116
dam ko‘rsatadi. Gap eng avvalo ko‘rish va eshitish qobiliyati buzil-
gan
bolalar haqida ketayapti, biroq ayrim keluvchi o‘qituvchilar
Daun sindromi mavjud bolalarga ham xizmat ko‘rsatadi. Xizmat
mutaxassislari sinf bilan birgalikda
undan tashqarida ham ishlab
turib, nafaqat boshlang‘ich maktablarni,
balki kattaroq yoshdagi
o‘quvchilarning ham oldiga kelib turadi. Ular o‘quv yondashuvlari,
metodikasi, dasturlari va resurslari masalalari bo‘yicha maktab
o‘qituvchilariga maslahat beradi. Har bir bolaning ta’lim olish huqu-
qini ta’minlash uchun Ta’lim va fan departamenti psixologik xizmati
pedagoglari ixtisoslashgan davlat va ko‘ngilli tashkilotlar
bilan ham-
korlik qilishi mumkin. Ta’lim va fan departamentining psixologik
xizmati ruhiy va xulq muammolari mavjud bolalar hamda ta’lim
olishda qiynalayotgan o‘quvchilarga katta e’tibor berib, umumta’lim
maktablari uchun tekshiruv (baho berish)
va maslahat berishni
ta’minlaydi. Avvaliga bu xizmatlar yirik shaharlarda jamlangan edi,
ammo 1999 yilda ularning o‘rniga yagona Milliy ta’lim psixologik
xizmati (NEPS) keldi, bu hol shahar tashqarisida yashaydigan o‘quv-
chilarga ko‘maklashishni ta’minlash imkonini berdi. 1998 – 1999
o‘quv yilida barcha maxsus ta’limga
muhtoj integratsiyalashgan
o‘quvchilar hamda maxsus maktablarning o‘quvchilari yordam bilan
ta’minlandilar.
Integratsiyalashgan ta’limga diqqatni qaratib, Irlandiya o‘z
oldiga maxsus ta’limga muhtoj barcha shaxslarning zarur resurlardan
foydalanishini ta’minlashni maqsad qilib qo‘ydi. Yuridik jihatdan bu
aslida aytib o‘tilgan kishilarga ta’lim olish
konstitutsion huquqidan
foydalanish imkonini beradigan Ta’lim to‘g‘risidagi Akt (1998)
tufayli mumkin bo‘ldi. Aktda e’tirof etilishicha, ta’lim va fan vaziri
insonning qobiliyati va ehtiyojlariga mos ravishda mamlakatning
jismoniy nuqsonlarga ega va maxsus ta’limga
muhtoj har bir
117
fuqarosiga yordam ko‘rsatish va sifatli ta’lim berish mumkinligi
ta’minlashi lozim.