun 
    kuyidagi vazifalami bajarish kerakdir: - psixik-jismoniy rivojlani-
    shida u yoki bu nuqsonlari bo‘lgan bolalami aniqlash va har 


    147
    tomonlama kompleks tekshirish; - nuqsonlaming xarakteri va sabab-
    larini o‘matish (deviantli xulq, katta va tengdoshlari bilan bo‘lgan 
    nizoli vaziyatlar, o‘zlashtirishda orqada qolish va h.q.);
    Bolaning potensial imkoniyatlarini aniqlab ushbu ta’lim muas-
    sasa sharoitida unga maqsadli maxsus (korreksion) yordam ko‘rsa-
    tish; - “xatar guruxiga kiruvchi bolalaming individual rivojlanishini 
    kompleks maqsadli dasturiarini yaratish; - rivojlanish dinamikasini 
    kuzatish (kuzatuv, o‘quv yilining boshidagi yoki oxiridagi diagnostik 
    “kesimlar”, tegishli tuzatishlar kiritish); - ota-ona bilan maslahat 
    ishlarini olib borish. Ko‘rsatilgan vazifalar maktab (maktabgacha 
    ta’lim muassasalari) pedagoglari jamoasi va TPPKning mutaxassis-
    larining kuchi bilan o‘zaro kelishilgan aloqada bajariladi. An’anada, 
    rivojlanishida turli nuqsoni bo‘lgan bolalarga moljallangan maxsus 
    muassasalami bolalar bilan toldirish, muassasalarga bolalami yubo-
    rish bilan shug‘ulanib kelgan psixologo-tibbiy-pedagogik komissiya-
    lar (TPPK) faoliyat ko‘rsatadi. Ular ta’lim, sogfliq, aholini ijtimoiy 
    himoyalash organlari bilan birgalikda tuzilgan. Bunda bolalaming har 
    bir tipdagi muassasasi uchun (aqli zaif, ko‘r va zaif ko‘ruvchi, kar va 
    zaif eshituvchi va h.q.lar) o‘zining TPPKlari faoliyat ko‘rsatgan. 
    Ushbu komissiya faoliyatida malakali mutaxassislar qatnashib 
    kelayotgan bo‘lsada, uning ishini tashkillashtirish va sharoitlari 
    (tekshirish vaqti chegaralanganligi, bir martalik tekshirish davomida 
    rivojlanish dinamikasini kuzatish mumkin boimaganligi, kolpincha 
    ulaming tarkibida psixologlar qatnashmaganligi va h.q.) tibbiy va 
    psixologo-pedagogik tashxisning sifatini talab darajasida olib borish 
    imkonini bermaydi. Xato tashxis qo‘yilgan vaziyatlar kam bolmagan. 
    TPPK psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, o‘qishda 
    muloqatda, xulqida muammosi bo‘lgan bolalarga maxsus yordam 
    ko‘rsatish tizimidagi davlat maslahat-tashxis, korreksion markazi 
    bo‘lib hisoblanadi. TPPK bolalarga ta’lim berishning ko‘rinish va 


    148
    shakllarini aniqlash uchun ekspert xizmati funksiyasini bajarmoqda. 
    O‘z faoliyatida TPPK bola xuquqlari to‘g‘risidagi Xalqaro Konven-
    siya, hamda O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi, ta’lim, 
    sogliq, bolalar xuquqini himoyalash to‘g‘risidagi qonunlariga amal 
    qiladi. Ma’muriy bo‘linishni hisobgaolib viloyat, shahar, tuman 
    TPPKlar tuziladi. TPPKning shtat tarkibiga kuyidagi mutaxassilar 
    kiradi: - vrachlar (pediatr, nevropotolog, psixiatr, otolaringolog, 
    oftalmolog, lozim bolganida ba’zan ortoped); - pedagog-defektolog-
    lar (oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog, ortoped); - lo-
    goped; - psixolog; Xududning sharoitlariga (moddiy baza, mutaxas-
    silar bilan ta’minlanganligi va h.q.) qarab TPPKning tarkibida aniq 
    bir ishni bajarish uchun mustaqil boiim lar tuzilishi mumkin. Bu 
    yerga maslaxat-tashxis, korreksion va ilmiy-metodik boiim lar kiradi. 
    TPPKning muhim vazifasi hamda uning faoliyatning asosiy mazmuni 
    deb bola va o‘smirlami tug 4 lishi dan 18 yoshigacha kompleks 
    tibbiy-psixologo-pedagogik diagnostika o‘tkazish hisoblanadi. Erta 
    diagnostika bolalarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish, ulaming 
    rivojlanish darajasi va o‘ziga xos xususiyatlariga aniqliklar 47 
    kiritish, hamda tarbiya va ta’lim olishi uchun joy topib berish 
    maqsadida kerak. Bu vaziyatlarda maxsus (korreksion) muassasani 
    bolalar bilan toldirish masalasi yechiladi. Tibbiy-psixologo-peda-
    gogik diagnostika bola rivojlanishidagi nuqsonlar tufayli paydo 
    bo‘layotgan muammolami yechish maqsadida ota-ona (yoki ulami 
    o‘midagi shaxslar), pedagogning talabi bo‘yicha ham o‘tkazilishi 
    mumkin. Ularga bolaga yordam berish uchun maslahatlar va aniq 
    tavsiyalar kerak. TPPKda ishni tashkil etish bo‘yicha: TPPKga 
    jonatilganlar ro‘yhati va tekshirish o‘tib boigan bolalami ro‘yhatga 
    olish daftarlari; tekshirish jarayoni to‘g‘risidagi bayonnomalar; 
    korreksion-rivojlantirish tizimidan chiqarilgan bolalar hujjatlarining 
    arxivi va TPPKning xulosa nusxalari. berilgan tavsiyalami ota-ona 


    149
    tomonidan bajarilishi ko‘rsatiladi. Bola ta’lim olishni davom ettirish 
    uchun ta’lim muassasa tanlash xuquqi ota-onada bo‘lsada, TPPK 
    a’zolari ota-onalami aynan bola manfaatlarini ko‘zlab ish tutishga 
    ko‘ndirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishlari kerak. 
    Ro‘yxatga olish daftari TPPKda saqlanadi. Bolaning komissiyada 
    tekshirish jarayoni kotiba tomonidan bayonnomaga qayd etiladi va 
    bolaning shaxsiy varaqasida saqlanadi, va u ta’lim olish uchun 
    yuborilgan idoraga beriladi. Bayonnomlar o‘qtuvchilarga shaxsning 
    o‘ziga xos xususiyatlari, bilim darajasining sifati, psixik jismoniy 
    rivojlanish xususiyatlari bilan oldindan tanishishga va ularga o‘qishni 
    birinchi kunidayoq e’tibor berishga yordam beradi. Bundan tashqari, 
    bayonnomalar, ayniqsa bola takroran TPPKga yuborilayotgan bo‘lsa, 
    uning rivojlanish dinamikasini qayd etish uchun zarur. Olingan 
    natijalami oldingj bayonnoma bilan solishtirib, o‘tgan vaqt davomida 
    bo‘lgan o‘zgarishlar haqida muloxaza yuritish mumkin. Bayonnoma 
    TPPK a’zolariga bola to‘g‘risida kengaytirilgan xulosa tayyorlash 
    uchun yordam beradi. U shaxsiy varaqada saqlanadi. Komissiyaning 
    har bir mutaxassisi tomonidan olib borilgan individual tekshirishning 
    ma’lumotlari asosida nuqsonlar to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi 
    Bolaning psixojismoniy va individual xususiyatlarini hisobga olib, 
    uning keyinchalik tarbiya va 48 ta’lim olish uchun joy tanlash 
    to‘g‘risidagi qaror kollegial qabul qilinadi. Aniq tnvsiyalar beriladi. 
    Tekshirilib TPPK tavsiyalari berilgan bola va o‘smirlar ro‘yhati xalq 
    ta’lim, log‘liq vazirliklarining tegishli bolimlariga va h.q. idoralarga 
    yuboriladi. Otaonalarga tegishli tavsiyalar bilan xulosa beriladi. 
    Bolalami maxsus muassasaga yuborish TPPKning tavsiyalariga 
    binoan har bir maxsus muassasa tegishli o‘zining qabul qilish 
    bo‘yicha qo‘llanmalariga qattiq rioya qilib, xalq ta’lim vazirligi 
    bo‘limi orqali amalga oshiriladi. Maxsus (korreksion) muassalami 
    bolalar bilan komplektlash (to‘ldirish) bo‘yicha TPPKning ishi shun 


    150
    dan iborat. Ushbu ishning tartibi o‘z ichiga tibbiy, psixologo-
    pedagogik va logopedik tekshirishlami oladi. Tibbiy tekshirish o 'z 
    ichiga oftalmolog, otolaringolog, somatik, nevrolog va psixiatr-
    larning tekshirishini oladi. Kerak bo‘lsa paraqunik tekshirishlar 
    o‘tkaziladi. Anamnez yig‘iladi. Bu barcha tekshirishlar vrachlar 
    tomonidan o‘tkaziladi. Defektologga ham, logopedga ham bu bilan 
    shug‘ulanishiga ruxsat yo‘q, lekin ular bolalar rivojlanishiga u yoki 
    bu nomaqbul vaziyatlar qanday ta’sir o‘tkazishi, psixikasining 
    xususiyatlari haqida bilishlari muhim. Bola rivojlanishini tarixidan 
    ona bilan o‘tkazilgan suhbat davomida vrach tomonidan olingan 
    ma’lumodar, hamda vrach xulasasining bola holatining obyektiv 
    ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar psixologo-pedagogik tek-
    shirishning to‘g‘ri strategiyasini tanlash uchun yordam ko‘rsatadi. 
    Eshitish qobiliyati past yoki nutqida nuqsoni bo‘lgan bolani tek-
    shirish davomida noverbal ko‘rinishdagi topshiriqlar berilishi zarur, 
    ko‘rishda nuqsoni bo‘lsa tekshirish nutq materiali orqali o‘tkaziladi 
    va h.q. Psixologik-pedagogik tekshirish davomida bolaning psixik 
    rivojlanishining (nutq, harakat va h.q. rivojlanishining senzitiv davri) 
    o‘ziga xos xususiyatlari belgilanadi; saranjomlik, o‘ziga-o‘zi xizmat 
    qilishi, boshqa bolalar bilan muloqat qilish ko‘nikmalari qachon 
    shakllana boshlanganligi aniqlanadi; motorika holati, o‘yin xarakteri 
    va h.q. qayd etiladi. Nafaqat ayrim psixik jarayonlami o‘rganish, 
    balki shaxsni o‘zini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Agar bolalar 
    maktabda ta’lim olayotgan bo‘lsalar, o‘qishida mavjud qiyinchilik-
    laming sababi va xarakterini belgilash, nuqson tarkibini ochib berish 
    darkor. Bilim olish qobiliyatiga katta diqqat qaratish lozim. Bilim 
    olish qobiliyatining ko‘rsatkichlari deb – umumiy fikrlash qobiliyati, 
    fikrlash jarayoning egiluvchanligi, o‘quv qurollami o‘zlashtirish va 
    h.q., hamda bola yordamni qabul qilish qobiliyati (bu asosiy ko‘rsat-
    kichlardan biri) hisoblanadi. Bu yordamning xarakteri va o‘lchamligi 


    151
    e’tiborga olinadi. O‘z ichiga o‘quv ko‘nikmalardan, yozish, o‘qish, 
    sanash, va h.q.dan umumiy xabardorlikni, ulami shakllangalikni 
    hisobga olib, pedagogik tekshirish defektolog 49 tomonidan amalga 
    oshiriiadi. O‘z xulosasida u nafaqat bola rivojlanganligining o‘matil-
    gan dolzarb darajasini aks etadi, bola bilan ishlash bo‘yicha keraqli 
    usullami ko‘rsatadi. Uning tavsiyalari ham pedagog, ham ota-ona-
    larga foydali. Psixologik tekshirishni psixolog o‘tkazadi. U kuzati-
    layotgan hodisa sabablarini taxlil qiladi, psixik funksiyalami, moti-
    vatsion-idrok va hissiy-shaxsiy sohalami korreksiya qilish bo‘yicha 
    taxmin (prognoz) va tavsiyalar beradi. Xulosada u kompleks psixo-
    logik tashxis qo‘yadi. Kerak bo‘lsa neyropsixologik tekshirish o‘tka-
    ziladi. Logopedik tekshirishni (zaiuriyat tug‘ilgan vaziyatlarda o‘tka-
    ziladi) logoped amalga oshiradi. Nutq rivojlanishining o‘ziga xos 
    xususiyatlarini namoyish etib, u mavjud nuqsonlaming xarakterini va 
    sabablarini ochib beradi. Logopedik o‘rganish jarayoniga artikulya-
    tsion apparatning, impressiv (fonetik eshitish, so‘zlar, sodda gaplar, 
    mantiqiy-grammatik qurilmalami tushunish) va ekspressiv (takroriy, 
    nominativ, mustaqil) nutqning tekshirish kiradi. Bolalaming yozma 
    nutqi ham, hamda nutqiy xotira ham tekshirishdan o‘tkaziladi. 
    Logoped nutqdagi nuqsonning tuzilishini va bola nutqining rivojlan-
    may qolganlik darajasini aniqlashi zarur. Bu nutq buzilishlari 
    birlamchi nuqson bo‘lgan bolalami va nutqning zaifligi aqliy zaiflik 
    natijasida kelib chiqqan bolalar o‘rtasida chegara olishga yordam 
    beradi. Ish jarayonida tinch va yaxshi munosabatli sharoit saqlash 
    kerak. Tekshirilayotgan shaxsning vaziyatini murakablashtirib, 
    tekshirishni imtihonga o‘xshatish noto‘g‘ri. Ota-ona va bolalar bilan 
    suhbat o‘tkazish davomida albatta kasbiy etika meyorlariga qat’iy 
    rioya qilish kerak. Ish olib borilayotgan xonada bolalaming diqqatini 
    o‘ziga tortadigan ortiqcha rasm, plakatlar osilgan bo‘lmasligi kerak. 
    Hatto bola, ota-ona, komissiya a’zolarining stol atrofida joylashishi 


    152
    ham katta ahamiyatga ega. Inklyuziv ta’limga jalb etilgan bolalami 
    psixologo-pedagogik tekshirishdan o‘tkazish davomida, ayniqsa 
    TPPK sharoitida, bola bilan olib borilayotgan ish davomida namoyon 
    bo‘ladigan va uning xolati to‘g‘risida yakuniy xulosa tuzish paytida 
    keraqli bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlarga e’tibomi qaratish kerak. 
    Ular ichida: 1. Bolaning tekshirishga bildirgan hissiy reaksiyasi. 
    Hayajon - yangi sharoit va notanish odamlarga nisbatan bo‘lgan 
    tabiiy reaksiya. Lekin o‘ta xursandlik, komissiya a’zolariga nisbatan 
    betakalluflik, o‘zini betartib tutishliklarga diqqatni qaratish kerak. 2. 
    Vazifa ko‘rsatmasi va maqsadini tushunish. Ko‘rsatmani oxirgacha 
    eshitib oladimi, uni yaxshilab tushunib olib, ishni boshlaydimi? 
    Bolalarga ko‘rsatmaning qanday ko‘rinishi tushunarliroq: og‘zaki 
    yoki ko‘rsatma-og‘zaki? 3. Faoliyat xarakteri. Vazifaga nisbatan 
    bo‘lgan qiziqishga, maqsadli faoliyatga, ishni oxirgacha yetkazish, 
    ishni bajarish usullari maqsadga muvofiqligi va mosligi, ish 
    jarayonida davomida diqqati bir joyga jamlanganliga e’tibor qaratish 
    lozim. O‘zini o‘zi nazorat qilish va boshqarish muliim ahamiyatga 
    ega bo‘ladi. Asosiy ko‘rsatkichlardan bin – bu yordamdan to‘g‘ri 
    foydalana bilish. Ushbu 50 qobiliyat qancha ko‘p ifoda topsa, 
    bolaning ta’lim olish qobiliyati shuncha yuqori. Ko‘rsatilayotgan 
    yordam meyorda bo‘lishi muxim. Ishning natijasiga bo‘lgan 
    munosabat. O‘z faoliyatini to‘g‘ri baholash, adekvat ta’sirchanlik 
    (muvaffaqiyat bo‘lsa xursandchilik, aksincha bo‘lsa – xafa bolish) 
    bola vaziyatni to‘g‘ri tush ini shining guvohi bo‘ladi. Odatda, bolani 
    TPPK mutaxassilari tomonidan o‘rganilishi pedagog yoki otaona-
    laming talablariga binoan o‘tkaziladi. Bolani darslarda va bo‘sh vaqti 
    (o‘yin, sayr va h.q.) davomida maqsadli kuzatiiadi. Uning yoshiga 
    hamda va psixik va jismoniy o‘ziga xos xususiyatlariga qarab 
    individual tekshirish ham olib boriladi. Mutaxassilar tomonidan 
    yig‘ilgan ma’lumotlarga ko‘ra, TPPK yig‘ilishlarida natijalar muho-


    153
    kama qilinadi va bolaning imkoniyatlari va xususiyatlaridan kelib 
    chiqib o‘qish marshruti haqidagi tavsiyalar bilan, hamda kerak bo‘lsa 
    tibbiy yordam to‘g‘risidagi kollegial xulosa beriladi. Bola ta’lim 
    olayotgan muassasa tegishli sharoitlar yaratib berolmasa yoki bola 
    qo‘shimcha diagnostikaga muhtoj bo‘lsa, u hollarda bola komis-
    siyaga psixologo-tibbiy-pedagogik konsultatsiyaga yuboriladi. Bola-
    ni boshqa turdagi ta’lim berish maskaniga (korreksion sinflar 
    (guruxlar), uyda o‘qitish va h.q.) olib o‘tishda u haqida pedagogik 
    tavsifnoma, shaxsiy rivojlanish kartasidan, TPPK mutaxassilari 
    xulosasidan, TPPKning yakuniy xulosasi va tavsiyalaridan ko‘chir-
    malar yig‘iladi. Bolani TPPKga yuborish paytida TPPKning kollegial 
    xulosa nusxasi ota-onaning qo‘liga beriladi, TPPK mutaxassilarining 
    alohida yozilgan xulosalarining nusxalari esa pochta yoki vakil orqali 
    jo‘natiladi. Boshqa joylarga TPPKning xulosa nusxalari rasmiy 
    talabga asosan beriladi – ta’lim olayotgan bolaning rivojlanish kartasi 
    (papka). TPPKni o‘tkazish davriyligi o‘quv muassasining aniq talabi 
    bilan bog‘liq, lekin kvartalda kamida bir marta o‘tkazilishi shart. 
    Yig‘ilish puxtalik bilan tayyorlanishi juda muhim, shuning uchun 
    oldindan (1 – 2 oy oldin) yetakchi mutaxassis bolalardan qaysi biri 
    chuqur tekshirishga muhtojligini aniqlaydi, bola bilan ish dasturi va 
    barcha mutaxassilari tomonidan yetakchi mutaxassisga xulosalami 
    tayyorlab berish muddatlari (TPPKning yig‘ilishidan kamida 3 kun 
    oldin) tuziladi. Bolalar TPPKda takroriy tekshiruvdan o‘tkazilayot-
    gan bo‘lsalar, bola bilan individual olib borilgan korreksion-rivoj-
    lantirish ish natijalari alohida baholanadi (dinamikasining xarakteri) 
    va bu ishni davom etish bo‘yicha keyingi dastur tuziladi. TPPK 
    nafaqat bola, ota-onaga yordam beradi, u bolada bo‘lgan muamolarini 
    yechishda pedagoglar tomonidan olib borilayotgan harakatlaming 
    bir-biriga muvofiqligini ta’minlab, ulaming malaka darajasini ham 
    oshiradi, va bu TPPKning eng muhim vazifalaridan biridir. 


    154

    Download 3,4 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish