125
Finlyandiya
Integratsiyalashgan bolalarga
yordamlashish maktab tibbiy
xizmati ishchilari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining
ta’lim xizmati tomonidan ta’minlanadi. Birinchisi turli mutaxassis va
terapevtlar (logopedlar, psixoterapevtlar, psiximotor terapevtlarva h.)
tomonidan amalga oshiriladigan yordam dasturi uchun javob beradi.
Ikkinchisi integratsiyalashgan bolalar uchun ta’limning zarur sharoit-
larini ta’minlashga mo‘ljallangan. Zarur bo‘lgan holda o‘quv dasturi
bolaning imkoniyatlriga mos ravishda o‘zgartirilishi mumkin. Max-
sus ta’limga o‘tkazilgan har bir o‘quvchi uchun unga zarur o‘quv
jadvalini nazarda tutadigan individual reja tuziladi. O‘quv rejasi bola
farovonligi uchun javobgar barcha jamoa tomonidan birgalikda tuzi-
ladi. Jamoaga o‘quvchining o‘zi, uning ota-onasi, u bilan ishlaydigan
pedagog, mutaxassis va ekspertlar kiradi. O‘quvchi hamma vaqt yoki
faqat ayrim darslarga kelib, asosiy gurhda o‘qishi mumkin. Maktab
shtatida
maxsus pedagoglar, ijtimoiy xodimlar va maslahatchilar
mavjud – ularning bari o‘qituvchiga yordam ko‘rsatadi.
Maxsus
o‘qituvchi sinf o‘qituvchisi va uning yordamchisiga ko‘maklashish
hamda maxsus guruh yoki yakka tartibdagi mashg‘ulotlarga o‘quvchi
olish uchun asosiy guruhga kelishi mumkin. Dars o‘tkazish jarayo-
nida zaruriyatga qarab boshqa mutaxassislar (logoped,
LFK uslub-
shunosi va h.) ham ishtirok etishlari mumkin, ammo,
odatda ular
davolashni individual asosda o‘tkazadilar.
Fransiya.
Integratsiyalashgan o‘quvchilar bilan ishlayotib, o‘qituvchilar
maktab psixologlari va maxsus pedagoglarni o‘z
ichiga olgan
ixtisoslashtirilgan yordamchi tuzilmalarga yordam so‘rab murojaat
qilishlari mumkin. Jalb qilinayotgan xodimlar o‘ziga xos sohada yoki
o‘zining butun maktab faoliyatida vaqtincha
yoki doimiy ravishda
126
qiyinchiliklarga duch kelayotgan o‘quvchilar hamda oddiy sinflarga
integratsiyalashgan, rivojlanishda nuqsonlari mavjud bolalarga yor-
dam ko‘rsatishlari lozim. Mutaxassislar
turli departamentlardan
(sog‘liqni saqlash, ijtimoiy masalalar, ta’lim) jalb qilinishi mumkin.
Ulardan har biri qisqa yoki uzoq muddatda o‘quvchiga yordamla-
shadi hamda o‘qituvchi va maktab xodimlariga ko‘maklashadi.